4.Ingliz tilida bo’g’in turlari va ulaning tasnifi
Bo‘g‘in turlari
O‘zbek tilida 2 ta bo‘g‘in turi bor: ochiq va yopiq: Bola—bo-la (ochiq), daftar—daf-tar (yopiq).
Ingliz tilida 4 ta bo‘g‘in turi bor: 2 ta ochiq bo‘g‘in, 2 ta yopiq bo‘g‘in.
Ingliz unli harflarining I yopiq va II ochiq tur
bo‘g‘inlarda o‘qilishi
I,II tur bo‘g‘inlar tavsifi
1. «R» harfidan boshqa har qanday undosh harf bilan tugaydigan yopiq bo‘g‘inga I tur yopiq bo‘g‘in deyiladi.
Misol: in, tap, bed, tell.
2. II tur ochiq bo‘g‘in deb, shunday ochiq bo‘g‘inga aytiladiki, bu ochiq bo‘g‘indan keyingi bo‘g‘in «r» harfidan tashqari har qanday undosh harf bilan boshlanib ketadi.
Misol: na-me, fi-ne, li-fe, ti-pe.
3. Ingliz unli harflarining I,II tur bo‘g‘inlarda ifodalaydigan tovushlari yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. I tur bo‘g‘inda unli harflar qisqa tovushlar beradi. II tur bo‘g‘inda esa unli harflar diftong yoki cho‘ziq tovushlar beradi.
Eslatma: 1. «U u» unli harfi II tur ochiq bo‘g‘inda [ju:] cho‘ziq tovushini beradi. Misol: use [ju:s], mute [mju:t]. Agar unli «u» harfi oldida [ l,r,$,t$ d¦] tovushlarini beruvchi harf yoki harf birikmasi kelsa, u holda [ju:] tovushidagi [j] tovushini tushirib, talaffuz qilinadi.
Misol : blue [blu:] chute [t$u:t]
rute [ru:t] June [d¦u:n]
Do'stlaringiz bilan baham: |