2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari
Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari
Download 20.37 Kb.
|
2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiqning asosiy x-fayllar.org
5. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari. Yerning havo qobig’i (asosan troposfera), Yer po’sti, suv qobig’i (okean va quruqlik suvlari) va hayot qobig’i (o’simlik va xayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli, geosferali va geotizimli. Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar – bu Yer yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega bo’lgan moddiy hosilalar birlashmasidir. Asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblar ajratiladi. Asosiy geotarkiblarga tog’ jinslari, havo, suv, o’simlik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi darajali geotarkiblarga esa tuproq, muz, muzloq gruntlar kiradi. Geotarkiblar hosil bo’lishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va aralash moddalar ajratiladi Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga asosan tog’ jinslari kiradi, ular Yer po’stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga o’simliklar, hayvonotlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng tarqalgan. Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan ma’lum bir geotarkibdan tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) kontsentrik bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yuqori bo’lgan va qattiq moddalardan iborat tog’ jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, ya’ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to’xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudodlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga krisofera (sovuqlik qobig’i), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi. Geotizimli tuzilma darajasi. Geotizimlar- geotarkiblarning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan majmuali hosilalardir. Notirik geotarkiblarning o’zaro ta’siri natijasida oddiy geotizimlar hosil bo’ladi. Masalan, muzliklar, daryo vodiylari va x.k. Muzliklar atmosfera va gidrosferaning o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Daryo vodiylari esa litosfera va gidrosfera hamda atmosferaning o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Geotizimlilar hozirgi paytda faqat tabiiy tarkiblarni emas, balki antropogen omillarni ham o’z ichiga oladi. Natijada geografik qobiqda geotexnogen tizimlar vujudga kelmoqda. Geotexnogen tuzilmalar tabiiy tarkiblardan va kishilik jamiyatidan iborat (shaharlar, sanoat markazlari, qishloq xo’jalik yerlari, gidrotexnik inshoatlar va x.k.) Umumiy Yer bilimi geografik qobiqning bo’ylama va yuzalama tuzilishini o’rganadi. Ammo geografik qobiqning yuzalama tuzilishini faqat planetar darajada o’rganadi. Download 20.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling