2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi II bob


Darslikning 7-bo’limi “Keldi bahor-gulbahor”


Download 63.27 Kb.
bet11/17
Sana05.01.2022
Hajmi63.27 Kb.
#213266
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOB O’QISH MAHORATI

Darslikning 7-bo’limi “Keldi bahor-gulbahor” deb nomlanib, unda 8 ta she’r o’rin olgan bo’lib, barchasi bahorning kirib kelishi, Navro’zning nishonlanishi, boychechak va qaldirg’ochning bahor darakchisi ekanligi bolajonlarga she’riy shaklda yorqin ifodalangan. Bu bolalarning yil fasllarining xususiyatlari bilan tanishishda va qadimiy an’analarimizni anglab yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Osmon tiniq, ko’k shoxi

Oq bulut kezar gohi,

Gullarga ko’miladi,

Qandak o’rikning shoxi.

Bog’bon chiqar bog’iga,

Cho’pon ketar tog’iga.

Bolarilar g’uvillab

Qo’nar gul yaprog’iga.

Uyg’unning “Bahor” nomli bu she’rda tabiatning go’zal kelinchagi-bahor tom ma’noda jonlantiriladi, u qishning ayozida pishib-yetilib, yerga chechaklardan yashil gilam to’shab, sinchalakning shodon qo’shig’ida, boshiga gulchechaklardan chambar taqib, Ona yurtga ta’zim bajo aylab, tog’lardan sallona-sallona tushib keladi.

Darhaqiqat, she’rni o’qigan kitobxon ko’z o’ngida Ona-Vatan go’zalligi, uning go’zal qizi-Bahorning betakror go’zalligiga hamroz tarzda bor ko’rki tarovati bilan, o’zini ko’z ko’z qiladi.

Darslikning 8-bo’limi “Tabiatni seving va asrang” deb nomlanib, Qambar Otaning “Ona tabiat”, H.G’ayratning “Bog’im” she’ri asosida yosh kitobxon ko’z o’ngida yosh kitobxon ko’z o’ngida tabiatning mo’jizakorligi, Ona-tabiatning jonli, mukammal manzarasini yaratadi, tabiatning har bir sahifasi betakror ekanligi ta’riflanadi.

She’riyatning go’zalligi shundaki, shoir biz har kun ko’rib turgan, biz uchun odatdagi narsaga aylanib qolgan tabiat manzaralarini o’zgacha ko’z bilan ko’radi. Biz uchun shunchaki daraxt bo’lib ko’rinadigan eman bargining tovus guliday go’zal hashamdorligini kashf qiladi, kiyik yurgan so’qmoqlarning oppoq qorga burkanib yotgan qirlarida beqasamning yo’l-yo’l chiziqlariday tovlanishini idrok etadi; uning nazdida archa daraxtlari qulochini keng yoyib, bezatilgan, betizgin shamolning paxmoq sochlarini erinmasdan yashil tuproqlari bilan taratayotgan odamga aylanadi.

Bo’lim yuzasidan quyidagicha dars tashkil etish mimkin.




Download 63.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling