2. Hisoblash texnikasi rivojlanishining tarixi va asosiy bosqichlari


Download 297.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi297.08 Kb.
#192923
1   2   3
Bog'liq
2 avlod

to`rtinchi avlodini yaratishga asos bo`lib xizmat qildi.  

KISlardan foydalanish EHMlarning texnik-ekspluatatsion xossalarini  

birmuncha rivojlantirib va qulaylashtirib, ularning ishonchliligini, gabarit  

o`lchamini, sig`imini, qiymatini, energiyaga bo`lgan talabini va boshqa  

ko`rsatkichlarni yaxshiladi. Hozirgi paytda zamonaviy EHMlarning to`rtinchi  

avlodi ikkita asosiy yo`nalish bo`yicha rivojlanmoqda. Birinchi yo`nalish - bu  

ko`p quvvatli va ko`p protsessorli hisoblash sistemalari yaratishga mo`ljallangan  

bo`lib, ularning operatsiya bajarish tezligi sekundiga bir necha o`nlab va yuzlab  

milliard operatsiyaga tengdir. Bu yo`nalish bo`yicha ishlab chiqarilgan ko`p  

protsessorli hisoblash komplekslaridan biri "Elьbrus" nomli mashina bo`lib, uning  

protsessori sekundiga 100 mln. operatsiyagacha bajara oladi.  

Ikkinchi yo`nalishi esa arzon, o`ta kichik bo`lgan hisoblash mashinalari  

(bularga mikro EHMlar, yoki mikrokompyuterlar) ni yaratish kiradi.  

Mikrokompyuterlarning o`zagi bo`lib unga mos bo`lgan mikroprotsessor xizmat  

qiladi. Hozirgi vaqtda yaratilgan mikrokompyuterlar xotira sig`imi, operatsiyalarni  

  

15 



 

tez bajarishi va boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha katta va mini EHMlardan pastroq  

tursa ham, u shunday yutuqlarga egaki, bu uning qiymati arzonligi, ishonchliligi,  

gabarit o`lchovining kichikligi, ishlab chiqarish va ekspluatatsion jarayonining  

oddiyligi bilan boshqa turdagi EHMlardan tubdan ajratib turadi.  

Mikrokompyuterning bu yutuqlari ularni nihoyatda tez rivojlanib, inson  

faoliyatining hamma sohalariga kirib kelishiga olib keldi. Bularning hammasi  

insonning aqliy mehnatini yengillashtirish bilan birga xilma-xil hisob-kitob,  

informatsiya saqlash va uzatish ishlarini bajarishdan uni ozod etadigan xususiy  

EHMlarni ham yaratdi. Bu yo`nalishda yaratilgan mikro EHM larning asosiy  

turlaridan biri IBM Pentium 1,2,3,4 xususiy kompyuterlar bo`lib, bular ishlab  

chiqarishning deyarli barcha soxalarida qo`llaniladi. Bulardan tashqari to`rtinchi  

avlod EHMlariga boshqa turdagi xususiy, mini, universal va super EHMlar xam  

kiradi. To`rtinchi avlod EHM arxitekturasining o`ziga xos xususiyatlaridan biri -  

axborotlar ishlab chiqarish 

jarayonining paralelligi

, qurilma va jarayonlarning  

o`zaro sinxron ishlashi, ierarxiya tuzilishining modulliligi, konfiguratsiyani  

qaytadan va shart-sharoitga mos ravishda amalga oshirish imkoniyatlarining  

mavjudligidir.  

To`rtinchi avlod EHMlarining texnik va programma vositalari hamda  

yangidan-yangi modellari axborot ishlab chiqarish tezligini sekundiga  yuzlab  

milliard operatsiyagacha yetkazishga, asosiy xotira sig`imini esa yuzlab  

Gigabaytlargacha kengaytirish imkonini beradi.  

Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan ko`pgina davlatlar hisoblash texnikasi  

vositalarining 5 - avlodini-sifat jihatidan mutlaqo yangi, foydalanuvchilar uchun  

qulay hisoblash sistemasini yaratish ustida ishlamoqda. Beshinchi avlod  



EHMlarida mashina tillarini xaqiqiy tilga yaqinlashtirish (matn, nutq, tasvir va  

boshqalar) ustida ham muntazam harakat qilinmoqda. Bundan tashqari 5-chi avlod  

EHMlari yordamida hisoblash sistemasi tashkil qilinganda ko`p ishlatiladigan  

mini, mikro va xususiy EHMlarini foydalanuvchilar uchun intellektual abonent  

punkti ko`rinishida foydalanishni ham ko`zda tutish kerak. Bu avlod mashinalarini  

inson faoliyatida qo`llash va intellektual informatsiya ishlab chiqarish jarayonini  

boshqarishda ishlatish optimal qarorlar qabul qilishga jiddiy va samarali ta’sir  

ko`rsatishi mumkin.  

Beshinchi avlod EHMlarining o`ziga xos harakterli xususiyatlari  

quyidagilardan iborat:  

- axborotlarni har tomonlama aniqlangan va formallashgan bilim sifatida  

qayta ishlash;  

- EHMlarning hamma turlaridan, super EHMdan mikro protsessorgacha  

parallel foydalanib, ularning bajaradigan funktsiyalarini kengaytirish;  

- EHMning yuqori darajada ixtisoslashtirilishi va hisoblash vositalarining  

universallashtirilishini iloji boricha kamaytirish;  

- mini va mikro EHMlar arxitekturasini hayotga tatbiq qilishda eski avlod  

EHMlaridan farqli o`laroq yangi progressiv formalaridan keng foydalanish;  

  

16 


 

- har bir yechilishi rejalashtirilgan muammo hamda masalalar uchun xos  

bo`lgan bilimlar bazasini yaratish va ularni boshqaruv jarayonida faol ishlatish;  

- intellektual interfeys vositalaridan iloji boricha to`la foydalanish hamda  

kompyuter bilan muloqotni osonlashtirib, masalalarni qo`yishda va xal qilishda  

oddiy inson tilini ishlatishga erishish.  

Beshinchi avlod EHMlari keng foydalanuvchilar ommasiga mos keladigan  

va sodda bo`lishi uchun, yuqorida aytganimizdek EHM bilan muomalani xaqiqiy  

tilda, shuningdek grafiklarni kiritish-chiqarish, hujjatlar, qo`lyozma belgilar va  

boshqalarni kiritish yoki o`qish organlari orqali amalga oshirilishi kerak. 

Inson va 

 

mashinaning o`zaro aloqa jarayonida optimal dialog rejimini rivojlantirish kun  



tartibidagi asosiy masalalardan biri bo`lib turibdi.  

Dialog rejimda kompyuter xabarning ma’nosini tushunib, inson bilan  

intellektual dialog olib borishi shart, ya’ni savolga javob berishi, taxmin, so`roq,  

foydalanuvchiga umumlashtirilgan javob bermoq imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.  

Sistema o`z oldiga qo`ygan vazifasini yechishi uchun kiritilayotgan axborotlarni  

tushunish uchun kerak bo`ladigan bilimlardan to`la foydalanishi kerak. Bu  

maqsadga erishish uchun kompterda bilimlarni to`plash, ulardan effektiv  

foydalanish uchun u qaysi sohada qo`llanilayotgan bo`lsa, o`sha sohaga taalluqli  

bilimlarning hammasiga ega bo`lishi kerak. Bunday qobiliyatlarga ega bo`lgan  

mashinalar noto`g`ri qo`yilgan masalalarni ham aniqlab berish va iloji boricha  

to`g`rilab ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. 5-chi avlod EHMlari texnik  

masalalarni yechishda yangi qoidalarga rioya qilib, foydalanuvchilarning talabini  

to`la qondirishi shart. Bu avlod hisoblash mashinalari va sistemasining asosiy  

funktsiyalari: masalalarni avtomatik usulda yechishni amalga oshirish va  

natijalarni olish; bilim bazalarini boshqarish; intellektual interfeys vazifasini  

bajarishdan iborat. O’zaro intellektual sistema (interfeys) EHM bilan inson  

orasidagi dialogni nutq, grafika, xaqiqiy til hamda inson uchun axborot almashish  

imkoniyatiga ega bo`lgan vositalar yordamida amalga oshiradi.  

Beshinchi avlod EHMlarida to`plangan bilimlardan axborotni qayta  



ishlashning hamma bosqichlarida, nutq kiritishdan boshlab, xaqiqiy tilda  

tekstlarni, tasvirni va hokazolarni kiritish va ularga javob tayyorlashgacha bo`lgan  

hollarda foydalaniladi va bu bilimlar bilim bazasida saqlanadi.  

Beshinchi avlod EHMning yaratilishi mashinalarning element bazalari  

nihoyatda tez rivojlanib, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga intellektual holda  

tatbiq qilish imkoniyatiga ega. EHMni intellektuallashtirish deganda, EHM  

vositalari va foydalanuvchilar orasidagi muomalani tabiiylashtirish uchun zarur  

bo`lgan qator tadbirlar ishlab chiqib, EHMdan foydalanuvchilar maxsus  

tayyorgarliksiz ham kompyuterdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lishiga  

aytiladi.  

Tabiiyki, 5-chi avlod kompyuterlari o`zining rivojlanishi bilan birga  

intellektual sistemalarning evolyutsion jarayonini ham ta’minlaydi.  

  

17 


 

Bunday sistemalarni tatbiq etish real natijalarga ham olib keladi; masalan,  

hozirgi vaqtda inson bilan mashina orasidagi nutq yordamida axborot almashish,  

tarjimalar qilishni avtomatizatsiyalash, deduktiv planlashtirish va qaror qabul  

qilish, "hissiyotli" robotlar avlodini yaratish va boshqalar ustida ishlar olib  

borilmoqda. 5-chi avlod EHMlarida axborotlarni kiritish-chiqarish formalarini  

tabiiylashtirish axborotlarning katta oqimini tez qayta ishlashni ta’minlashga olib  

keladi. Shuning uchun ham EHMlarning bu avlodi taqsimlangan lokal  

tarmoqlarning yadrosi bo`lib qoladi.  

Xususiy EHMlar asosida qurilgan ishchi stantsiyalar va hisoblash  

sistemalari vaqti kelganda foydalanuvchi uchun 

xuddi telefon va energiya 

 

tarmoqlaridek hammabop bo`lib qoladi.  



EHMlarning 6-chi avlodiga kelsak biz hozir faqatgina taxmin qilishimiz  

mumkinki, u davrda intellektual komplekslar (IK) paydo bo`lib, inson va  

mashinaning intellektual quvvatini bir qancha marotaba oshiradi. Bu inson ijodi  

imkoniyatini modellashtirib berishi mumkin, shuning uchun ham bu davrda  

mashina yaratish jarayonida inson faoliyatining fiziologik, psixologik, fikr yuritish  

kabi ijodiy tomonlarini o`rganishga qaratiladi.  




Download 297.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling