Etnogeografiya va


Download 0.98 Mb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1615118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Etnogeografiya va madaniyat

AVSTRALIYA VA OKEANIYA aholisini etnik tarkibiga ko’ra, mutaxassislar ikkita oblastga bo’lishadi:




  1. Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari. Bu mamlakatlar aholisining milliy tarkibi bir xil bo’lib, avstraliyalik – inglizlardan va zelandiyalik inglizlardan

SOTSIAL GEOGRAFIYA

iborat. Avstraliya (aborigen) va Yangi Zelandiyaning tub xalqlari (maorilar) juda kam qolgan.





  1. Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollaridagi aholi etnik jihatdan qabila-qabila bo’lib yashaydi. Ularda konsolidasiya (etnik jinslashish) jarayoni Okeaniyaning ayrim katta orollaridagina boshlangan. Hozirgi paytda elatlar sifatida jipslasha boshlagan xalqlarga samoaliklar, fidjiliklar, gavayiliklar va taitiliklarni kiritish mumkin. Odatda, butunlay boshqa tillarda gaplashuvchi bir necha xalq umumiy nom bilan Yangi Gvineya papuaslari deb ataladi. Okeaniyaning boshqa kichik orollarida etnik jarayonlar ham past bosqichdaligini

ko’rishimiz mumkin.


Aholining etnik jihatdan kelib chiqishini o’rganish orqali uning sotsial hayotiga ham baho berish mumkin. Masalan, Amerika qit’asining tub joy aholisi Osiyodan Bering bo’g’ozi orqali o’tgan, degan nazariya tarafdorlari ko’pchilikni tashkil qiladi. Ularning tuzilishi mongloidlarga juda yaqin. Ayrim qabilalarda esa, e’tiborlisi – bir, ikki, uch… deb sanaydigan aholi ham yashar ekan. Buni esa Sibir hududlaridan o’tgan turkiy qabilalar bilan bog’lash mumkin. Yapon, koreys va xanlarning genezisining umumiyligi bois turmush-tarzi va maaniyatida ham ko’plab uyg’unliklar saqlanib qolgan va h.k.




Lingvistik tarkib. Madaniyatning o‘ziga xos geografik ko‘rinishi – bu tildir. Til insoniyat madaniyatidagi mavjud aloqa vositasidir. U bir guruh a’zolarini bir-birlari bilan o‘zaro cheksiz xabarlashish imkonini beradi. Biroq, u bir til guruhi a’zolarini boshqa til guruhi a’zolari bilan xabarlasha olmasliklariga ham sabab bo‘ladi. Bugungi kunda yer yuzida deyarli 7 mingga yaqin tilda gaplashiladi, lekin ularning 400 ga yaqinidan faol foydalaniladi, xolos (1-ilova). Ma’lumotlarga qaraganda, insoniyat paydo bo‘lgandan to hozirgi paytgacha so‘zlashilgan 4 mingga yaqin til o‘z davrida yo‘qolib ketgan. Bunga esa hukmron jamiyatda ustun bo’lgan sotsial guruhning ta’siri sabab bo’ladi. Xususan, Kavkaz hududlarida aholining katta qismi rus tilini umumiste’mol tili sifatida qabul qilganligi bois, mahalliy tillarning ahamiyati pasayib bormoqda. Masalan, hatto mashxur
SOTSIAL GEOGRAFIYA

dog’istonlik shoir Rasul Hamzatov ham avar tilining yo’qolish arafasida turganligini afsus bilan ta’kidlab o’tgan edi.


Tillarning xususiyatlari bir guruhga mansub etnoslarda bir-biriga yaqin bo’ladi. Chunki ma’lum etnoslar hududiy jihatdan boshqa mintaqalarga borib o’rnashgan, lekin so’zlardagida asos birligicha qolib, dialekt o’zgarishga uchragan. Masalan, turkiy xalqlar tilining negizi umumiy bo’lganligi uchun o’zbek turkmanni, qirg’iz qozoqni, yoqut dunganni osongina tushunadi. Bunday holatni





Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling