2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi II bob
-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami
Download 63.27 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOB O’QISH MAHORATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 ta bo’lim
2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami
va mazmundorligi 3-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami va mazmundorligi cerqirra bo’lib, har bir mavzu alohida bo’limlar tarkibida chuqur o’rganiladi va tahlil qilinadi. Mazkur darslikda 11 ta bo’lim bo’lib, turli mavzulardan iborat 48 ta she’r jamlangan. Darslikning 1-bo’limi quyidagicha: O’zbek bolalar adabiyotida Vatan mavzusi bolalar adabiyotimizning ilk qadamlaridan boshlanadi. Shoirlarimiz dil tuyg’ularining eng baland pardalarini doimo azizu-mikarram, ona-vatan vasfiga bag’ishlaydilar, uning go’zalliklarini to’lib-toshib madh etadilar. Zero, Vatan ona qadar muqaddas, ona qadar mukarram, ona qadar musaffodir. Vatanning noz-ne’matlari, boyliklari qanchalik qadrli, bog’u-bo’stonlari, gulzoru-chamanzorlari, qanchalik go’zal bo’lsa, tog’u toshlari, cho’lu biyobonlari ham shunchalik go’zal va qadrlidir. Binobarin, vatanparvar shoir Vatanning qahraton qishidan ham, gullarga burkangan bahoridan ham, jazirama yozidan ham, to’kin-sochin kuzidan ham go’zallik izlaydi va kashf qiladi. Masalan, M.A’zam qalamiga mansub “Vatan” she’ri yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir. Vatan bizning uyimiz, Vatan bizning ko’chamiz. Soylarda sof suvimiz, Maza qilib uchamiz. Vatan bizning tog’imiz, Olma, anor bog’imiz. Bug’doy, arpa dalamiz, O’ynab mazza qilamiz. Vatanning kichik bir go’shasi hisoblangan mahallamiz, ko’chamizni muqaddasligi, uni tinchligi, obod va farovonligini saqlash har bir katta-yu kichikning burchi, vazifasi ekanligini jajji bolajonlarimiz ushbu bo’limda berilgan K.Turdiyevaning “Obod mahalla bo’ylab” she’rini o’qib, uning nechog’li yagonaligini anglaydilar. Bizning mahalla va ko’y, Har bir xonadon va uy. Mehrlarga to’ymoqda, Shundan obod bo’lmoqda. Unda har bekat, guzar, Insonlar bilan go’zal. Gullarga to’lgan rasta, Tutar sizga guldasta. Mahallam ajib, ko’rkam, U ham bir kichik o’lkam. O’zbek bolalar adabiyotining asoschilaridabn biri, taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida “Vatanni suymak” deb nomlangan fasl bor. Unda muallif jumladan, shunday deydi: “Har bir kishining tug’ilib o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilar. Har kim tug’ilgan, o’sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto, bu Vatan his-tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan- uyuridan ayrilsa, o’z yeri kabi rohatda yashamas. Maishati tals bo’lib, har vaqt dilining bir go’shasida o’z vatanining muhabbati turar. Biz-turkistonliklar o’z vatanimini jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini: eskimo’lar shimol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab, hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz: “Kishi yurtida sulton bo’lguncha, o’z yurtingda cho’pon bo’l”, demishlar. Hammaga ma’lumkin,eng muqaddas diniy yerimiz O’lan Arabistonga bog’larini, hovlilarini sotub, diniy hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o’z vatanlariga qaytib keladilar. Buning sababi yana bularning tortib keturgan quvvat o’z vatanlarining mehru-muhabbatidur … . Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o’lsa ravon Banga na g’am qolur, avlodima oyu vatanim, G’ubora do’nsa g’amim yo’q, vujudim zeri, ho vahi, Choraki, o’z o’z vatanim hokidur go’ri kafanim. Tug’ub, o’sun yerim ushbu vatan, vujudim pok, O’lursa, aslina roje o’lurmi, man g’amnok?!” Darhaqiqat, Vatanni suyush har bir mavjudodning qonida bor. Vatan tuyg’usi inson tug’ilgan kunidan boshlanadi. Kindik qoni to’kilgan tuproqning har bir zarrasi ham bi rinson uchun aziz, mo’tabar. Shuning uchun ham tug’ilib o’sgan yer ona-Vatan deyiladi. Bu tuyg’u katta-yu kichikning yurak tubida joylashib turishi bolalarda qalbiga muhrlanadi.
Download 63.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling