2. Don zararkunandalari Zararkunanda kemiruvchilar va qushlar
Zararkunandalarga qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar
Download 1.85 Mb.
|
don zararkunandalari
3. Zararkunandalarga qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlarZarakunandalarga qarshi kurash choralarining mohiyati va umumiy tasnifi. Don mahsulotlarini hasharotlar olami vakillari, kanalar, kemiruvchilar va qushlar kabi turli zarakunandalar tomonidan nobud etilishi yoki zararlanishidan saqlash don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tarmoqlardagi eng muhim xo’jalik tadbir hisoblanadi. Bu tadbirlarni o’tkazish uchun respublikamizda har yili katta miqdorda mehnat, turli materiallar va moddiy xarajatlar sarf etiladi. Shuning uchun dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan respublikamizda ham zarakunandalarga qarshi kurash usullarini takomillashtirish va tannarxini pasaytirish bo’yicha sistematik tadbirlar olib boriladi. Don mahsulotlarini zararkunandalardan saqlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlarni ikkita katta guruhga bo’lish mumkin: Oldini oluvchi (profilaktik), ya’ni don mahsulotlarini yoki atrofmuhit obyektlarining zararkunandalar bilan zararlanib qolishidan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar. Qiruvchi, u yoki bu obyektda zararkunandalar aniqlangan hollarda qo’llaniladigan chora-tadbirlardir. Don qabul qiluvchi korxonalar, elevator, un-yorma va omixta-yem zavodlarida quyidagi obyektlar zararkunandalar bilan zararlanishi mumkin: don va undan qayta ishlab olingan mahsulotlar, shu jumladan omixta-yem ham; ishlab chiqaruvchi inshootlar (omborxonalar, elevator va un zavodlari korpusi) va ularda joylashgan uskunalar; korxona hududi; korxona ichida don va don mahsulotlarini tashish va joylashda (transportyorlar, avtomobillar, platformalli motovozlar va b.) hamda temiryo’l suv va shosselarda tashishda qo’llaniladigan (vagon, avtomobil, kema va h.) transport vositalari; idishlar (qop, brezent va h.); don uyumini tozalashda ajratiladigan hamda donni un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan chiqindilar; – laboratoriya inshooti, uskunalari va jihozlari. Odatda obyektlarni zararlanishini boshlanish sababi qabul qilinayotgan don partiyasida bo’lishi, tekshirish chog’ida zararlanganligini aniqlash yoki aniqlamasligi, ikkinchi sababi qushlar qanotlarda yoki kemiruvchilarni terilari orqali olib kelish ehtimoli inkor etilmagan. Zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini hozirgi kunda qo’llanilayotgan barcha dezinfeksiya turlarini ikkita yirik guruhga ajratish mumkin: Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling