Etnogeografiya va


Download 0.98 Mb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1615118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Etnogeografiya va madaniyat

Millat – etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo’lishi uchun tili, hududi, umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo’lishi kerak. Millat ma’lum hududda yashovchi odamlarning ijtimoiy-etnik birligi bo’lib, feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida tashkil topa boshlaydi va kishilar umumiyligining o’ziga xos shaklidir. Millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda hududiy birlik, iqtisodiy va madaniy aloqalar mustahkam o’rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi, milliy ong rivojlangan bo’ladi. Millat kishilarning shunday barqaror jamligiki, bu umumiylik til, hudud, iqtisodiy hayot umumiyligi hamda ijtimoiy

15-rasm. Yapon millati vakillari
SOTSIAL GEOGRAFIYA

psixologiya ba’zi bir xususiyatlarining kompleksligi bilan bog’langan bo’lib, bu


psixologiya ushbu xalq


madaniyatining o’ziga xos belgilarida mustahkamlangandir va ular bu xalqning madaniyatini boshqa xalqlar madaniyatidan ajratib turadi. Masalan, yapon millati o’zining vatanarvarlik,


mehnatsevarlik, ma’uliyatlilik xususiyatlari, milliy mentalitetiga sodiqligi bilan alohida ajralib


turadi (15-rasm). Xalq tushunchasi keng ma’noda bo’lib, barcha etnik umumiyliklarlarning mu’lum hudud (respublika, davlat yoki butun dunyo) aholisiga nisbatan ham ishlatish mumkin.


Ayrim mamlakat yoki butun jahon aholisining milliy tarkibini aniqlash juda mushkul vazifadir. Turli mamlakatlarda yashovchi xalqlar ro’yxatini tuzish dastlabki bosqichdanoq aholining biror guruhining qandayligini: etnik birlikni, ya’ni alohida xalqni tashkil etadigan yoki xalqning bir qismini (etnografik guruhini) yoki birlikning boshqa bir ko’rinishini, masalan, davlat siyosiy ko’rinishini tashkil etadi. Ko’p hollarda etnografik guruhlar o’ziga xos madaniy va maishiy elementlar tavofut qilibgina qolmay, balki alohida dialektlarda gaplashib, etnik jihatdan o’z-o’zini butunlay boshqacha anglashga ham olib keladi. Qisman, ancha yaxshi o’rganilgan xalqlarda (bolgarlar, polyaklar va boshqalarda) ayrim guruhlar yaqin o’tmishda ham rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra, alohida xalq sifatida ajralib kelinar edi.


Jahon mamlakatlarida konsolidatsiya (milliy jipslashish) va assimilyatsiya (qorishish) jarayonining keng ko’lamga avj olish tufayli o’ziga xos o’tkinchi til va madaniy shaklli, milliy jihatdan o’z-o’zini anglash kabi etarli, muhum belgili aholi guruhlari mavjuddir. Binobarin, bunday guruhlardan biriga misol qilib,


SOTSIAL GEOGRAFIYA

Boshqirdistonda yashovchi tatarlarni ko’rsatishimiz mumkin. Aholining bu qismi hozircha tatar xalqini bir bo’lagi hisoblanadi.


Xalqlarni sonini aniqlashdagi qiyinchilik esa, jahon aholisini etnostatistik jihatdan etarli o’rganilmaganligiga bog’liqdir. Hozirgi vaqtda butun jahon mamlakatlari aholi soni ro’yxatga olindi. Biroq bunday ro’yxatlarning ko’pchiligi aholining milliy tarkibini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymagan. Bir qator mamlakatlarda milliy tarkib (yoki til) haqidagi masalaning yo’qligi, aholining etnik jihatdan nisbatan bir xilligiga bog’liqdir. Bunda maskur masala muhum rol o’ynamaydi. Ammo butun dunyo aholisining milliy tarkibini bilish mushkul masala. Bu masalaning mushkulligi jahon aholisini etnostatistik jihatdan etarli o’rganilmaganligidir. Hatto hozirgi aholi ro’yxatlari o’z oldiga vazifa qilib qo’ymaydi. Bunga birqancha sabablar bor ayrim mamlakatlarda ro’yxatlar o’tkazishda milliy mansublik etnik jihatdan nisbatan bir xil bo’ladi. Boshqa hollarda bunday ko’rsatkich bo’lmasligi mumkin.


Chunki hukmron davlatlar mayda millatlar va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy muammolar go’yo hal bo’lgan demoqchi bo’ladilar hamda o’z mamlakatlarini yaxlit milliy mamlakat sifatida ko’rsatishga intiladilar. Xorij ro’yxatlarining milliy masala aks etgan ma’lumotlaridan ham foydalanish ancha qiyin. Chunki, ayrim olimlar tomonidan qabul qilingan etnik terminologiya, hamda etnik umumiylik odatda chet el adabiyotlaridagi terminologiya va tushunchalardan farq qiladi.


Masalan ingliz, fransuz yoki ispan tili terminologiyasidan foydalanuvchi ko’pgina mamlakatlarda «millat» tushunchasi doimo «davlat» tushunchasi bilan tenglashadi, «millat» termini esa davlatga mansublikni bildiradi. Ayrim aholishunos olimlar esa aralashtirib yuboradilar. AQShda o’tkazilgan aholi ro’yxatlarida millat masalasi irq masalasi bilan aralashtirilgan (oq tanli, qora tanli: negr, amerikant, indeys, xitoy, yapon, filippinlik va boshqalar).


SOTSIAL GEOGRAFIYA

Shuningdek, dunyoning barcha qismlarida milliy jipslashish va qorishish jarayonlari keng ko’lamda yoyilganligini e’tiborga olsak, sayyoramiz aholisini milliy tarkibini aniqlashning mushkulligi yanada aniq ko’rinadi.


Dunyo bo’yicha etnoslarning hududiy tarkibi va tarqalishini o’rganish hamda tahlil qilib borish orqali ijtimoiy-madaniy hayotdagi xususiyatlar namoyon bo’ladi.





  1. OSIYO qit’asida aholining etnik tarkibi juda murakkab. Xususan, unda xan (1 mlrd 310 mln kishi), hind (280 mln), bengal (235 mln), yapon (130

mln), panjob (120 mln), bixar (115 mln) va yavalik (105 mln) kabi juda ko’p sonli millatlar mavjud. Qit’aning janubi-sharqidagi aholi (malay, indonez, vyet, tay, lao) Xitoy va Hindiston aholisining aralashuvidan shakllangan bo’lsa, g’arbiy qismidagi aholi, asosan, arab va forslardan tashkil topgan. Markaziy, shimoli-sharqiy hududlarida esa turkiy xalqlar keng tarqalgan. Rossiyaning sharqidagi aholi turli elatlardan iborat bo’lsa, g’arbida madaniy jihatdan yuqori o’rinda turuvchi millatlar istiqmat qiladi.






  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling