Etnogeografiya va


Download 0.98 Mb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1615118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Etnogeografiya va madaniyat


SOTSIAL GEOGRAFIYA



10 – MAVZU

ETNOGEOGRAFIYA VA




MADANIYAT

Maqsad: Talabalarga etnogeografiyaning qirraviy fan ekanligi va uning ahamiyati hamda madaniyatning hududiy xususiyatlari haqida ma’lumot berish.


Tayanch so’z va iboralar: Etnogeografiya, urug’, qabila, elat, millat, konsolidatsiya, assimilatsiya, til oilasi, lingvistik klassifikatsiya, irqlar.


REJA:



  1. Etnik birliklar va ularning tavsifi.




  1. Mintaqalarnik etnik tarkibi va xususiyatlari.




  1. Yer shari aholisining irqiy tarkibi.




  1. Til oilalari va ularning hududiy xususiyatlari.

Jahon bo’yicha 4 mingdan ortiq xalq bo’lib, ularning kelib

chiqishi va turlari bilan etnografiya shug’ullansa, xalqlarning


hududiy tarqalishi, shakllanishiga ta’sir etgan geografik omillarni


etnogeografiya o’rganadi.


Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik birliklardir.


Etnik birliklarning ibtidoiy jamoa tuzumidan to hozirgi davrlargacha uchraydigan


tushunchalari (kategoriyalari) asosan, urug’, qabila, elat, millatlardan iboratdir.


Kishilarning eng qadimiy etnik birligi – urug’ (qavm) kategoriyasidir. Bu


kategoriya, asosan, ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelib, ana shu formatsiyaning


asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo’lgan va u odamlarning qon-qardoshligiga


asoslangan edi. Urug’chilik kishilarni xo’jalik va ijtimoiy jihatdan bir-biri bilan


bog’lagan. Urug’chilikning asosiy belgilari:




Urug’ a’zolarining bir-biri bilan qon-qardoshligi;
SOTSIAL GEOGRAFIYA


Urug’ a’zolari xo’jalik faoliyatining birligi (barcha urug’ a’zolarining jamoa bo’lib birgalikda mehnat qilishi);


Ijtimoiy hayotning, turmushning va endi vujudga kelayotgan madaniyatning birligi.

Hozirgi davrda urug’chilik faqat Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim tog’li rayonlarida va o’rmonlarida yashaydigan hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasidan ajralib, ancha orqada qolgan ayrim mayda xalqlardagina uchraydi. Ammo urug’chilikning ayrim qoldiqlari ba’zan boshqa xalqlarda (masalan, Kavkazdagi ba’zi xalqlarda, Hindistonda) ham uchrab turadi. Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi – qabiladir. Urug’larning qabilalarga birlashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir.


Dastlabki qabilalarni bir necha urug’ (odatda, juft sondagi urug’larni) birlashtirar, ular o’zaro dual ekzogamiya (urug’larning bir-biriga qiz berib, qiz olishi) asosida bog’langan bo’lar edilar. Qabilalar sekin-asta o’zining to’la tuzilishiga ega bo’lib bordilar. Rivojlangan qabilalarning odatda, o’z tili yoki shevasi va alohida hududi bo’lgan, maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash qabila tarkibiga kiruvchi barcha urug’larning boshliqlaridan iborat bo’lgan. Urug’ boshliqlarining eng keksasi qabila boshlig’i qilib tayinlangan. Eng muhim masalalarni, masalan, urush yoki tinchilik masalalari va hokazoni hal qilish uchun umumqabila yig’ilishlari o’tkazilgan. Ayrim xalqlarda hozirda ham ijtimoiy hayotning qabila doirasida tashkil etish haligacha saqlangan. Masalan, Amazoniya, Popua-Yangi Gvineya, Markaziy Afrika va Kanadaning shimolidagi chekka hududlarda o’ta sodda hayot tarzi sifatida qabilalar mavjud.


Urug’ va qabila kategoriyalaridan keyin elat kategoriyasi vujudga kelgan. Elat – urug’ va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi, asosan, feodalizm jamiyati davrida, ba’zan esa quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. Urug’chilik va qabilachilik kishilarning ibtidoiy jamoaga, ya’ni sinfsiz jamitga xos umumiyligi bo’lsa, elat sinfiy jamiyatga xos umumiylikdir.


SOTSIAL GEOGRAFIYA

Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi va ulardan hunarmandchilikning alohida bo’lib chiqishi) va u bilan bog’liq geografik (hududiy) mehnat taqsimoti vujudga kela boshlaydi. Natijada mahsulot ayirboshlash munosabatlarining o’ziga xos yangi shakllari shakllana boshladi. Urug’chilik, qabilachilik munosabatlari yangi davrga mos kelmay qoldi. Qon-qarindoshlik aloqalari emas, balki xo’jalik faoliyatining xususiyati savdo yoki boshqa iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri bilan chambarchas bog’langan muayyan hududiy aloqalar umumiylikning mazkur yangi shaklining negizini tashkil eta boshlaydi. Kishilar birligining ana shunday yangi shakli elatdir.


Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o’z nomlari, tili umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar hududiy umumiylikka ega bo’lib, ma’lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning tashkil topishida feodalizm davriga xos jarayon davlatlarning tashkil topishi ham ma’lum rol o’ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba’zi hollarda davlatlarning chegaralariga to’g’ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida baza bo’lib xizmat qildi. Ammo bu holda ham chegara to’g’ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir necha millatlarning tashkil topishi uchun ba’za bo’lib xizmat qilishi yoki aksincha bir necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin. Masalan, Rossiyaning Sibir hududlari, Markaziy Amerikada elatlar mavjud.





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling