2. Fonetik birliklar haqida umumiy tushuncha
Download 189.17 Kb.
|
Chet til fonetik xulosa
Unli fonemalarIngliz tili fonetik sistemasida rus tili fonetik sistemasiga nisbatan umumiy belgilar bilan bir qatorda anchagina farqli tomonlari ham mavjud. Ingliz tili o‘zining vokalizm xususiyati bilan ajralib turadi: unlilar sistemasi 21 fonemadan – 12 ta monoftong va 9 ta diftongdan tashkil topgan. Rus tili unlilar sistemasi oddiyroq: rus tilida oltita unli fonema mavjud, xolos. Ammo ushbu ko‘rsatgich barcha slavyan tillariga tegishli emas. Slavyan tillari fonetik sistemasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar ular orasida vokalizm xususiyatiga ega bo‘lgan til ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Bu serb-xorvat tilidir (O.I.Dikushina, 1952). Unli tovushlar artikulyatsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha nutq organlarining holatiga bog‘liqdir. Buning natijasi o‘laroq, unli fonemalar sistemasida bir qator qarama-qarshiliklar kelib chiqadi. Jadval 1. Tilning gorizontal holatiga ko‘ra unlilar klassifikatsiyasi
Ingliz tilida tilning gorizontal holatiga ko‘ra unlilar old, orqa va o‘rta qator unlilariga ajratiladi (O.I.Dikushina, 1952); tilning vertikal holatiga ko‘ra pastki (ochiq), yuqori (yopiq) va o‘rta ko‘tarilish unlilariga ajratiladi. Bundan tashqari, ingliz tilida unlilar miqdoriy belgilar, ya’ni cho‘ziqlik va qisqalik hamda turg‘unligi (o‘zgarmasligi) bilan ham farqlanadi: turg‘un artikulyatsiyaga ega bo‘lgan unlilar – monoftonglar diftonglarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ingliz tilida lablashgan va lablashmagan unli fonemalar unchalik rivojlanmagan. Yuqorida ko‘rib chiqilgan birinchi ikki xususiyat rus tilida ham kuzatiladi. Unda old qator unlilar orqa qator unlilar bilan qarama-qarshi qo‘yilgan. Aralash unlilar qatoriga keladigan bo‘lsak, rus tilida hosil bo‘lish usuliga ko‘ra ingliz tili aralash qator unli fonemalariga yaqin turadigan o‘rta qator unli fonemalari mavjud. Jadval 2. Tilning vertikal holatiga ko‘ra unlilar klassifikatsiyasi.
Shunday qilib, ko‘tarilishlar va qatorlar sonini ham ikki til uchun qaysidir darajada universal belgilar deb hisoblash mumkin. Rus tilida unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik fonologik kategoriyasining yo‘qligi uning asosiy farq qiluvchi belgilaridan hisoblanadi.Unlilarda uzun yoki qisqa cho‘ziqlik hodisasi rus tilida ma’no ajratuvchi belgi hisoblanmaydi. Ingliz tilida esa bu hodisa so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuboradi. Masalan: pool [pu:l] – ko‘lmak va pull [pul] – tortmoq; port [pоt]- port va pot [pot] – tuvak; leave [li:v]- biror joyga ketmoq va live [liv]- yashamoq; fool [fu:l] – ahmoq va full [ful]- to‘la; cart [ka:t]- arava va cut [kt] – kesmoq. Eslatib o‘tish joizki, rus tilida unli fonemaning cho‘ziqligi emfatik vosita sifatida qo‘llaniladi. Taqqoslanayotgan tillarning yana bir farqli tomonlaridan biri rus tilida artikulyatsiyaning turg‘unligiga ko‘ra unli fonemalarni qarama-qarashi qo‘yish holati uchramaydi; boshqacha aytganda, rus tilida ingliz tilidan farqli o‘laroq, diftonglar yo‘q. Shunday qilib, ingliz tiliga xos bo‘lgan unli fonemalarning to‘rt oppozitsion tipidan rus tilida atigi ikki tipigina mavjuddir. Lekin lablashish hodisasi ko‘proq rus tili unli fonemalariga xos. Shuning uchun ular lablanganlik va lablanmaganlik oppozitsion xususiyatiga ega.
Download 189.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling