2 I. Bob. Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari


 Oilaning bola tarbiyasida xalq milliy an’analaridan


Download 399.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana23.02.2023
Hajmi399.13 Kb.
#1224690
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oila-millat va jamiyat tayanchi

 
1.1. Oilaning bola tarbiyasida xalq milliy an’analaridan 
foydalanishi. 
Xalq – axloqiy qadriyatlar, qimmatli an’analar ijodkori. Xalq qadriyatlar 
va an’analarni o’zining ozodligi uchun olib borgan kurashlardan mardonavor ijod 
qildi, ularni tolmas mehnatda, chet el bosqinchilari bilan qilgan janglarida 
qadrlanadi va e’zozlanadi.
An’analarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy mazmuni turli tarixiy davrlarda, 
ayniqsa keskin kurashlarda yaqqol ko’rindi. Ommaviy xalq harakatlari, inqilobiy 
janglar avj olgan davrda ham kishilar ijtimoiy qiziqishlar bilan yashaganlar. 
Yuksak g’oyalar uchun kurashgan vaqtlarda ham an’analar tarkib topgan.
Urf-odatlar va marosimlar ota-bobolar tomonidan ijro etilib, ularning 
avlodlari ham shu urf-odatlar va marosimlarga rioya qilishlari lozim bo’lgan.
Ensiklopediyada an’ana quyidagicha ta’riflanadi: “an’ana” lot. Trado – 
uzatish) ijtimoiy va madaniy merosning avloddan avlodga o’tadigan muayyan 
jamiyatlarda, sinflarda va ijtimoiy guruhlarda uzoq vaqt saqlanadigan elementi 
bo’lib, u ijtimoiy merosning obyekt (moddiy va ma’naviy qadriyat) larini o’z 
ichiga qamrab oladi.
Kichik Ensiklopediyada bu ta’rif shunday aniqlashtirilgan: “An’analar 
tarixdan tarkib topgan va avloddan avlodga o’tadigan odatlar, ijtimoiy tartib, xulq 
normasi, g’oyalardan iboratdir”. Pedagogika lug’atida an’ana xususida shunday 
deyiladi: “Oilaviy an’ana (lotincha – trado – uzatish so’zidan olingan) oilada qabul 
qilinganva katta avlod kichik avlodga beradigan odatlar hamda xulq 
normalarrining majmui. An’analar tasodifan vujudga kelmasligi, balki yillar 
mobaynida tarkib topishi ma’lum. Demak, an’analar ko’p marta takrorlanadigan va 
ajdoddan avlodga o’tadigan muayyan qarashlar, e’tiqodlar, didlar, xatti-harakat 
normalari va qoidalari, ishlar va hodisalardir. Biz a’nanalar yashashining asosiy 
sharti ko’p qirrali murakkab hodisadir. Uni turli belgilariga ko’ra tasniflash 
mumkin.
Urf-odat va -an’analar nima?”, “Ular bir-biridan nimasi bilan 


10 
faeqlanadi?”. Bularni aniqlashning muhimligi shundaki, mavjud adabiyotlarda 
mazkur muammolarni yoritish bo’yicha juda ko’p chalkashliklar uchraydi., ayrim 
tushunchalar aralashib ketadi va hokazo. Masalan, “O’zbek tilining izohli lug’ati” 
kitobida “odat” so’zi muayyan zalqda qabul qilingan usullar, harakat tarzi, 
tamoyillar” deb izohlanadi. An’analar esa tarixdan tarkib topgan va ajdoddan 
avlodga o’tib kelgan marosimlar, axloqiylik normasi deb ta’riflanadi.
Bizningcha, urf-odatlar va an’analarni bundaay izohlash ilmiy nuqtai 
nazardan u qadar to’g’ri emas. Chunki mazkur holda “an’ana – urf-odat” va “urf-
odat – an’ana” tushunchlari ta’rifi orasiga tenglik belgisi qo’yilgan. Holbuki, 
bizningcha odatga nisbatan keng tushunchalardir.
An’ana tushunchasida muayyan marosimlar va axloq qoidalari birlashadi. 
An’ana o’ziga xos integratsiyalangan va ahamiyatli hodisa bo’lib, unda 
avlodlarning ijtimoiy hayotga bog’liq tajribasi umumiy shaklda aks etadi. An’ana 
qadriyatlarning tarkibiy qismi bo’lib, u ijtimoiy va madaniy merosda uzoq davrlar 
mobaynida saqlanadi, keyingi avlodlar qabul qilinadi va yil davomida yangi 
elementlar bilan boyib boraveradi. Binobarin, an’ana muayyan marosimlarga, 
udumlarga, urf-odatlarga qaraganda ancha keng va umumlashgan hodisadir.
An’analar, urf-odatlar va bayramlarning har bir muayyan tarixiy davrning 
mahsulidir. Ular moddiy turmush shart-sharoitlarining ta’siri bilan paydo bo’lgan, 
rivojlangan, takomillashgan, asrlar osha ajdoddan avlodga o’tib kelgan va xalqning 
yaxshi orzu niyatlari hamda ma’naviy boyliklarini o’zida mujassamlashtirgan 
bo’ladi. İlg’or an’analar yangi davr, ijtimoiy tuzum ehtiyojlariga moslashadi. 
Masalan, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehmondo’stlik, bolalar 
tarbiyasi bilan bog’liq an’analar asrlar davomida yaralgan.
Har bir avlod o’zidan oldingi avlodkardan meros qolgan an’analar va urf-
odatlarni mehnati, bilimi, tajribalari bilan boyitadi va rivojlantiradi.
Marosimlar – an’ananing badiiylashgan, ramziy belgilar, obrazlar, 
musiqa, raqs, qo’shiq, publitsistik va badiiy so’z vositasida anglashiladigan 
muayyan g’oyalar, axloq normalari shaklidagi ko’rinishi. Marosim bir nechta 
rasm-rusum, udumlar zanjiridan iborat. U an’analarning tantanali badiiylashgan 


11 
qismi bo’lib, ommaviy harakatlar yig’indisidir.
Marosim urf-odatlarning hamma vazifasini ado ettishga qodir emas, 
balki uning biror qismi – boshlanishi, kulminatsiyasi, tugallanishini namoyon 
qiladi. Shu bois urf-odat keng rejali xatti-harakat majmui bo’lsa (to’y, bayramlar, 
armiya safiga chaqirilish va hokazolar), marosim ana shu tantana (urf-odat) ni 
o’tkazish payti badiiylashgan qismidir.
Bayramlar – kishilarning xususiy va jamoa bo’lib hayot kechirish 
sharoitining yig’indisi bo’lgan tarixiy ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga 
kelgan, o’zida ideallarni, estetik ehtiyojlarni ifodalagan an’analar va urf-
odatlarning muayyan shakldagi tantanali ko’rinishi. Bayram – jamiyat, davlat, 
ijtimoiy guruh, oila hayotidagi biror muhim va quvonchli voqeaga bag’ishlangan 
kundir. Bayramlar bir qancha elementlarni o’zida namoyon qilib, siyosiy tadbirlar 
( tantanali majlis, ilg’orlarni mukofotlash), o’ziga xos odatlar (xalq bayramlari, 
mehnatkashlar namoyishi), oilaviyn tantanalar (qarindoshlar, do’stlar uchrashuvi) 
kabilarning zanjiridan iborat. Xalq an’analarini, urf-odatlar va bayramlar 
kishilarning jamoa bo’lib uyushishlarini, muloqotga kirishishlarini taqozo etadi. 
Zotan, ular xalq hayotining barcha tomonlari - iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy, 
madaniy, harbiy, kasb-hunar va ishlab chiqarish jabhalirida namoyon bo’ladi.
An’ana, bayram va urf-odatlar turmush madaniyati tushunchasining 
tarkibida harakat qiladi. An’ana va urf-odatlar kishilarning o’zaro va jamiyatga 
ijtimoiy munosabatlarini takror ishlab chiqarishda, oldingi avlod erishgan moddiy 
va ma’naviy boyliklarni o’zida aks ettirib, keyingi avlodga yetkazishda muhim rol 
o’ynaydi.

Download 399.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling