2-fakultet «iqtisodiyot» kafedrasi mavzu: O’zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi


Download 0.75 Mb.
bet8/12
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1642593
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Javoxir Mikro-Makro

Aksiz solig’iga bo’lgan imtiyozlar: Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).

Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi: aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga.

Foyda va mulk solig’iga bo’lgan imtiyozlar: ―Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2000y. PF-2613-son Farmoniga asosan eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig’i va mulk solig’i stavkasi umumiy sotish hajmida o’zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan Tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog’liq holda kamaytiriladi: Eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida - 30 foizga; eksport ulushi 30 va undan ko’proq foiz bo’lganida - 2 marotaba.


Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq etiladi.

  1. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar


Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi aholining hayoti va ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo’shni davlatlar bozoriga raqobatbardosh istemol talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Shu o’rinda O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishga va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlariga keng yo’l berishga qaratilgan etibor o’z ifodasini topmoqda. O’zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo’lishidir. Shunga ko’ra davlatimiz valyuta-kredit munosabatlarini, yani chet el sarmoyalarini xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlariga jalb qilish, xo’jalik korxonalarini birgalikda ko’rish va savdo- sotiq ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston o’zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligini himoya qilishdagi dastlabki say-harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi yig’uvchi emas balki, mustaqil faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotlari ustidan o’zi egalik qilishi imkonini berdi. Bugungi kunda Samarqand, Zarafshon, Andijon, Asaka kabi yirik sanoat markazlari paydo bo’ldi, mavjudlarining rivojlanganlik darajasi yana ham oshdi. Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlarini taxlil qilinganda, energiya manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 foizini, xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 foizini tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlaridan biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga ham egaligi kuzatilmoqda. 1998 yil eksport va import ko’rsatkichlari saldosi +239,5 mln AQSh dollarini tashkil etgani holda, mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati va ko’lami yanada kengaygan. Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlari tahlil qilinganda , energiya manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 %ni, xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 %ni tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlari biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga egaligi kuzatilmoqda.
Masalan, energiya manbalari 95,8 % yaqin xorij davlatlariga eksport qilingan
bo’lsa, xizmatlar eksportining 60,1 % uzoq xorij davlatlariga yo’naltirilgan. Shuningdek, xizmatlar eksporti va importidagi saldoning 71,5 % aynan uzoq xorij davlatlari hissasiga to’g’ri kelishi kuzatiladi.
Shuningdek, xizmatlar eksporti va importidagi saldoning 71,5 % aynan uzoq xorij davlatlari hissasiga to’g’ri kelishi kuzatiladi. O’zbekiston Respublikasi yosh iqtisodiy rivojlanayotgan davlat sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak baholanmoqda. Bu o’rinda yurtimiz tabiiy resurslarga boy, iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish uchun qulay imkoniyatlarga egaligi, barqaror tinchlikning mavjudligi, iqtisodiy islohatlardan og’ishmaydigan jamiyatning shakllanganligi chet ellik sarmoyadorlarga iqtisodiyotni izchillik bilan rivojlantirishda o’z sarmoyalarini taklif qilish uchun zamin yaratdi. Amalga oshayotgan iqtisodiy islohatlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Respublikamizda tashqi savdo oborotining kattagina qismi Evropa bilan bog’liq. 1998 yildagi tashqi savdo oboroti qitalararo taqsimlanishining tahlilida jami savdo oborotining 66,3 foizi Evropa davlatlariga to’g’ri kelganligini ko’rsatmoqda. Tashqi investitsiya resurslarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb qilish uning ishlab chiqarish ko’lami va samaradorligining ortishiga, bu esa o’z o’rnida eksport salohiyatining kengayishiga olib keldi. Bugunga kelib uzoq va yaqin xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarida kamida 300 mln AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilinayotgan davlatlar safiga Koreya Respublikasi, Shveytsariya, Buyuk Britaniya davlatlarini kiritishimiz mumkin. Biroq, yaqin xorij yoki MDX davlatlari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik aloqalarining sekin kechishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim muammosi sifatida qolib kelmoqda. MDX davlatlari orasidagi birtomonlama va ko’ptomonlama aloqalarni ko’rib chiqayotganda, ayniqsa O’zbekistonning hamdo’stlik davlatlari bilan aloqasini ko’rayotganda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: Hamdo’stlik mamlakatlari iqtisodiyoti tubdan o’zgarish yo’lidan bormoqda. Bunda bozor infrastrukturasi institutlarining yuzaga kelishi, iqtisodni boshqaruvchi yangi davlat mexanizmlarining paydo bo’lishi tabiiydir. MDH da ushbu jarayonlarning turlicha kechishi kuzatilmoqda. Mulkchilikning o’zgarishidagi muhim yo’nalishlardan biri mulkni yangi shakllarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Xususiylashtirilgan korxonalar tarkibida savdo sotiq korxonalari asosiy o’rinni egallaydi. Umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ham katta ko’rsatkichni tashkil qiladi. Ayni paytda bunday korxonalar hissasi Belorus, Qozog’iston va Moldavada 48-50%, Qirg’iziston va Rossiyada 57-59%. Ukrainada 66%, Gruziyada 79%, O’zbekistonda 85% ni tashkil qilar ekan. O’tish davrining murakkabligi, iqtisodiy rivojlanishning turli sharoitlar va resurslar bilan taminlanganligi, savdo-sotiq va to’lovlarning o’zgaruvchanligi iqtisodiy integratsiya jarayoniga tasir qilmay qolmayapti.
Sobiq Ittifoq parchalanib, mustaqil davlatlar tashkil topganga qadar MDH dek xalqaro tashkilot tuzilishi tarixda ko’rilmagan, bugungi kunda bu tashkilotga oldin bir davlat bo’lgan o’n ikkita respublika kirgan.
Bu esa mehnat taqsimotida o’ziga xos noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, binobarin og’ir sanoat Boltiqbo’yi va Belorus davlatlarida rivojlangan bo’lsa, unga xom-ashyo Sibir,
Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalaridan keltirilgan, bu esa ishlab chiqaruvchi uchun ham, etkazib beruvchi uchun ham noqulay bo’lgan. Ittifoq tugatilgandan so’ng bazi davlatlar zarur xom-ashyo qazib olishda va kerakli mahsulot ishlab chiqarishda yakka xokim bo’lib qoldilar. Rossiya hisobiga neft (gaz kondensatini hisobga olgan holda) qazib olishning 90 foizi, gazning 75 foizi yog’och mahsulotlarning 91 foizi, qog’oz va yog’ochning 80 foizi to’g’ri kelar edi. Ukrainaga umumittifoq miqiyosida metal, prokat, metal quvurlar ishlab chiqarishning 60-65 foizi, O’zbekistonga paxta etishtirishning 60 foizi to’g’ri kelgan. MDH doirasidagi o’zaro aloqalarning muvffaqiyatli bo’lishi ixtisoslashtirish darajasi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi omillarga bog’liqdir. Shubhasiz, MDH davlatlari aloqalarining ko’p tomonlamaligi, iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishning ko’p qatlamligi hududiy va mahalliy ishlab chiqarish aloqalarning rivojlanishiga tasir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarning yangi shakllari qidirilmoqda. Bu avvalo moliyaviy- sanoat guruhlarini (MSG) yoki xalqaro moliyaviy-sanoat guruhlari (XMSG)ni vjudga keltirishda o’z aksini topmoqda. Iqtisodiy guruhlarni tuzishdan maqsad MDH ishtirokchilarining milliy iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yangi bozorni o’zlashtirish, uni yuksaltirishdan iboratdir. XMSG ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va moliyaviy mablag’larning bozorda aylanishini jadallashtirishni taminlaydi.
1992 yildan boshlab O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi davlatlararo savdo- sotiq, iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama kelishuvlar asosida olib borilmoqda. Biroq O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalar har doim bir xil bo’lgan emas . Bu avvalo paxta tolasini sotishga tegishlidir. So’ngi yillarda O’zbekiston paxta tolasini Rossiyaga eksport qilishda barter (almashuv) va kliring (naqd pulsiz) kelishuvlari asosida olib bormoqda. Tovar ayriboshlashdag i bunday munosabat O’zbekiston uchun noqulay, chunki mamlakat tashqi savdosidagi moliyaviy harakatni qiyinlashtiradi va o’z navbatida paxtani qayta ishlashga, agrosanoat majmuasi faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi.
Import qiluvchi tomon ham paxta tolasini to’qimachilik korxonalariga etkazishda muammolar keltirib chiqarmoqda. Ular mablag’ni tez aylantirish maqsadida paxta tolasini uchinchi tomonga sotmoqdalar (1996 yilda Rossiya 70% o’rta Osiyodan olgan paxta tolasini AQSh davlatiga eksport qilgan). Albatta dunyo bozorida paxta-tolasini ishlab chiqaruvchi davlatlar uchun, shu qatori O’zbekiston uchun ham Rossiya raqib bo’ladi. O’zbekiston Rossiya Federatsiyasiga paxta-tolasini sotishdan kecha olmaydi, chunki mazkur davlat hissasiga eksport qilinadigan tolaning 50 foizi to’g’ri keladi. Bu muammoni hal qilish uchun Respublikada paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalarni rivojlantirish bilan chegaralanib qolmasdan, balki Rossiyadagi qator to’qimachilik va tikuvchilik korxonalarini ham sotib olish kerak. Yani yagona strukturayaratish kerakki u
O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni ham, mahsulot istemolchilarni ham, mahsulotini bozorga chiqishini taminlovchilarni ham qamrab olsin.Tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik xususiyatlari Mustaqillik sharofati ila iqtisodiy-ijtimoiy va manaviy hayotimizda o’ziga xos milliy mazmun kasb etuvchi. ajdodlarimiz asriy orzusi sifatida o’z fursatini kutib kelayotgan tub o’zgarishlar davrining guvohi bo’layapmiz. Bu o’rinda barcha o’zgarishlar asosi iqtisodiy islohotlar ayniqsa sezilarli bo’layotganligini takidlab o’tish zarurdir. Respublikamizda tashqi faoliyat, avvalambor tashqi iqtisodiy aloqalarning yo’nalishlari, tovar ayirboshlash, sarmoyalar hajmini ko’paytirish hamda valyuta operatsiyalarini chuqurlashtirish yo’lida dastlabki yillardanoq muvaffaqiyatli ish olib borilganligining guvohimiz. O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishni va amalga oshirilayotgan islohatlar samarasini jahonning rivojlangan davlatlari yuqori baholamoqda, Buning boisi, mamlakatimizdagi mavjud siyosatning tinchlik va o’zaro manfaatli hamkorlik homiysi ekanligi, o’zining qulay geografik o’rniga, noyob va boy xom ashyo manbalarining ko’pligi, mavjud qazilmalarni o’zlashtirish imkoniyatlarining qulayligi bilan asoslanganligidir.
O’zbekiston o’zining mustaqilligi yillarida jahon ham jamiyatiga qo’shilish jarayonini faol davom ettirdi. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining strategik manfaatlarini taminlovchi, dunyoning ko’pchilik regionlaridagi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga qaratilgani holda jahon xo’jaligining geografik «Modeli» va xalqaro geografik mehnat taqsimotining ko’p yillik tajribalarida sinalgan qonuniyatlari asosida o’z tashqi iqtisodiy munosabatlarini shakllantirmoqda. Bugungi kunda jahon xo’jaligi aloqalari shunday darajaga etdiki, keyingi yillarda qitalararo tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha hissaga ortib ketdi va shu o’rinda davlatlarning iqtisodiy geografik o’rni rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim omiliga aylanib qoldi. Uning muhim jihatlari birinchidan davlatlarning geografik joylashuvi; ikkinchidan, tabiiy sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo’jaligining tuzilishi, mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa xususiyatlari bilan bog’langan bo’lib alohida xududlar dirasida bir-biridan farq qiladi. Bu o’rinda mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o’zidagi mavjud resurslar, imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini etiborga olgan xolda, hamkor tanlashi mamlakatlar o’rtasidagi muammolarning betaraf etish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Integratsiyaning xolisligi tarixiy, geografik, iqtisodiy va boshqa omillarni umumiyligidadir. Evropa bankining bahosiga ko’ra yillik qayta qurishdan so’ng «oldingi ittifoq respublikalari regioni uzluksiz iqtisodiy pasayishdan so’ng, krizis chizig’idan chiqib, 1997 yildan ijobiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) tushishi sekinlashdi, milliy valyutaning muomala qiymati o’sdi, mahsulot eksporti va xizmat ko’rsatish tizimi yuksaldi. Evropa qayta tiklash va rivojlantirish banki fikricha 1998 yilda O’zbekiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Gruziya davlatlarida iqtisodiy o’sish yuzaga keldi.
MDH –yosh tashkilot va unda ko’plab o’zaro aloqalar endi rivojlanmoqda iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, uzoq muddatli xamkorlik, ko’ptomonlama aloqalarni rivojlantirish. hamdo’stlik davlatlarining asosiy maqsadi va istagidir. 1999 yilni MDH davlatlaridan 5 tasida ishlab chiqarish hajmi (Armaniston 5.1%, O’zbekiston 4.3%, Tojikiston 3,6%, Ozarbayjon 2,3%, va Belorusda 0,1%ga o’sganligi, 6 tasida (Ukrainada 0,4%, Qirg’izistonda 2,2%, Qozog’istonda 3.5%, Rossiyada 4,9%, Gruziyada 14,6% va Moldovada 18%ga) pasayganligi kuzatildi. Asosiy tayanch tushunchalar:

  1. Tashqi iqtisodiy aloqalar - mamlakat iqtisodiy salohiyatinining ko’zgusi hisoblanib, sanoat va qishloq xo’jaligi – tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiruvchi asosiy omillaridir.

  2. Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi - uning tabiiy va iqtisodiy geografik imkoniyatlari hamda geografik jihatlari bilan uzviy bog’liq.

  3. Iqtisodiyotda xalqaro teng manfaatli xamkorlikni o’rnatishga intilish - yangi ishlab chiqarish munosabatlarida iqtisodiy barqarorlik va tovar ayriboshlashda xalqaro xurmat tamoyillariga rioya etish-tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanish garovidir.

1991-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko’lamli va dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi.
2015-yil 1-iyul holatiga ko’ra O’zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lib, turli xil ko’p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlar ni biz bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz quyida e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz. O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari. Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga kata hissa qo‘shmoqdalar.
O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta ip – kalava va boshqalar. Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar, mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj, trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar, plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, o’z iqtisodiy rivojlanish modelini tanlash bilan birga tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham bozor iqtisodiyoti sharoitini taqozo qiladigan ustuvor yo’nalishlarni belgilab oldi.
Ushbu paragrafda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati tartibga soluvchi, jumladan eksport salohiyatini oshirishga doir xuquqiy me’yoriy xujjatlar tahlili respublika mustaqillikka erishgan davrdan boshlab ko’rib chiqildi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining negizlari Konstitutsiyaning 17- moddasida asoslab berilgan. Unda "O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la xuquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan noorganik kimyoviy mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor mahsulotlar va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun xujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.1998 yil № PF-1919 sonli farmoniga muvofik qo’shma korxonalarni barpo qilish hamda xorijiy sarmoyalarni keng ko’lamda jalb etishda qo’shilgan qiymat soligidan ozod etiladi. Jumladan,

  • hukumatning kafolati bilan beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladiganinvestitsiya loyixalarini amalga oshirishda;

  • xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, yangi barpo etilayotgan va korxonalar qayta qurishda;

  • xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav mablag’iga qo’yilma sifatida xorijiy sarmoyadorlar tomonidan keltiriladigan texnologiya uskunalarida;

  • respublikaning neftgaz tarmogi ob’ektlarida.

18.02.1998 № PF-1930 sonli farmonining 5-bandiga muvofik, import bitimlari xaqini to’lash bo’yicha kafolat majburiyatini faqat O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi va vakolatli banklargina berishga xaqli ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
Boshqavazirliklar, idora, maxalliy hokimiyat organlari xorij xamkorlarga kafolatlar berish yoki o’zga majburiyatlarni olishi ta’qiqlangan.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jixatdan qayta jixozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo’lgan mintaqalarida yangi ish joylarini barpo qilishda to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlarga imtiyozlar va kafolatlar huquqiy bazasini tashkil qilish xozirgi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan qo’shmcha chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yil № PF-3594 sonli "To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi farmonida o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №PF-445 sonli "O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ximoya qilish choralari to’g’risidagi farmoni mamlakatda jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zarur shart-sharoitlarni yaratish, tashqi iqtisodiy faoliyatni avj oldirish, ichki bozorni eng zarur mollar bilan to’ldirish, qo’shimcha kapital mablag’larni, ilg’or texnikani va boshqarish tajribasini jalb etish, xorijiy sarmoyadorlarning xuquqlarini ximoya qilishda ishonchli kafolatlarni ta’minlash, respublikaning eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash kabi masalalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko‘rsatishdan boshlangan.
O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli metallar, mexanik asbob-uskunalar. Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, kimyoviy tola, oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-uskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari va ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan O’zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala mamlakat o‘rtasida 1992 – yil 20 – martdan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlardan keyin boshlandi. 1991 – yildan hozirga qadar O‘zbekiston Va Rossiya o‘rtasida 160dan ortiq xalqaro shartnoma va 40dan ortiq boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Rossiyaga oziq – ovqat mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar, kabel, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar, gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston eksportining tarkibida yengil avtomobillar(1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari(5), polietilen(2), tayyor tekstil mahsulotlari(1,4-1,5), transformatorlar(2), past voltli apparatlar(1,5), quvur(1,5), havo transporti(1,7), turizm(1,4) ulushi ortib bormoqda5. 2013 – yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7,840mlrd. dollarni tashkil etgan. O‗zbekiston 2016 yilning oxiriga qadar Rossiyaga meva-sabzavot eksporti hajmini 500 ming tonnaga yetkazmoqchi. Bu haqda ―Россия сегодня‖ agentligi O‗zbekiston Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi vakili Olimboy Ortiqovning so‗zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.
O’tgan yili O’zbekistondan Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa bu ko’rsatkich 50- 70 ming tonnaga ko’payishi va 400 million dollar daromad olinishi kutilmoqda.
O’zbekiston va AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kelib chiqish tarixi, rivojlanish dinamikasi, shart – sharoitlari va omillariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bu hamkorlik bosqichma – bosqich rivojlanib kelganligi va jadal sur‘atlarda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin. O‘zbekiston bilan AQSHning o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari strategic sheriklik darajasiga olib chiqildi. O‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish negizida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor sohalari ham belgilanib bordi.Shunga ko‘ra, Amerika kompaniyalari tog‘ – kon va neft – gaz mazmunda qator ustuvor investitsiya loyihalarini amalgam oshirishda, agrosanoat majmui, oziq – ovqat sanoati va transport infratuzilmasining texnalogik bazasini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 300dan ortiq korxona, jumladan, 200dan ortiq qo‘shma korxonalar va 100ga yaqin to‘liq AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol tariqasida ―Jeneral Motors‖, ―Keyz Korporeyshn‖, ―Koka Kola‖, ― Teksako‖, ―BeykerXyuz‖, ―Dyunevent‖, ―Prokter end Gembl‖, ―Ey– Ay–Dji‖ kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. AQSH O‘zbekistonning yirik savdo–iqtisodiy hamkori hisoblanadi va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2013 – yilda 443,1mln. dollarni tashkil etdi O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi (YeI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishida 1992 – yilda «O‘zaro hamkorlik» to‘g‘risida Memorandumning imzolanishi muhim ahamiyatga ega. 1996 – yilda O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – YeI va ularga a‘zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish» to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. YeI ning O‘zbekiston bilan hankorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling