2-fakultet «iqtisodiyot» kafedrasi mavzu: O’zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi
Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib borilayotgan islohotlar
Download 0.75 Mb.
|
Javoxir Mikro-Makro
Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib borilayotgan islohotlarO‘zbekiston 1994 – yilning iyunidan GATT/JST da kuzatuvchi maqomiga ega. 1994 – yil dekabr oyida O‘zbekiston hukumati tomonidan GATT/JST gat eng huquqli a‘zo bo‘lish to‘g‘risida ariza topshirildi va 1995–yilning yanvarida O‘zbekistonning JST ga kirishi jarayoni bo‘yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. 1998– yilning sentabr oyida O‘zbekiston Tashqi savdo bo‘yicha memorandum JST da rasmiy ravishda tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 – yil 14 – dekabrdagi 520-sonli qarori bilan JST bilan ishlovchi Vazirliklararo komissiya tarkibi tasdiqlandi. JST ga a‘zo bo‘lgach, tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish va takomillashtirish maqsadida 2000 yil 26 – mayda O‘zbekiston Respublikasining ―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun 31 moddadan tashkil topgan. Qonunga muvofiq: ―Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir. O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalar bevosita O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan kuzatib boriladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tarkibini takomillashtirish va erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Ushbu islohotlarni bir necha bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin. Tahlillar ko‘rsatishicha, islohotlarning dastlabki bosqichida tashqi savdoni tartibga solishning institutsional va huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotiga mos keladigan dastaklari joriy qilindi, eksportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi, tashqi savdoni bosqichma – bosqich erkinlashtirish natijasida milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashuviga erishildi. Bu o‘z navbatida eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantirish omili bo‘ldi. O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga quyidagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi: qo’shimcha qiymat solig’iga aksiz solig’iga foyda solig’iga mulk solig’iga qo’shimcha qiymat solig’iga bo’lgan imtiyozlar O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’I solinadi, ya‘ni eksport qilishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish jarayonida moddiy manba uchun qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling