2. Holat parametrlari Termodinamikaviy jarayon


mol gaz uchun holat tenglamasi


Download 215 Kb.
bet5/9
Sana09.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1475940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Termodinamika asoslari

1 mol gaz uchun holat tenglamasi.

Gaz holati tenglamasining uchinchi shakli bir mol uchun yoziladi. Shuni eslatib o‘tamizki, gazning molekulyar og‘irligiga son jixatdan teng bo‘lgan kilogrammlar miqdori mol, boshqacha aytganda kilogramm-molekula deyiladi yoki kilomol deb aytiladi. Masalan kislorod (O2) kilomoli 32 kg ga, karbonat angidrid (CO2) kilomoli 44 kg ga teng va hokazo.


Avagadro qonuniga ko‘ra bir xil temperatura va bosimdagi turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo‘ladi.
Bu ta’rifga asoslanib, bir xil temperatura va bosimlarda olingan turli gaz mollarining hajmi o‘zaro teng deb xulosa chiqarish mumkin. Agar –gazning solishtirma hajmi, –gazning molekulyar massasi bo‘lsa, u holda molyar hajmi  ga teng. Ideal gazlar uchun:
 =const (12)
Avagadro soni (N) eksperimental yo‘l bilan aniqlangan N= 6,0221191026 kmol-
Normal sharoitlarda (P=760mm sim. ust. va t=0S)
(13)
(14)
Solishtirma hajm qiymatini (13) tenglamadan olib (14) tenglamaga qo‘yganimizdan so‘ng quyidagiga ega bo‘lamiz:
(15)


(16)


(17)
(18)



(18) tenglama bitta kilomol uchun ideal gazning holat tenglamasi deb aytiladi.


universal gaz konstantasi deb aytiladi. (18) tenglama Klapeyron – Mendeleev tenglamasi deyiladi.

5. Gazlar aralashmasi


Ish jismi ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod (II) – oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ish jismi hisoblanadi.


Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil temperatura va bir xil hajmga ega, deb faraz qilaylik. Agar gazlar aralashmasi tarkibiga kiruvchi har qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi deb hisoblasak, aralashmadagi ayrim-ayrim komponentlarning bosimlari Dalton qonuniga bo‘ysunadi: bu qonunga ko‘ra gazlar aralashmasining bosimi ayrim komponentlar partsial bosimlarining yig‘indisiga teng.
(19)
Bunda p1, p2….pn – aralashma komponentlarining partsial bosimlari.
Gazlar aralashmasidagi biror komponent aralashma temperaturasida bo‘lib, bir o‘zi shu aralashma egallagan hajmni to‘ldirganda ko‘rsatayotgan bosim ayni komponentning partsial bosimi deyiladi. Dalton qonuni ideal gazlar uchungina to‘g‘ri keladi.

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling