2 I. Bob. Iqtisodiy о‘sish shariotida urbanizatsiya masalalar


Referat ishining vazifalari


Download 20.27 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi20.27 Kb.
#1517339
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
urbanizatsiya iq o\'s

Referat ishining vazifalari.
—Urbanizatsiyaning iqtisodiy o'sishga bo'ladigan ta'sirini;
—urbanizatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlarini;
—urbanizatsiya orqali yuzaga keladigan muammolarni ;
—urbanizatsiya haqidagi iqtisodiy ma'lumotlarni xalqqa yetkazish;
Referat ishining obyekti. Referat ishining obyekti umumiy holatda urbanizatsiya jarayonlari va ularning iqtisodiy mohiyati hisoblanadi.
Referat ishining ilmiy va amaliy mohiyati. Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki urbanizatsiyaning mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni va ahamiyatini chuqurroq o'rganishdan iborat.
Referat ishining tuzilishi va hajmi. Referat ishi 17 betdan iborat va kirish, 1 bob, xulosa va takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
Xulosa va takliflar qismida rеfеrat ishi bo'yicha asosiy natijalar umumlashtirib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar bеrilgan.
I. Bob. Iqtisodiy о‘sish shariotida urbanizatsiya masalalari.
1.1. Urbanizatsiyaning mazmun, mohiyati va ahamiyat . Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing. urbanization, lot. urbanus — shaharga mansub, urbs — shahar) — jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. U. — tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar mil. av. 3—1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning Oʻrta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen sh.larining mavqei yuqori boʻlgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida kapitalistik i.ch. unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining oʻsib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo boʻla boshladi.
U.jarayonining rivojlanishi shaharlarning oʻsishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy oʻsishi, shahar atrofi hududlarining maʼmuriy jihatdan shaharga qoʻshilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bogʻliqdir. Shaharlarning oʻsishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, yaʼni U. jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo boʻlib, katta shaharlarga qoʻshilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qoʻshilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.
U.ning asosiy koʻrsatkichi shaharliklar sonining oʻsishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmogʻining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, yaʼin U. jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmogʻining ortib borishiga olib kelmokda. 1950-yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960-yil bu koʻrsatkich 33,9% ni, 1970-yil 37,4%, 1980-yil 41,1%, 1990-yil 45,8% va 2000-yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmogʻi rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000-yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% boʻlgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda U. jarayoni dunyoning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha past. 2000-yilda shahar aholisining salmogʻi Afgʻoniston va Efiopiyada 11 — 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi.
U.ning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining oʻsishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 mln. va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida oʻrin egallaydi. 1900-yilda dunyo boʻyicha millioner shaharlar soni oʻnta boʻlgan boʻlsa, 21-asrga kelib bu koʻrsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 mln.dan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 mln.), Tokio (20 mln.), Seul (13 mln.), Pekin (11 mln.), Parij, Qohira, BuenosAyres va London (10 mln.)] mavjud.
Oʻzbekistonda U. jarayoni oʻz tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi oʻlkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda eng qad. shaharlar bilan birga 20-asrning 2yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913—80 yillarda Oʻzbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmogʻi oʻsdi. Oʻzbekistonda 120 ta shahar boʻlib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha boʻlgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha boʻlgan oʻrta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha boʻlgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab Oʻzbekistonda U. jarayoni rivojlanib kelmokda.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda U. koʻlamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy oʻsish jarayoni kamayib borishi taʼsir etmokda. 1991-yil Oʻzbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy oʻsish 19,9 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2002-yilda bu koʻrsatkich 10,8 kishini tashkil etdi.
Urbanizatsiya dasturi: maqsad, vazifalar va kutilayotgan natijalar
«Urbanizatsiya» so‘zi lotin tilida shahar ma'nosini anglatib, mamlakat (mintaqa) aholisi tarkibidagi shahar aholisining salmog‘i orqali o‘lchanadi. Urbanizatsiya jarayonlarining asosiy natijalari quyidagilar bilan bog‘liq:
- barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;
- aholi turmushining sifati yaxshilash va darajasini ko‘tarish;
- uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlari qurilishini keng miqyosda amalga oshirish;
- yer uchastkalaridan samarali foydalanish;
- shaharlarni iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda kompleks rivojlantirish;
- industrial-innovatsion rivojlanishning ustuvor vazifalarini hal etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llash;
- katta, o‘rta va kichik shaharlar rivojlanishini maqbullashtirish;
- shahar aglomeratsiyalari orqali ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning samarali shakllarini tatbiq etish;
- shaharlarda sanoat zonalari, texnoparklar, innovatsiya markazlari tashkil etish.
Urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha jahon amaliyotining tahlili va undan chiqadigan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur, Hindiston va boshqa mamlakatlarda aniq maqsadga yo‘naltirilgan urbanizatsiya siyosati faol sanoatlashuv, shaharlarni kompleks rivojlanishini rag‘batlantirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, aholi turmush sharoitini izchil oshirib borish, doimiy va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, yer islohotlarini amalga oshirish va yer uchastkalari bozorini shakllantirish kabi qator chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda olib borilgan. Ko‘pgina boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lgan urbanizatsiyaning barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, urbanizatsiya darajasining 1 foizga ortishi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining Xitoyda 10 foizga, Hindistonda esa 13 foizga o‘sishini ta'minlagan.
BMT prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, jahonda shahar aholisining ulushi 2018 yildagi 55,3 foiz o‘rniga, 2030-yilga borib 60,4 foizga yetadi. Shahar aholisining nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatiladi. Mazkur mamlakatlarda bu jarayon asosan qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi va shahar aholisi tabiiy o‘sishi bilan bog‘liq.

Download 20.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling