2. Huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari. Huquqiy davlat
Download 0.67 Mb.
|
2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi
- Amir Temur o`z tuzuklarida davlatni idora qilishda o`n ikki qoidaga asoslanganligini ko`rsatadi
- Huquqiy davlat nazariyasining asoschisi
- Davlat - bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir
2. Huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari. Huquqiy davlat - bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalarning insonparvarlik, adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlaydigan, byurokratiya va mahalliychilikka qarshi kurashadigan xalq hokimiyatining shaklidir. Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi - fuqarolarning huquq va erkinliklari to`la ta`minlanishi, davlat va fuqarolarning bir-biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko`rishi bilan belgilanadi. H uquqiy davlat g`oyasi dastlab qadimgi quldorlik davlatlarida Rimda va Yunonistonda antik davr olimlari Platon va Aristotel tomonidan ifoda etilgan. Platon huquqiy davlat g`oyasi sifatida barcha davlat fuqarolari qonunlarga amal qilishliklarini ko`rsatadi. Aristotel esa bu haqda mamlakatda davlat qonunining kuchi bo`lmasa, uning obro`si bo`lmaydi, deb ko`rsatadi. Sharqning buyuk faylasuf olimi A.N.Farobiy Shunday deydi: «Chinakam qonun o`rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganda uning mamlakatdagi barcha tabaqalar va avlodlarga, barcha viloyatlarning aholisiga baxt-saodat keltirishini hisobga oladi». Buyuk jahongir Amir Temur o`z tuzuklarida davlatni idora qilishda o`n ikki qoidaga asoslanganligini ko`rsatadi. Bu qoidalardan to`rtinchisida: — «davlat ishlarini saltanat qonun — qoidalariga asoslangan xolda boshqardim. To`ra va tuzukka tayanib saltanatda o`z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat har biri o`z lavozimi va martabasidan mamnun xolda xizmatimda bo`lib, undan ortig’iga da`vogarlik qila olmadim, deb ko`rsatgan edi. Bunda biz Temur davlatining faqat harbiy diktaturaga emas, balki qonunlar asosida huquqiy qoidalarga ham amal qilganligini ko`ramiz. Huquqiy davlat nazariyasining asoschisi, nemis faylasuf olimi I.Kantdir (1724—1804). U davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi asosida boshqaruvining respublika shaklini huquqiy davlat bo`lishligini ko`rsatadi. Bu haqda Shunday deb yozadi: «Respublikanizm - ijroiya hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir. „Davlat - bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“. Huquqiy davlat gʻoyasining mohiyati ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun boʻlishidadir. Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat belgilari: Huquqning hukmronligi; Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi; Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilish; Davlat va fuqaroning oʻzaro mas`uliyati; Hokimiyat vakolatlarining boʻlinishi; Sudning mustaqilligi; Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi; Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi; Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. huquqiy davlatning elementlari: qonun ustuvorligi; qonun oldida hammaning tengligi; hamma o`z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; hokimiyat organlarining bo`linishi tamoyiliga amal qiladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling