2 I. Nomoddiy aktivlar harakati bilan bog‘liq muomalalar auditi
Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi
Download 396.41 Kb.
|
Audit kurs ishi BRA 52 Sodiqov.S (2) Oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi
- 1.1-chizma "Nou-xau 3 "
- Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish
Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi - odatda nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona faoliyatida bir yildan uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan (foydalaniladigan) va shu davr mobaynida egalariga huquq va ustunliklar beradigan aktivlar kiritiladi.
Nomoddiy aktivlar tarkibi turlicha bo`lib, ular bir qator belgilari bo`yicha tarkibiy qismlarga ajratilib o`rganiladi: identifikatsiyalash, sotib olish, kutilayotgan ustunliklar berish davri, korxonadan ajralishi va boshqalar bo`yicha turkumlanishi mumkin.( 9.1-chizma) Nomoddiy aktivlarning turkumlanishini izohlashdan oldin korxona no-moddiy aktivlari va ularni tavsifi bilan tanishib chiqaylik. Korxona nomod-diy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, litsenziya, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar, nou-xau, franchayzing va gudvill. Patent -huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi - yer maydonlari, tabiiy resurslarni qazib olish maydonlari va ushbu maydonlar haqidagi geologik va boshqa axborotlarga egalik qilish huquqidir. Inson yoki iqtisodiy omillariga boğliq Birgalikda sotib olingan Idеntifika siyalanmaydigan Alohida mulk bilan birga bеriladigan 1.1-chizma "Nou-xau3" - texnik tashkil qilish, hizmat ko`rsatish va tijorat xususiyatiga ega axborot bo`lib, u boshqa shaxslarga noma`lumligi sababli, haqiqiy yoki poten-tsial tijorat qiymatiga ega bo`ladi. Qonuniy asoslarga ko`ra, axborotlarga erishib bo`lmaydi va bu axborotga ega bo`lgan shaxs uning sirliligini ta`minlashga mas`ul-dir. Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish - bu ishlab chiqarilgan buyumning shakli, namunasi yoki bezaklariga nisbatan berilgan patentga o`xshashdir. Sanoat namunasini ro`yxatdan o`tkazishda tashqi ko`rinish himoya vositasining vazifasini bajarsa, patent xizmat ko`rsatishni himoya kila oladi. Masalan, kompaniya terminalining yangi dizaynni ruyxatdan o`tkazish bilan himoyalanadi. Kompьyuter esa patent bilan himoyalanadi. Sanoat namunasining patentga ega bo`lishi zarurligi uning o`ziga xosligi va sanoatda qo`llanila olishligidir. Sanoat namunasiga patent 10 yilga beriladi va yana 5 yil muddatga o`zaytirilishi mumkin. Patent huquqi bilan himoyalanadigan ob`ektlar ishlatilishining asosiy ko`rinishi-bu huquqlarning litsenzion shartnomalar asosida amal qilishi va ob`ektning korxona ustav kapitaliga ulush sifatida qo`shilishidir. Litsenzion shartnoma oldi-sotdi yoki ijara shartnomalaridan farq qiladi. Chunki patent egasi litsenzion shartnoma orqali kashfiyotni o`zini emas, balki uning ishlatish huquqini berdi. Patent egasi kashfiyotni ishlatish huquqini uchinchi shaxslarning keng davrasiga topshirishi va o`zi ham kashfiyotni ishlatishi mumkin. Download 396.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling