2 I. Bob. Qarag'aytoifa o'simliklar bo'limi


Download 1,44 Mb.
bet3/9
Sana21.06.2023
Hajmi1,44 Mb.
#1642396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
QARAG\' AYTOIFA

Qarag‘aydoshlar oilasi Pinaceae
Qarag‘aydoshlar turlarning soniga ko‘ra eng katta oila hisoblanadi. Uning 10 ga yaqin turkumga mansub 250 dan ortiq turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida keng tarqalgan. Xo‘jalik ahamiyati jihatidan ochiq urug‘li o‘simliklar ichida to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Poyasida yillik halqalar aniq ko‘rinadi, traxeoidlarining radial devorida hoshiyali tuynuklar bor. Aksariyat qismi bir uyli, qubbalilari bir jinsli. Changchi qubbalari to‘q sariq yoki qizil rangli. Changdonning ostki tomonida mikrosporangiylar ikkitadan joylashgan. Changida maxsus havo bo‘shliqlari bor.
Urug‘chi qubba markazidan o‘tadigan ustunchaning urug‘ qipiqlari qoplag‘ich qipiqlari qo‘ltig‘ida, uning ust tomonida esa ikkitadan urug‘murtak joylashgan. Urug‘i ko‘pincha qanotli, ayrim turlarida urug‘ kanotsiz likopcha shaklida.
Igna barglilar juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Xalqning yog‘ochga bo‘lgan talabini deyarli hammasi shular hisobidan qondiriladi. Qurilish ehtiyojlari, yoqilg‘i, qog‘oz materiallari, uy anjomlari uchun ishlatiladigan asbob-uskunalar tayyorlashda ishlatilishidan tashqari, ulardan smola (yelim) terpentin, kanifol, skipidar, glyukozidlar va yog‘och spirti olishda foydalaniladi. Ayrim turlarining urug‘i oziq-ovqat uchun va moy olishda ham ishlatiladi.
Qarag‘aylar turkumi Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy yarim sharlarning o‘rta iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Subtropik iqlimli mintaqada qarag‘ay turlari asosan tog‘li o‘lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari tropik o‘lkalarda ham o‘sadi. Qarag‘ay o‘z arealida sof va qisman aralash o‘rmonlar



Zarnabdoshlar (Taxaceae) oilasining 20 ga yaqin turi Sharqiy Osiyo va JanubiyAmerikada tarqalgan, uning faqatmevali zarnab (T. bacata) turiToshkentda madaniy holda o‘stiriladi. Bu G‘arbiy Yevropa va Osiyoning relikt o‘simligidir.
Zarnab mevali o‘simliklardan hisoblanib, uzoq umr (2-3 ming yil) ko‘radi. Uning balandligi 25 metrga boradi, yog‘ochi uzoq vaqt saqlanadi, har qanday sharoitga ham chiday oladi va soyaga bardoshli. Qubbasi navbatlashgan, ikki qator, uchi o‘tkir, to‘q yashil rangli. Zarnab ikki va bir uyli o‘simlik. Barg qo‘ltig‘ida joylashgan erkak qubbalari qalqonsimon mikrosporofillar to‘plamidan shakllangan, Changchisida havo kamerasi bo‘lmaydi, urug‘chi qubbasida urug‘ pardasi yo‘q. Megasporangiylar bittadan uchki novdalarning qo‘ltig‘ida joylashgan bo‘lib, urug‘ qipiqlari cheti bilan birlashib tovoqcha shaklini olgan. Urug‘ning sirti mevaga o‘xshash yumshoq.
hosil qiladi. Qarag‘ay doimiy yashil daraxt. Yosh qarag‘ay daraxti piramida, keksayganlari esa aylana yoki ko‘pincha soyabon shaklida bo‘ladi.
Poyasida yelim yo‘llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3-6 yilga qadar umr ko‘radi. Changchi qubbalari yillik novdalar tubida g‘uj bo‘lib joylashgan. Uning ustunchasiga mikrosporofillar qisqa band bilan birlashadi. Mikrosporofilning ost tomonida ikkita mikroslorangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig‘i mavjud.
Urug‘chiqubbalar novdalarininguchidan o‘rin olgan. Yetilgan qubbalarning urug‘ qipiqlari yog‘ochlangan va bir-biriga zich bo‘lib joylashgan. Urug‘ qipiqlarining ust tomonida ikkitadan urug‘murtagi bor. Urug‘i qanotli. Mazkur turkumning, oddiy qarag‘ay (P. silvestris) va Sibir qarag‘ayi (P. sibirica) singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag‘ay, uning areali juda keng, butun o‘rta va shimoliy Yevropadan shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda ko‘pincha tog‘li zonalarda, qumloq va daryo
sohillarida, botqoqliklarda o‘rmon hosil qilgan holda o‘sadi. Oddiy qarag‘ay yorug‘sevar. Uning poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m. A – qubbali novda; B – mikros- Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo‘ng‘ir.
porofil yon va tashqi tomondan, Qubbalari qisqargan novdalarda
D – o‘ng tomondan: qoplovchi ikkitadan joylashgan, ko‘kimtir, novdada uch
kipikcha, uning yon tomonida urug‘ yilga qadar saqldanadi.
. Urug‘i yordamida ko‘payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar
ko‘rinadi, E – ikki urug‘li pishgan to‘plamidan shakllangan (98-rasm). qubba, F – urug‘ning eniga kesimi. Mikrosporofillari ko‘pincha qalqonsimon yoki qipiqsimon shaklda bo‘lib, uning ostida 2 yoki
undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo‘ladi. Chang xaltasi yopiq urug‘li o‘simliklarning changdoniga o‘xshash bo‘lib, xaltaning sirt qismi, undan so‘ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va, nihoyat, arxesporiy joylashgan. Arxesporiy hujayralarining reduksion bo‘linishi natijasida son-sanoqsiz gaploid miksporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina (sirtqi) va intina (ichki) dan iborat po‘st bilan qoplangan. Ayrim hollarda bu ikki qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to‘la bo‘shliq ham bo‘ladi. Mikrosporaning bo‘linishi natijasida chang shakllanadi. O‘sayotgan changning vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa changniig o‘sishi davomida chang nayi shakllanadi.
Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o‘q mavjud. Bu o‘q atrofida yopqich qipiqlar, qo‘ltig‘ida urug‘ qipig‘i joylashgan, shu urug‘ qipiqlarining ust tomonida megasporangiy – urug‘murtak joylashgan bo‘ladi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling