2 I. Bob. Qarag'aytoifa o'simliklar bo'limi
Download 1.44 Mb.
|
QARAG\' AYTOIFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. QARAGAYTOIFA OSIMLIKLAR BOLIMI 1.1. Kordaitl a r q ab il as in i ngni n g ke l ib
Kurs ishining vazifalari: Qarag'ay milliy iqtisodiyotda ikkita asosiy foydalanishga ega. Bir tomondan, bu o'rmon hosil qiluvchi asosiy turlardan biridir. Qarag'ay boshqa daraxtlar omon qololmaydigan joyda o'sadi, tuproq eroziyasini oldini olish uchun ishlatiladi va qum va toshlarga ekilgan. Boshqa tomondan, bu eng qimmatbaho yog'och. Rossiyadagi faqat Evropa qarag'aylari ishlatilgan yog'ochlarning uchdan bir qismidan ko'pini etkazib beradi. U eksport qilinadi, quriladi, qog'oz, qalam, mahkamlagich, bochka tayyorlanadi.
I.BOB. QARAG'AYTOIFA O'SIMLIKLAR BO'LIMI 1.1.Kordaitlar qabilasiningning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. Bu qabilaga mansub o‘simliklarning paydo bo‘lish davri paleobotanik ma’lumotlarga qaraganda paleozoy erasining toshqo‘mir davriga to‘g‘ri keladi. Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi 30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi shoxlangan. Barglari qattiq, bandsiz lansetsimon ingichka bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (96-rasm). Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham qipiqsimon tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘murtakda sagovniklarning urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli yopqich qatlam etli, qalin, shirali ichki qatlam hamda ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iboratbo‘lgan. Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan. Urug‘murtak to‘liq yetilmagan. Balki sagovniklarning urug‘murtagi singari uning yetilishi uzilib tushgandan so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin. Kordaitlarning sagovniklar bilan o‘xshashlik xususiyatlari ularning qadimiy ajdodlari bir xil o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin ularning plaunsimonlar bilan ham bog‘liqlik tomonlari bor degan fikrlar ham yo‘q emas. Ginkgolarning yer yuzida keng tarqalgan 20 dan ortiq turidan hozirgi kunda faqat bir turi, ya’ni ikki bo‘lmali ginkgo – Ginkgo biloba yovvoyi holda Xitoyda o‘sishi aniqlangan. Bu daraxt XI asrdan boshlab Xitoy va Yaponiyada xosiyatli o‘simlik sifatida diniy madrasalar qoshida o‘stirilgan. XVII asrda Yevropaga keltirilgan (97-rasm). Ginkgo balandligi 30-40 m ga qadar o‘sadigan daraxt o‘simlik. Uning poyasi sirt tomonidan to‘q kulrang po‘st bilan qoplangan. Poyasining ichki tuzilishi qubbalilar poyasining ichki tuzilishiga o‘xshash. Po‘sti yupqa, o‘zak va ikkilamchi yog‘ochlik yaxshi taraqqiy etgan. Novdalari ikki xil, siyrak bargli uzun va barglari g‘uj bog‘lam-bog‘lam bo‘lib joylashgan qisqargan novdalar. Barglari o‘ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo‘lmaga ajralgan, barg tomirlari dixotomik joylashgan, qishda to‘kiladi. Ginkgo ikki uyli o‘simlik sporofillari qisqargan novdalarda to‘plangan. Mikrosporofillari to‘pgulga o‘xshash to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Megasporofillari uzun bandli odatda ikki megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o‘rab turadi. Changlanishi shamol yordamida. Mikrosporaning o‘sishi, urug‘lanishi va urug‘ining shakllanishi sagovniklarga o‘xshash. Lekin ko‘p xivchinli spermatozoidlari bularda sagovniklarnikiga nisbatan ancha kichik. Urug‘lanishdan so‘ng vujudga kelgan urug‘ning tashqi qismi yumshoq va shiraliichkiqatlamlariyupqa va qattiqbo‘ladi. Tashqiko‘rinishiga ko‘ra ginkgoning urug‘i olxo‘rinikiga o‘xshab ketadi. Uning yumshoq qismi ovqatga ishlatiladi. Ginkgo biloba. 1 – erkak gulli qisqargan novda; 2 – mikrosporofillar; 3 – urg‘ochi gulli qiskargan novda; 4 – alohida gul to‘plami; 5 – urug‘ murtagining ko‘ndalang. Urug‘ ichida ikki pallali va endospermli urug‘murtagi joylashgan. Urug‘ pallalari unib chiqish jarayonida yer bag‘rida qoladi. Ginkgolarning kelib chiqishini kordaitlarga bog‘lashadi. Lekin bu ikki qabila parallel ravishda urug‘li paporotniklardan kelib chikqan degan fikrlar ham bor. Ginkgoning xo‘jalik ahamiyatiga kelganda u asosan manzarali o‘simlik. Uning shu xususiyatini inobatga olib, Ukraina, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli nam o‘lkalarda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalanadilar. Qubbalilarning geologik tarixi yuqori karbon davridan boshlanadi. Ularning yuksalishi mezozoy erasining yura va ayniqsa bo‘r davriga to‘g‘ri keladi. Ular o‘simliklar olamining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p jihatdan o‘xshash belgilariga ko‘ra qubbalilar kordaitlardan kelib chiqqan degan xulosaga kelinadi. Bu davrda qubbalilarning ekologik va geografik jihatdan differensiallanishi sodir bo‘lgan va ular ayrim oilalilarining vakillari janubiy, ayrimlariniki esa shimoliy yarim sharlarda tarqalgan. Hozirgi paytda shimoliy yarim sharda qubbalilardan (nina barglilar) zarnabdoshlar (Taxaceae) va sarvdoshlar (Cupressaceae), janubiy yarim sharlarda esa araukariyadoshlar (Araukariaceae) va podokarpdoshlar (Podocarraseaye)ga taalluqli turlar uchraydi. Turiningko‘pligijihatidanbuoila ninabarglilar orasida engkattasihisoblanib, ularning 560 dan ortiq turi ma’lum. Nina bargli o‘simliklar uchlamchi davrda ham yer yuzida keng tarqalgan. Ular 10 ta oilaga bo‘linib, uchtasi (Lebaxiyadoshlar – Lebachiaceae, Voltsiyadoshlar – Voltzriaceae va Xeyrolepidadoshlar – Cheirolepidiaceae) qadimiy, oddiy tuzilishli, yo‘qolib ketgan. Hozirgi paytda faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan 7 oila vakillari hozir yer yuzining turli joylarida yovvoyi holda keng tarqalgan. Shulardan 3 tasi – Zarnabdoshlar (Taxaceae), Qarag‘aydoshlar (Pinaceae), Sarvdoshlar (Cupressaceae). Biz quyida ular to‘g‘risida batafsil fikr yuritamiz. Podokarpdoshlar (Podocarpaceae) oilasi. Oilaning vakillari asosan janubiy yarim sharlarda, tropik va qisman subtropik iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Uning 9 turkumi va 130 turi ma’lum. Muhim qurilish materiallari olinadigan daraxt hisoblanadi. Janubiy Afrikada faqat bir turi (P. macrophylla)dan manzarali o‘simlik sifatida foydalaniladi. Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va JanubiyAmerikada tarqalgan, uning faqatmevali zarnab (T. bacata) turiToshkentda madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir. Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi. Uning balandligi 25 metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi, har qanday sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator, uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan, Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q. Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘ qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga o‘xshash yumshoq. Shuning uchun ham mevali zardob deb yuritiladi. Yetilgan urug‘i ko‘pincha och qizil, yumshoq shirali. Tarkibida zaharli alkaloid bor. Zarnabning yog‘ochi qattiq, chirimaydigan bo‘lganligi tufayli, juda qimmatli hisoblanadi. zarnab turkuminiig 10 ga yaqin turi O‘rta yer dengizi atroflarida xususan uning janubiy qismida Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling