Mavzuning yangiligi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo’lagi bo’lgan bolalar adabiyotining ahamiyati ham kattadir. Bolalar adabiyoti o’z oldiga kelajak avlodni jismonan baquvvat, ruhan pok, fikran sog’lom, imon-e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalashdek katta va murakkab vazifani qo’yganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotning ilmiy-metodik yangiligi boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni she’riy asarlarni ifodali o’qish usullarini, qoidasini o’rgatish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, mantiqiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishda 3-,4- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning g’oyaviy mazmuni va badiiy tasviriy ifodaviyligini tahlil qilish orqali o‘quvchilarning she’riy asarlarning yaratilishi haqidagi bilim va ko’nikmasini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |