Etnogeografiya va


Download 0.98 Mb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1615118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Etnogeografiya va madaniyat

16-rasm. Turli tillarga mansub yozuv grafikalari

ingliz, nemis, fransuz, rus tillarida ham ko’rish mumkin bo’lib, ularning barchasi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan. M., ona so’zini olaylik. Bu so’z ingliz tilida mother (mum), nemis tilida mutter, fransuz tilida mère, rus tilida мать deyiladi. Ma’lum ma’noda uning kelib chiqishini ko’pchilik olimlar Momo Havoga borib taqashadi. Turkiy xalqlarning ko’pchiligida ham onani – momo deyiladi va h.k.


Jahon bo’yicha lingvistik guruhlashda ko’plab til oilalari ajratiladi. Tillarni ma’lum bir til oilasiga birlashtirishda uning genezisi asosiy o’rin tutadi. Til oilasida umumiyligi bo’lgan bir necha tillar bo’lib, har biri alohida til guruhini tashkil etadi. Til guruhlari ham, o’z navbatida, tillarga bo’linib ketadi.


Jahon aholisining eng ko’p, ya’ni 45 foiz aholisi Hindyevropa til oilasida so’zlashadi. Shuningdek, sin-tibet, afrosiyo hamda niger-kordofan oilasi vakillarining ham soni ko’chilikni tashkil etadi.


SOTSIAL GEOGRAFIYA


Tillarning shakllanishi, dastavval, kishilarning yashaydigan hududlaridagi tabiatning xilma-xilligi asosida tarkib topib borgan. Masalan, faqatgina muzli yerlarda yashaydigan eskimos yoki bepoyon sahroda tarqalgan tuareglarning til boyligi juda kambag’al. Aksincha, tabiati turfa xil bo’lgan hind, ingliz va xitoylarning tillarida milliondan ortiq so’z mavjud. Shuningdek, ular qulay hududlarda yashashlari bois qadimdan boshqa mintaqalar bilan aloqalar negizida ham tildagi so’zlarning miqdori orta borgan. Zero, barcha tillar (arab tilidan tashqari) o’z til boyligini boshqa tillardan o’zlashma so’zlar hisobiga ham boyitib boradi. Bu jarayon ijtimoiy-madaniy aloqalarida umumiylik vujudga kelgan, iqtisodiy aloqlari yaxshi yo’lga qo’yilgan hududlar bo’yicha amalga oshadi. Masalan, arab istilosidan so’ng, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan arabcha so’zlar joy egallay boshladi. Natijada vatan, muallim, kitob, shoir, qalb kabi ko’plab so’zlarning turkiycha muqobili o’rniga arabchasi qo’llanilib, iste’molga singib ketgan. Ayrim davlatlar esa keyinchalik kirib kelgan tillarni hozirda asosiy til sifatida qabul qilgan. M., Gaiti fransuz tilini o’z ona tilisi sifatida iste’molda foydalanadi. Lekin baribir uning aholisini hech kim fransuzlar deb atamaydi.


Afrika, Okeaniya va Amerikaning ayrim kam rivojlangan hududlarida, hatto, har bir qabilaning ham o’z tili bor. Bu orqali esa ular turmush-tarzining yopiqligi, hali ham ibtidoiy ko’rinishda ekanligini ifodalaydi.


Hozirda oltita xalqaro til – ingliz, xitoy, ispan, fransuz, arab, rus tillaridan eng ko’p foydalaniladi hamda BMT rasmiy hujjatlari shu tillarda olib boriladi. Shuningdek, 200 ga yaqin tillar davlat tili, 4800 ga yaqini mahalliy, qolganlari urug’-qabila tillari hisoblanadi. Tillarning asosiy xususiyatlaridan biri – uning yozma ko’rinishga ega bo’lishidir. Chunki vaqt o’tishi natijasida mazkur tilgagi hodisalar bayon qilib qo’yilmasa, og’zaki shevalar o’zgara borgani sayin asos til ham yo’q bo’lib ketishi mumkin. Popua-Yangi Gvineya, Janubiy Sudan yoki kechualar yashaydigan Amazoniyada og’zaki nutqadan foydalanilsa-da, ularning grafik ko’rinishi deyarli yo’q. Ko’plari haligacha belgilardan foydalanadi.




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling