2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi II bob


Darslikning 10-bo’limi “9-may Xotira va qadrlash kuni”


Download 63.27 Kb.
bet14/17
Sana05.01.2022
Hajmi63.27 Kb.
#213266
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOB O’QISH MAHORATI

Darslikning 10-bo’limi “9-may Xotira va qadrlash kuni” deb nomlanib, unda M.Yusufning “Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor” she’ri o’rin olgan. Istiqlol davrida yurtimizda qanchalar yo’l-u ko’priklar solingani yanglig’, necha aziz-u avliyolarning yotar makonlari obod etilib, yana qanchalar muhtasham, muazzam binolar tiklangani, misol adabiyotimizda ham, she’riyatimizda ham bu yillar nurli izlar qoldirdi. M.Yusuf she’rlarida buyuklar, mutafakkirlar, vatan uchun jon bergan mard, jasur yigitlarning shonli yo’li yosh qalblarga ezgulik urug’ini sochadi, ularda faxr tuyg’usini o’stiradi:

Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.

O’tmishingni o’ylab og’ribdi jonim,

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

Yurtim, ko’nglingdek keng osmonlaring bor,

Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.

Osmonlaringdan ham diydoringga zor,

Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

Qo’ling qadog’iga bosay yuzimni,

Onamsan-ku, og’ir olma so’zimni.

Qayinbarglar yopib qaro ko’zini,

Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Qurboning bo’layin, ey onajonim,

Sening faryodlarin – mening fig’onim.

O’tmishingni o’ylab, o’rtanar jonim,

Aytsam ado bo’lmas armonlaring bor (202-bet).

Ustozlar izidan ular bilan yonma-yon Muhammad Yusuf ham ta’bir joiz bo’lsa agar o’z she’rlari bilan nurli ko’priklar solib, yorug’ yo’llar ochdi. U o’z diyorini o’zgacha bir zavq-u shavq bilan kuyladi.




Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling