Etnogeografiya va


Download 0.98 Mb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1615118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Etnogeografiya va madaniyat

YEVROPA qit’asining aholisi genezisiga ko’ra, 3 ta katta guruhga bo’linadi: roman, german va slavyan. Roman guruhidagi millatlar (fransuz, ispan, italyan, rumin, portugal, irland) mintaqaning janubi, qisman markazi va sharqida yashaydi. German guruhi esa kelib chiqishi jihatidan german qabilalari, angl-sakslarga borib taqaladi hamda Markaziy va Shimoliy Yevropada tarqalgan. Slavyan xalqlari, asosan, Sharqiy va Janubiy Yevropada tarkib topgan. Har bir guruh ichidagi millatlarning tili va turmush-tarzi bir-biriga juda yaqin hisoblanadi.




  1. AFRIKA aholisining milliy tarkibi o’ziga xos bo’lib, uzoq davom etgan mustamlakachilik afrikaliklarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ancha orqada qoldirdi. Ularning yirik millatlar va elatlarga birlashuviga xalaqit berdi. Qit’ada tuareg, tubu, azande, bantu, gottentot kabi ijtimoiy hayotdan ancha

orqada qolgan elatlar keng tarqalgan. Shuningdek, Afrika aholisining milliy tarkibi haqida gapirganda, bu yerda yashovchi kelgindi (asosan, Yevropadan) xalqlarni ham e’tiborga olish zarur. Asosan, inglizlar, afrikanerlar (burlar), fransuzlar,


SOTSIAL GEOGRAFIYA

portugallar Afrika aholisining 5 foizini tashkil qiladi. Yevropaliklar mintaqaning eng qulay joylariga kelib kelib o’rgashgan. Shu bois, fransuz va italyanlar O’rta dengizbo’yi hududlarida ko’p bo’lsa, Janubiy Afrikaning dengiz sohillarida ingliz va golland millatiga mansub aholi anchagina hisoblanadi. Hozirda qit’ada ham maaniy hayot nisbatan jonlanib bormoqda. Bunga yevropaliklar bilan mahalliy aholining assimilatsiyasi katta ta’sir ko’rsatmoqda.





  1. AMERIKA aholisining milliy tarkibi bo’yicha hozirda ko’pchilikni

(95%) Yevropadan kelganlarning avlodlari va ularning boshqa xalqlar bilan aralashuvidan vujudga kelgan xalqlar qamrab olgan. Biroq uzoq o’tmishda bu hududlarning tub joy aholisini indeyslar tashkil etgan. Yevropaliklar kelgunga qadar maya, astek, ink, kechua va boshqa indeys qabilalari ko’plab yashagan va keyinchalik, ularning katta qismi qirib tashlangan. Hozirda Amerika aholisini ko’pchilik qismi ingliz va ispan tilida, ozroq qismi, portugal va boshqa tillarda so’zlashadi. Bu yerda millatlar, davlatlar chegaralariga qarab, qaysi mamlakatning fuqarosi ekanligiga qarab ataladi. Masalan, AQSh millati – amerikantlar, Kanada millati – kanadaliklar deyiladi.


Amerika mamlakatlari aholisi o’z millatlarini davlatlarining nomi bilan masalan, braziliyaliklar, kubaliklar, peruliklar va boshqalar deb atashadi. Biroq turli xalqlarning aralashishi bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, paragvayliklar, peruliklar, boliviyaliklar, ekvadorliklar, gondurasliklar, salvadorliklar, nikaragualiklar va panamaliklar, asosan, metislardan iborat. Dominikaliklarning ko’pchiligi esa mulatlardir.


Amerikada, shuningdek, asosan, negrlardan iborat bo’lgan millatlar ham bor (gaitiliklar, yamaykaliklar va boshqalar). Peru, Boliviya, Ekvador, Meksika aholisining anchagina qismini indeyslar tashkil qiladi.






  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling