2. "Iliada" dostoni 15700 misradan iborat juda katta asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbosining soniga qarab, poemani 24 bobga qoʼshiqqa boʼlganlar


Download 115.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi115.5 Kb.
#240946
Bog'liq
12. 13


2. “Iliada” dostoni 15700 misradan iborat juda katta asar. Qadimgi olimlar, yunon alifbosining soniga qarab, poemani 24 bobga – qoʼshiqqa boʼlganlar.Аsar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, oʼz dostonining bosh mavzui–Аxill gʼazablarini kuylashda undan madad tilaydi.Poemaning birinchi qoʼshigʼi shu gʼazabning sabablariga bagʼishlangan.

3. “Iliada” dostonida asosan Yunon-Troya urushidagi kichik bir voqeagina bayon etiladi va ana shu yagona voqea atrofida mazkur urushning baʼzi hodisalariga yoʼl-yoʼlakay toʼxtalib oʼtiladi. Аsar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, oʼz dostonining bosh mavzui–Аxill gʼazablarini kuylashda undan madad tilaydi.Poemaning birinchi qoʼshigʼi shu gʼazabning sabablariga bagʼishlangan.

Oʼn yil boʼladiki, Troya urushi hali bir tomonli boʼlgan emas. Shu davr ichida Ilion aholisi yunonlarga qarshi jiddiy kurashga otlanishdan choʼchib, faqat mudofaa yoʼli bilan oʼzini himoya qilib keladi, chunki yunon lashkarlari orasida Fessaliya podshohi Peley va 18 uning xotini – dengiz maʼbudasi Fetidaning oʼgʼli Аxill ham bor. Yunon pahlavonlaridan birontasi bahodirlikda Аxill bilan tenglasha olmaydi. “Iliada” poemasida muallifning butun diqqati asarning bosh qahramoni Аxillning gʼazabiga qaratilgan boʼlib, qolgan voqealar ana shu mashʼum gʼazab bilan bogʼliq holda tasvir etiladi. Shu bilan birga oʼn yil mobaynida boʼlib oʼtgan voqealar faqat ellik kun ichiga sigʼdirilgan. Tinglovchi va kitobxondagi taassurotning toʼla boʼlishi uchun asar davomida muallif yoʼl-yoʼlakay chekinishlar yasab, turli-tuman hodisalar bilan asosiy voqeani toʼldirib boradi.

4. Hinduizmda Ramanayaṇa qadimgi sanskrit dostoni shoir Valmikiga tegishli bo'lib, hind kanonining muhim qismidir.  Ramanayaṇa  - Roma (Epiks qahramoni) va ayana ("borish, olg'a siljish" degan ma'noni anglatadi), shuning uchun "sayohatlarga" tarjima qilinadi Roma." 24000 oyatdan iborat, etti kantosda va shahzoda Rama Ayodxyaning rafiqasi, uning xotini Sita Lanka qiroli Rovana tomonidan jin tomonidan o'g'irlab ketilgani haqida hikoya qiladi.



Qadimgi Hindistonga oid eng muhim adabiy asarlardan biri bo'lgan Ramayana Hindiston yarim orolidagi sadoqat, san'at va madaniyatga chuqur ta'sir ko'rsatdi. Ramana keyinchalik Sanskrit she'riyatiga, birinchi navbatda Sloka hisoblagichining o'rnatilishi orqali ham muhim ta'sir ko'rsatdi. Uning epik amakivachchasi Mahabhatarata singari, Romayana oddiy voqea emas. Unda qadimgi hindistonlik adiblarning ta'limotlari bor va ularni rivoyat shaklida bayon etgan. Rama, Sita, Lakshmana, Bharata, Hanuman va Rovana (asarning qahramoni) qahramonlari Hindistonning madaniy ongida juda muhimdir. Rama qissasi turli tillardagi ko'plab keyingi adabiyotlarni ham ilhomlantirgan, shular qatorida XVI asr hind shoiri Tulsidas va XIII asr tamil shoiri Kambarning asarlari ham bor. Ramayana ta'siri Hindistondan tashqarida ham tarqaldi. VIII asrdan boshlab, Hindiston tomonidan Janubi-Sharqiy Osiyoni mustamlaka qilish boshlandi. Xmer, Majapaxitlar, Sailendras, Champas va Shri Vijaya kabi bir qancha yirik imperiyalar barpo etildi. Natijada, Ramayana Janubi-Sharqiy Osiyoda mashhur bo'lib, matn, ma'bad arxitekturasi va ishlashida, ayniqsa Indoneziyada (Java, Sumatra va Borneo), Tailand, Kambodja, Malayziya, Vetnam va Laosda namoyon bo'ldi.

5. “Alpomish” dostonida oʻxshatishlar benihoyat koʻp boʻlgani bilan, ularning hammasi obyektning oʻzgarmaydigan doimiy andazasi boʻlib qolgan. Chunonchi mardi maydonlarning jasorat va gʻayratlari muttasil ajdaho, sher, yoʻlbars, qoplon, ayiqlarga taqqoslanadi; otlarning yugurishi– qushlarning uchishiga, yashin va shamol tezligiga oʻxshatiladi; qizlarning jamoli madhi uchun muqoyasa qilinadigan obyektlar hamma vaqt bir xil shaklda boʻladi: ularning tishlari gavhar, durga; qoshlari – yoyga; jamollari – oyga; oʻzlari– xur, gul, bulbulga oʻxshatiladi. Shunisi qiziqki, ayollarga nisbat berib ishlatiladigan oʻxshatishlar erkaklarga nisbatan ham oʻzgartirilmasdan aynan qoʻllaniladi. “Alpomish” dostonidagi epitetlar ham xuddi Homer poemalarida boʻlgani kabi turgʻun va doimiydir. Masalan, Barchinoy muttasil “gajakdor”, “zulfakdor”, Alpomish “davlatli shunqor”, Qorajon “nomdor” deb sifatlanadi. Homer poemalari bilan “Alpomish” dostoni oʻrtasida faqat badiiy vositalarning yaqinligi jihatidangina emas, hatto mazmunning oʻxshashligi jihatidan ham mushtaraklik bor. Oʻzbek xalq dostonining qahramoni Alpomish ham xuddi Odissey singari dushmandan qasos olish niyatida uzoq safarga ketadi. Gʻanimlar makriga uchrab, yetti yil zindonda azob chekadi. Alpomishning bunchalik bedarak ketishi sababli ota yurtidagi qarindosh-urugʻlari uni oʻlgan gumon qilib, koʻp musibat chekadilar. Oʻgay ukasi Ultantoz Alpomishning taxtini egallab olib, ota-onasi, xotini, oʻgʻli, singlisi va boshqa vafodor yaqin kishilari boshiga koʻp kulfat soladi; hatto Alpomishning rafiqasi Barchinoyni zoʻrlab oʻziga xotinlikka olmoqchi boʻladi, mabodo Barchin rozi boʻlmasa, uning yetti yashar oʻgʻli Yodgorni oʻldirmoqchiligini aytadi. Barchinning kechayu kunduz fikri xayoli sevikli eri Alpomishda, koʻz ochib koʻrganining oʻlganiga u aslo ishonmaydi, sogʻ-salomat qaytib kelishiga shubha qilmaydi. Barchin ham xuddi Penelopa singari turli bahonalar bilan toʻy kunlarini orqaga surib keladi; nihoyat, noilojlikdan yakkayu yolgʻiz bolasi tufayli Ultantozga tegishga rozi boʻladi. Maqsadiga erishgan Ultantoz behad-behisob mollarni soʻyib, qator-qator qozon qurdirib, butun elni aytib haddan tashqari katta toʻy boshlaydi. Xuddi shu toʻy kuni Alpomish ham yunon qahramoni singari eson-omon oʻz yurtiga qaytib keladi. Toʻy boʻlayotganini eshitib Alpomish ham Odissey kabi birmuncha ehtiyotkorlik choralarini koʻradi: oʻzining kimligini hatto ota-onasi, xotini, oʻgʻli, singlisidan ham yashirib, yolgʻiz yilqiboqari Qultoyni siridan voqif qiladi va shu sodiq xizmatkori qiyofasida toʻyxonaga keladi, har tomonga kishi bilmas nazar tashlab, kimlarning sotqinlik qilib yangi bek tomoniga oʻtib ketganini, kimlarning oʻziga sodiq qolganini, urugʻlariga Ultantozning qanday zulmlar oʻtkazganini biladi. Shu orada toʻyxona ahli orasida yoyandozlik boshlanadi, bu yigʻinga yigʻilgan yoylarning hammasi Alpomishning qoʻlida sinib ketganidan keyin, Qultoy suratidagi Alpomishning iltimosi bilan uning Arpali koʻlda ajriqlar orasida qolib ketgan oʻn toʻrt botmon birich (bronza) yoyini olib keladilar. Hech qanday odam bolasi yerdan uzolmaydigan yoyni Alpomish dast koʻtarib, kattakon chinor daraxtiga oʻq uzadi. Bu pahlavonlikni koʻrgan toʻyxonadigalarda yoyandozchining Alpomish ekanligiga aslo shubha qolmaydi. Shundan keyin Alpomish oʻzini tanitadi, sevgan yori, bolasi, ota-onasi, urugʻ-aymoqlari, doʻst-birodarlari bilan topishadi, dushmanlarining jazosini berib, yurtda osoyishtalik oʻrnatadi.

Homer asarlarini “Alpomish” dostoniga muqoyasa qilish, Oʻrta Osiyo xalqlarining qahramonnomasi “Iliada” hamda “Odisseya” poemalarining bevosita taʼsiri ostida maydonga kelgandir, degan fikrni bildirmaydi. Bu asarlar oʻrtasidagi yaqinliklarni faqatgina Yunoniston va Oʻrta Osiyodagi ijtimoiy hayotning maʼlum tarixiy sharoitlarda bir-biriga yaqin boʻlganligi bilan izohlash mumkin, xolos. Maʼlumki, “Iliada” va “Odisseya” poemalarida qabilachilikdan quldorlik tuzumiga oʻtish payti tasvirlangan boʻlsa, “Alpomish” dostonida qabilachilik tuzumining yemirilishi va feodalizm tartiblarining vujudga kelish davrlari haqida hikoya qilinadi. Binobarin, shu paytdagi ikkala xalqning hayot tarzi, ularning tushunchasi, turmushda ishlatiladigan qurol-asboblari, deyarli oʻxshash boʻlgan “Odisseya” bilan “Alpomish” oʻrtalaridagi baʼzi mazmun yaqinliklari, masalan, ikkala dostondagi qahramonlarning safardan qaytib, boshqa bir kimsa qiyofasida uylariga kelishlari va kamonbozlik vaqtida dushmanlaridan qasos olib, rafiqalari bilan topishishlari masalasiga kelsak, bu mavzu, yaʼni erning oʻz xotini yoki mahbubasining toʻyi ustiga kelib qolishi – jahon xalqlari ogʻzaki adabiyotida benihoyat koʻp uchraydigan umumiy bir holat boʻlgan; uslubdagi oʻxshashliklar esa ming-ming yillar davom etgan dostonchilik anʼanalarining ifodasi, bu asarlarning xalq ogʻzaki adabiyoti zaminida yetilganligi alomatidir.

6. Dante va Sharq adabiyoti namoyondalari ijodidagi mushtaraklik, parallelizmlar o'zbek mumtoz adabiyoti misolida ham o'zining yorqin ifodasini topgan. Ulug' italyan shoiri «Xalq jonli tili haqida» risolasini yozgan va oradan yuz ellik yil o'tib, Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarini (1499) yaratgan davrda ularni chuqur o'yga toldirgan muammolarning hayratlanarli o'xshashligi danteshunoslar va italьyan tili tarixchilarini qiziqtirib keladi. Ulug' o'zbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy o'z ona tilining madaniy ahamiyati, uning adabiy til bo'lishga haqli ekanligi masalasini ilk bor ko'tarib chiqdi va o'z asarlari bilan buni isbotladi. Shu o'rinda akademik adib Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning bu xususdagi qimmatli so'zlarini keltirish joiz: «O'zbek tilini adabiy til sifatida tasdiqlash, uning boyligini, ifodaliligini ko'rsatish uchun bu tilda katta adabiyot yaratish, badiiy darajasi bo'yicha mashhur Eron shoirlarining buyuk asarlari bilan tenglasha biladigan asarlar yaratish kerak edi... Buni Alisher Navoiy bajardi – u ona tilida qudratli talantini namoyon etdi. Navoiy buyuk ijodiy hamla bilan ishlab, fikrning chuqurligi va badiiy shaklning go'zalligi bilan shoyon hayrat asarlar yozib, ona tili va adabiyotining muazzam haykalini yaratdi». Dante o'zining bir qator risolalari, eng asosiysi, beqiyos «Ilohiy komediya» poemasi bilan italyan tilining tarkib topishiga qanchalik muhim hissa qo'shgan bo'lsa, Navoiy ham o'z ona tilini himoya qilib chiqib, uning yagona she'riy til hisoblangan forsiy til oldidagi afzalliklarini shunchalik amalda isbotlab berdi. Shuningdek, Navoiy zamonaviy ilmiy tilda aytganda, eski o'zbek tilining leksik boyligi, uning grammatik shakllarining moslashuvchanligi, stilistik imkoniyatlari, poetik ifodaliligini ochib berdi. Shoirning «Muhokamat ul-lug'atayn» asari ona tilida ijod qiluvchi shoirlarga xuddi vasiyat kabi meros qolganidek, Dantening «Xalq jonli tili haqida» lingvistik risolasi ham italyan shoirlari uchun shunday ahamiyat kasb etdi. Hazratga ko'ra, agar inson oshiq bo'lsa, oshiqlik keng ma'noda, ya'ni Yaratganga oshiqlikkacha uning ruhi pok bo'lib, o'zi qalbi pok ruhlar bilan topishadi, birlashadi, ya'ni rohatda yashaydi. Nopok vujud esa hatto o'z ruhini tutib turolmaydi.Bu borada ham Alisher Navoiy buyuk Dante bilan ham fikr. «Layli va Majnun» dostonida asosiy voqea tugagach «Ey ishq…» deya boshlanuvchi bob mavjudki, uning har bir satri «Ilohiy komediya»ning xotimasini quvvatlab-kuchlantirib turgandek tuyuladi. Har ikki buyuk adib ijodidagi bunday mushtaraklik Uyg'onish davri namoyandalari ijodidagi yaqinliklarga yana bir misol bo'la oladi.

7. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur oʻrganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Saʼdiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulugʻbek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote “Magʻribu mashriq devoni”ni (1814-19) Sharq sheʼriyatidan ilhomlanib yozgan. Devon “Mugʻanniynoma”, “Hofiznoma”, “Ishqnoma”, “Tafriqnoma”, “Ranjnoma”, “Hikmatnoma”, “Zulayhonoma”, “Temurnoma”, “Soqiynoma”, “Matalnoma”, “Forsiynoma”, “Xuldnoma” kabi 12 boʻlimdan iborat. Devonda “bulbul”, “hur”, “fatvo”, “mugʻanniy”, “mufti”, “tilsim”, “mirzo”, “darvesh” kabi soʻzlarni asliyatda qoʻllaydi.

Gyotening “Faust” fojiasi (1768-1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi boʻldi.Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.

Gyote hikmatlari

Oʻgʻrilar orasida eng xavflisi – ahmoqlar. Ular vaqtingni oʻgʻirlagani kamdek, kayfiyatingni ham buzadi.

Chiroq yongan joyda yogʻ dogʻi, sham yongan joyda mum soʻxtasi qoladi; faqat osmon yoritqichlarigina sof, beqoldiq nur sochadi.

Doʻstni aldagandan koʻra unga aldangan yaxshiroq.

Qayoqqa ketayotganini bilmagan odam uzoqqa bora olmaydi.

Agar maymunlar zerika boshlaganda edi, allaqachon odamga aylangan boʻlardi.

Mehnat ahli dunyoni qoʻl bilan, ilm ahli esa miya bilan boshqarishga intiladi. Bunga kim qanchalik erishayapti – har kimning oʻziga havola

“Behishtnoma” buyuk olmon adibi Yohan Volfgang Gyotening “Magʻribu Mashriq devoni” dagi soʻnggi oʻn ikkinchi bobdir. Maʼlumki, Gyote Sharq adabiyoti, madaniyati, falsafasi, jumladan, Qurʼoni karim va Hadisi sharifni chuqur oʻrganib, oʻzlashtirib oʻz “Devon” ini (1814- 1820) yaratdi. Bu “Devon” Sharqu Gʻarb adabiyotining sintezi (I. Braginskiy), Magʻribning Mashriqqa salomi (Hayne), olmon mutafakkirining Sharqqa boʻlgan ulkan ehtiromi, ixlosi nishonasidir.

Gyote qoʻlyozmalari ichida arab imlosida bitilgan shoirning oʻz dastxati bor. Unda “Bismillahir-rohmanir-rohiym”, “Alloh”, “Muhammad”, shuningdek, “An-nos” surasining toʻliq matni mavjud. Bu tabarruk dastxat Olmoniyada eʼzozlanib saqlanmoqda. Qurʼoni karimda jannat haqida xabar beriladi: “Ayting (Ey Muhammad): Sizlarga bulardan yaxshiroq narsa haqida xabar beraymi? Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan, taglaridan daryolar oqib turguvchi bogʻlar, pokiza juftlar va Allohning rizoligi bor. Alloh: «Parvardigoro, bizlar senga iymon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni magʻfirat ayla va bizni jahannam azobidan asra!” deydigan sabr-qanoatli, iymonlariga sodiq, ibodat-itoatli, ehsonli boʻlgan va saharlarda Allohdan magʻfirat tilaydigan bandalarini koʻrib turguvchidir». (“Ol-i Imron” surasi, 15- 16-17-oyatlar. “Sharq yulduzi”, 1990 yil, 5-son. Alouddin Mansur tarjimasi. Bundan keyin istifoda qilinadigan Qurʼon tarjimalari ham shu muallifnikidir)

Jannat haqida berilgan bunday xabarlar boshqa suralardagi oyatlarda ham bor. Gyote “Behishtnoma” si yuqoridagi oyatlar va shunga oʻxshash boshqa oyatlar taʼsirida yozilgan.

8. Volter , Russo va jadid ma’rifatparvarlari asarlarining qiyosiy tahlili.

Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati va uning g'oyaviy merosida mustaqillik, milliy-vatanparvarlik g'oyalari umumbashariy demokratik qadriyatlar bilan yo'g'rilgan edi. Shuningdek, mustaqillik mafkurasining eng ezgu g'oya va qadriyatlari nuqtai nazaridan, umuminsoniy orzular, ijtimoiy adolat va tenglik jamiyatiga qarab borish uchun harakat qildilar. Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon kabi jadidchilik salaflarida milliy mustaqillik va umumbashariy demokratik qadriyatlar uchun kurashi juda izchil, faol yo'nalishda bo'lgan. Shuning uchun ular foje'iy taqdir topishgan.

«Ulug' Turkiston» (1917.12.06)da e'lon qilingan «Bayoni haqiqat» maqolasida Behbudiy: «Bilmoq kerakki, haq olinur, berilmaydur. Har bir millat va mamlakat xalqi o'zining huquqi, dini va siyosatini harakat, ittifoq ila boshqalardan oladi... Biz musulmonlar, xususan, Turkiston musulmonlari istaymizki, hech bir kishi bizning din va millatimizga zulm va tahdid qilmasun va bizni ham boshqalarga tahdid qilmoqqa fikr va niyatimiz yo'q. Zotan, dinimizda munga mone'dir» - deb, yozgan edi. Jadidlar erk va ozodlik uchun, millatning porloq kelajagi uchun yelib yugurdilar. Abdurauf Fitrat esa o'zining «Sayyohi hind», «Rahbari najot» kabi asarlarida (Istambul 1913, 1915) milliy istiqlol Ovrupocha ma'rifat, ilm-fan, texnika taraqqiyoti, demokratik huquqiy erkinliklar, inson sha'nini yuksak tutish, muhofaza qilish kafolatlari orqali qo'lga kiritilishini dasturiy tarzda har tomonlama asoslab bergan. Abdurauf Fitrat zamonaviylashish, milliylashish va demokratlashish borasida ishtirokiyunchilarga xos bir tomonlamalik va insoniyat sha'niga qarshi yo'nalishni chetlab o'ta olgan. Aynan Behbudiy va Fitratning fikr – mulozalari Volter va Russo fikrlari bilan aynan bir xil. Fransuz ma’rifatchiligida yuqori o’rin egallagan bu arboblar ham demokratiya uchun kurashganlar. Insonlarning tenng huquqli bo’lishini, mulkiy tabaqalanshga chek qo’yilishini , hamma erkin fikrli bo’lishini istaganlar.

Volterning fransuz jamiyatining ma'naviy hayotidagi o'rni beqiyosdir, u zamondoshlari orasida o'z qarashlari bilan ajralib turgan. Voliter haqiqatan ham yuksak madaniyatli, qiziqish doirasi keng inson edi. U faqatgina falsafa bilan emas, balki psixologiya, jurnalistika, adabiyot kabi sohalarda faoliyat ko'rsatdi. U umrining oxiriga qadar klerikalizmga, diniy jazava va mugassiblikka qarshi kurashib keldi. Ana shu yo'nalishda Voliter o'sha zamon yevropa ma'naviy hayotida dunyoviy g'oyalarning tarqalishiga va mustahkamlanishiga xizmat qildi. Voliter ijodi o'zining xalqchilligi, tilining ommaga yaqinligi, g'oyalarining nihoyatda tushunarliligi bilan ajralib turadi. Volter asarlarini xalq tilida yaratdi. Xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi. O’z asarlari bilan xalqni ma’rifatparvar qilishga urindi.

Jan Jak Russo (1712-1778) esa eng past tabaqadan chiqqan mashhur mutafakkirdir. O’z asarlariga insonparvlik g’oyalarini singdiradi. Hammani ma’rifatga, teng huquqli bo’lishga chorlaydi. Bugungi fan – texnika svilizatsiyasini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning ta'kidlashicha, hozirgi zamon sivilizasiyasi tengsizlik sivilizasiyasidir, ilm-fanning ravnaqi inson xulq-atvorini barkamol etishga xizmat qilmadi. Ilm – fan yutuqlari bilan birga inson xulqi hamda huquqlari ham qaror topishini ta’kidladi.

Turkiston jadidlari va yevropa ma’rifatparvarlari asarlarini qiyosiy tahlil qilsak, ularnig aynan bir xil g’oyani ilgari surayotganliklariga guvoh bo’lamiz. Ular xalqni ilm – ziyoga yetqazish, erkin va farovon hayot sari boshlash, ilm – fan yutuqlaridan ortda qolmaslik, shu bilan birga inson axloqini ham yaxshilash masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. Mamlakatda demokratiya hukm suradigan, omma o’z fikrini erkin bayon qiladigan, tutqunlikdan ozod bo’lgan , hamma teng huquqli bo’lgan jamiyat yaratishga harakat qilishgan. Amma ularning taqdiri ayanchli yakun topdi.

9. A. Qodiriyning adabiy – estetik qarashlari haqida qanday fikrdasiz? A. Qodiriyning yetib kelmagan asari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? A. Qodiriy jahon nasrining qaysi buyuk namoyondasi ijodidan ta’sirlangan?

Qodiriyning adabiyot maydoniga kirib kelishi 1912 - yilda oʻz davrining yirik savdogar, fuqaroparvar kishisi Rasulmuhammadboy qoʻlida ish yurituvchi boʻlib xizmat qilgan yillarga toʻgʻri keladi. Ishlash jarayonida Qodiriy bu xonadondagi gazeta va jurnallar bilan tanishuv imkoniga ega boʻladi. Bu, oʻz navbatida, uni butunlay yangi olam bilan bogʻladi. Bu vaqtda Qodirmuhammadbobo ancha keksayib, roʻzgʻor yuki bolalarga qolib, aynan tirikchilik tashvishi yozuvchini bu xonadonga yetaklagan edi. Rasulmuhammadboy ancha eʼtiborli, ochiqkoʻngil, kambagʻaldan chiqqan diyonatli boylardan boʻlib, oʻz davri ziyolilari bilan yaqin aloqada boʻlgan. Abdullaning zehni, farosati millatparvar boyning nazariga tushib, keyinchalik oʻziga kuyov qiladi. Abdullaning soʻz aytishga ehtiyoji ayni shu pallaga toʻgʻri keladi. Boy xonadonidagi savdogarlar, mahalliy tadbirkorlar oʻrtasidagi qizgʻin suhbatlar Qodiriy uchun bevosita axborot oqimi boʻlib xizmat qilgan. Bu haqda u yozadi: “Shu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirgʻon gazetalarni oʻqub, dunyoda gazet degan gap borligʻiga iymon keltirdim. 1913 yilda oʻzbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oyna” gazetalari chiqa boshlagʻach, menda shularga gap yozib yuborish fikri uygʻondi”. Bu davrda adib hali oʻz yoʻlini aniq belgilab olmagan, adabiyotga havas ishi deb qaragandek koʻrinsa-da, davrning adabiyot oldiga qoʻyayotgan talablarini ham hisobga olgan edi. Abdulla Qodiriy matbuotda “Toʻy”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylagʻil” kabi sheʼrlari va “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz”(1915) kabi asarlarini “tatarlarda chiqib turgʻan hikoya va roʻmonlarga taqlidan” “roʻmon” deb eʼlon qiladi. Yozuvchining bu davrda yozgan asarlarida quruq axborot ruhi ustuvor boʻlib, uslubiy jihatdan tajribasizlik sezilib tursa-da, ammo ularda oʻz qarashlarida sobit boʻlgan eʼtiqod egasini, iymoni but ulkan Ruhni his qilish qiyin emas. Keyinchalik, yozganlaridan tamoman mazmun va mohiyatda farqlanuvchi “Uloqda” (1916) hikoyasini yaratadi. Bu oʻzbek adabiyotida estetik hodisa sanalib, yozuvchining usluban yangi bosqichga koʻtarilishi barobarida, badiiy pishiqligi jihatidan avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori edi. U rus – tuzem maktabida , keyin madarasada ta’lim oladi. Yillar davomida Qodiriy shaxsi shakllandi, takomiliga yetdi va nihoyat oʻzligini topdi. Adabiyot maydoniga Qodiriy oʻzini tanigan, iymon – eʼtiqodi but, aytar soʻzi bor, niyati Haqqa bogʻlangan ruhi butun ijodkor sifatida kirib keladi.

Dastlab bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishongan yozuvchi keyinchalik vaqt oʻtishi bilan zulm saltanatining nayranglari guvohi boʻlgach, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqlik, soʻz boshqa, amal boshqa ekanligini asta-sekin anglab yetdi. Hukumatga ishongan adib ikki yoʻl oʻrtasida qoladi. Turkiston xalqlariga tiqishtirilayotgan ommaviy ongsizlik millat ertasini yoʻqqa chiqarar, javobgarlik hissi yoʻqolib itoat, mutelik xalq orasida epidemiyaga aylanib ulgurgan edi. O’z asarlarida mana shunday illatlarni real ko’rsatib berdi. Oʻzining har bir soʻzini, harakatini jiddiy mulohaza qilib doimo oʻzini nazorat qilgan.

Romanda Otabek va Kumush muhabbati orqali inson erki, muhabbat masalasi bilan bir qatorda xalq dardi, orzularini bayon qiladi. A. Qodiriy “Ba’zi izohlar ” maqolasida “O’tkan kunlar ” ni ko’proq yevropacha yoziah usulidan foydalaninb hamda arab yozuvchisi Jo'rji Zaydon ijodi ta'sirida yaratilgani qayd qilingan. Tanqidchi Sotti Husayn “O’tgan kunlar” romaniga bag'ishlangan maqolasida Jo'rji Zaydon bilan birgalikda ulug' fransuz yozuvchisi V. Gyugo nasrining ta'siri kuchli bo'lganligini alohida ta'kidlagan edi. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini yozish jarayonida Jo'rji Zaydon ijodi orqali bilvosita realistik g'arb adabiyoti an'analaridan ta'sirlanganligi ayon bo'ladi. Abdulla Qodiriy romanida realizm prinsiplari qanday tarzda namoyon bo'lganligini aniqlamoq uchun “O’tgan kunlar” ni Jo'rji Zaydonning “Xorun ar-Rashidning singlisi” asari bilan qiyoslash o'rinli hisoblanadi.

Qodiriyning “Amir Umarxonning kanizi” romani bizga yetib kelmagan , ammo yozuvchilar penumida minbarga chiqib yaqin kunlarda “Amir Umarxonning kanizi” nomli yangi romanini taqdim qilishini aytadi. Hamma gap shundaki, “xalq dushmani” sifatida ayblangan yozuvchilar otib tashlangan, hatto ularning nomlarini tilga olish, asarlarini o'qish siyosiy jinoyat deb qaralgan mudhish yillarda ular ma'lum darajada xalq xotirasidan ko'tarila boshlagan. SHu sabali bo’lsa kerak bu roman bizga yetib kelmagan.

10. Jek Londonning “Marten Iden” va A. Qahhornng “Sarob” romanidagi mushtarak va jihatlarni qiyoslang.

Amerikalik mashhur yozuvchi Jek London va o`zbek adabiyotini o`zining benazir roman, qissa va hikoyalari bilan boyitgan adib Abdulla Qahhor vaqt nuqtai nazaridan deyarli ketma-ket, ammo boshqa-boshqa ijtimoiy-siyosiy jamiyatlarda yashab, ijod qilganlar. Jek London siyosiy kurashlar avj olgan kapitalizm sharoitida, Abdulla Qahhor esa shaxs erki ham, ijodkor erki ham cheklangan sho`ro davrida faoliyat ko`rsatdi. Jek London ijodi bilan yaxshigina tanish bo`lgan Abdulla Qahhor, bizningcha, o`z romani uchun nafaqat "Martin Iden"ning syujet liniyasini, balki Jek London hayotining o`zini ham asos qilib olgan; juda bo`lmaganda, fojiali qismat egasi bo`lgan amerikalik iste'dodli adib hayoti voqealari g`ayri ixtiyoriy ravishda "Sarob"da aks etgan. Chunonchi, ijtimoiy ideallari barbod bo`lgan, mashhur yozuvchilik haqidagi orzulari puchga chiqqan Saidiy dastlab Soraxonga uylanib, oilaviy hayotda osoyish topmoqchi bo`ladi, keyin esa o`zini turmush xo`jaligiga uradi, imorat soladi. Bu Jek London hayoti voqealarini esga soladi. Jek Londonning o`ziga to`q xonadon qizi Meybl Epplegartga bo`lgan muhabbati barbod bo`lgach, sevmasdan turib Bess Maddern ismli maktab muallimasiga uylanadi. Ammo bu nikoh ham omadsiz kelib, Jek ikkinchi marta Charmian Kittredjga uylanishga majbur bo`ladi. Ammo adib har ikkala safar ham oilaviy halovatga erisha olmaydi. Birinchi oilasidan bo`lgan qizlari bilan til topishishga harakat qiladi, ammo uni na xotini, na qizlari, na opalari - hech kim tushunmas, u o`z olami bilan yakka-yolg`iz edi. U ichkilikka beriladi, sog`lig`iga putur yetadi. Keyin esa sosialistlar partiyasidan uzil-kesil chiqish haqida ariza beradi. Oxir-oqibatda esa nosog`lom tanasidagi qattiq og`riqlarga chiday olmagan, tushkunlikni yenga olmagan adib qabul qilinajak morfiyni me'yoridan oshirib, qirchillama 40 yoshida o`z hayotiga yakun yasaydi. Bularning bari Saidiy hayotining manzaralarini ko`z oldimizga keltiradi.

Har qanday ikki asarni qiyoslash ular o`rtasidagi mushtaraklik va o`ziga xoslikni aniqlashdan boshlanadi. Muayyan asarning taqlid namunasi yoki adabiy ta'sir natijasida maydonga kelgan original ijod mahsuli ekanligi mana shu yo`l bilan aniqlanadi.

Amerikalik yozuvchi Jek Londonning "Martin Iden" va o`zbek adibi Abdulla Qahhorning "Sarob" romanlari o`rtasida muayyan o`xshashliklar borligi adabiyotshunoslikda aytilgan . Adibning o`zi ham adabiy-tanqidiy maqolalari, chiqishlarida bir necha o`rinlarda Jek London ijodiga ham, "Martin Iden" romaniga ham diqqat qaratib o`tadi. Bu fakt va ma'lumotlar Abdulla Qahhorning Jek London ijodini ham, uning "Martin Iden" romanini ham yaxshi bilganligini ko`rsatadiki, bundan o`zbek adibi amerikalik yozuvchi yaratgan romandan adabiy ta'sirlangan, deyishga imkon beradi.

"Martin Iden" va "Sarob" romanlari o`rtasida bir qator mushtarakliklar ko`zga tashlanadi. Bu, eng avvalo, qahramonlarni tanlash va voqealar rivojida ko`rinadi. Har ikkala romanning ham bosh qahramonlari - ijodkor shaxslar. Ularning har ikkalasi ham kambag`al oiladan chiqqan. Abdulla Qahhor asarning boshida Saidiyning otasi oddiy temirchi bo`lganligiga ishora beradi: Ehson "Saidiy bilan do`st edi, bu do`stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. Ehsonning otasi har kuni kechqurun ko`chalaridagi chiroqlarga yog` quyib yoki ularni yoqib yurganida, albatta, Saidiyning otasini kirib o`tar, ba'zan kechalari kelib damini bosar, muvofiq ish topilsa bosqonini ham urar edi". Ajratib ko`rsatilgan jumlalar otaning temirchi bo`lganligini ko`rsatadi. Asar voqealari boshlanganda Martin ham, Saidiy ham ota-onalaridan ajralib, yetim bo`lib qolgan edilar; har ikkala qahramonning ham bu olamdagi eng yaqin kishilari - opalari edi. Saidiyning bir, Martinning ikki opasi bor edi. Tabiiy qon-qardoshlik bog`lab turgan bu opalar o`z jigariga ona singari harqancha mehribon bo`lmasin, ular Martin va Saidiyning yuksak orzu-niyatlarini anglay olmaydilar. Ruf otasi, onasi, akalaridan iborat to`laqonli badavlat oilaning erka farzandi bo`lgani singari, Munisxon ham onasi va akasining mehr-muhabbati panohida to`q, betashvish hayot kechiradi.

Har ikkala romanda ham pochcha obrazi bor. Martinning pochchasi Bernard Xigginbotam ham, Saidiyning pochchasi Muhammadrajab ham savdogarlik bilan shug`ullanadi. Ularning ikkalasi ham o`z rafiqalarini ayovsiz xo`rlaydi, bu mushfiq ayollarni inson o`rnida ko`rmaydi, uka tufayli oilada g`idi-bidi bo`lib turadi. Gertrudaning taqdiri Martinning yurak-bag`rini ezgani singari, Saidiy ham opasiga qarab qattiq iztirob chekadi. Martin ham, Saidiy ham ma'lum muddatga qo`li kaltalik sabab pochchalarinikida turishga majbur bo`ladilar. Har ikkisining ham orasi pochchasi bilan boshqalar tushunmaydigan orzu-niyatlar tufayli - Martinda adib bo`lish orzusi, Saidiyda esa o`qishga kirish niyati tufayli buziladi.

Har ikkala asar qahramonlarining hayotidagi juda muhim o`zgarish- ular ilohiy muhabbat bilan sevgan qizni uchratishlari voqeasi bilan boshlanadi. Ruf ham, Munisxon ham yuqori tabaqa vakili bo`lib, Martin uchun ham, Saidiy uchun ham qo`l yetmas yuksaklikda yashaydilar.

Voqealar har ikki romanda bir-biriga mushtarak ravishda rivojlanib boradi. Yuqori tabaqaga mansub bo`lgan boy-badavlat qizga erishish maqsadi Martin va Saidiyni ham iztirobga solib, ham ulardagi ichki kuchni uyg`otib yuboradi.

Har ikkala yigit o`z sevgilisiga munosib bo`lish, unga erishish uchun jamiyki imkoniyatlarini ishga soladilar. Martin va Ruf o`rtasidagi muhabbatni Rufning yaqinlari qabul qila olmaganlari singari, Munisxonning akasi Muxtorxon ham ikki yosh o`rtasidagi munosabatga yuzaki qaraydi, bilib turib o`zini bilmaslikka soladi. "Kalamush bilan ko`mir konida bo`ladigan halokat, mushuk bilan beda, Britaniyaning mustamlaka siyosati bilan hindistonning oq sigiri, yer magniti bilan shimoldagi "kamalak", hatto tish og`rig`i bilan ko`z og`rig`i orasida ham bir munosabat – bog`lanish bor ekaniga Salimxon ishonadi, ammo olijanob singlis Munisxon bilan jo`n bir student Saidiy orasida qanday munosabat bo`luvi mumkin ekanligi boshini qotirar edi" ( 35), - deb yozadi bu holatni tasvirlagan A.Qahhor.

Voqealarning keyingi rivoji roman mualliflarining badiiy maqsadiga ko`ra turlicha rivojlanadi. Martin kapitalizm sharoitida mumkin bo`lgani singari kutilmagan muvaffaqiyatga, katta boylikka erishadi. Saidiy esa mustabid tuzumning minglab qurbonlaridan biriga aylanadi. Yechim esa har ikki asarda o`xshash: tabiat tomonidan katta potensial kuch ato etilgan, yuksak orzu-maqsadlar bilan yashagan ikki navqiron yigit xudkushlikka yuz tutadilar.

"Martin Iden" va "Sarob"da bundan tashqari motivlararo mushtaraklik ham ko`zga tashlanadi. Binobarin, voqealar Martinning ham, Saidiyning ham o`zlari uchun yangi bo`lgan muhitga - birining o`ziga yot bo`lgan tabaqa vakillari xonadoniga, ikkinchisining universitetga qadam qo`yishi bilan boshlanadi. Rufni ham, Munisxonni ham birinchi ko`rishdayoq yigitda barq urib turgan sog`lom navqironlik o`ziga jalb qiladi; umuman, har ikkala qiz ham ijtimoiy tafovut haqida o`ylab ko`rishga ham, bu yigitlarning yuksak ma'naviy dunyosi bilan tanishishga ham ulgurmay tabiiy maylning asiri bo`lib qoladilar.

Ammo bu mushtarakliklar Abdulla Qahhor romanining original asar ekanligini rad etishga asos bo`lolmaydi. Chunki o`xshash syujetlar boshqa yozuvchilar ijodida ham uchrab turadi. Jumladan, "Anna Karenina" syujetining "Bovari xonim" romani bilan mushtarakligi L.Tolstoyning benazir romani qimmatini zarracha pasaytirmaydi. Bundan tashqari, badiiy ijod sohasida "sayyor syujetlar" degan tushuncha ham borki, bunda yozuvchi ongli ravishda tayyor syujet qoliplaridan foydalanadi.

11. Markes va yangi o’zbek nasri.

Markes 1928 yilda Kolumbiyaning shimoli-g'arbida joylashgan Arakatuka degan shaharchada dunyoga kelgan. Gabo (Gabriel) hayotida o'chmas iz qoldirgan kimsa uning bobosi iste'fodagi polkovnik Nikolos hisoblanadi. Uning hayoti aksar sahifalaridan o'z romanlarida foydalandi. «Bobom va buvim, - deb eslaydi Markes, - jinlar bilan to'lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularning har ikkisi ham irimchi bo'lib, g'aroyib tasavvurga ega bo'lganlar...».

Gabrielning otasi dorishunos bo'lib, u o'g'lining ham farmasevt bo'lishini istar edi. Gabriel esa advokatlik kasbini orzu qildi. Markes dastlabki hikoyasini 17 yoshida yozgan va 60-yillarga qadar uning asosiy kasbi jurnalistika bo'lib qoldi. Uning bu faoliyati Bogotada, «El Espektador» («Sharhchi») ro'znomasidan boshlandi. Adib yozuvchi sifatida shakllanar ekan, ko'proq Xeminguey, Kafka va ayniqsa Folikner ijodidan ko'proq bahramand bo'lgan. Yozuvchi Parijda, Venesuelada, Meksikada va Toshkentda ham bo'lgan. Asarlari; «Xosiyatsiz soat» (1961), «Katta onaning dafn etilishi», «Polkovnikka hech kim yozmaydi», «Tanholikning yuz yili» (1965-1966), «Oqsoqolning kuzi» (1975, unda Lotin Amerikasini dahshatga solgan hokimi mutlaq to'g'risidagi afsona aks ettirilgan va fosh qilingan), «Oshkora qotillik qissasi» (1981) va boshqa asarlar shular jumlasidandir.

1962 - yili Meksikada ikkinchi o'g'il — Gonsalo Garsiya tug'ildi. Markes rafiqasiga o'xshagan qiz dunyoga kelishini xohlagandi, ammo ularning boshqa farzandlari bo'lmadi. Gabriel mashinasini sotdi va xonaga qulflanib olib, o'n sakkiz oy mobaynida «Yolg'izlikning yuz yili» romanini yoza boshladi. U, hatto oilasini ham unutgan edi. Bu vaqt mobaynida ro'zg'or yuritish ishlari Mersedesga qolib ketdi. Eb-ichish, yashash, turar joy uchun ijara haqi… ahvol og'ir edi. Mersedes uy egasini kutib turishga zo'rg'a ko'ndirdi.

Nihoyat, kitob yozib bo'lindi. Ammo uni noshirga yuborish uchun 160 peso yetmasdi. Uyda 80 peso qolgandi, xolos. Mersedes qorishtirgich va fenni sotuvga qo'ydi. «Roman yaxshi yozilgan bo'lsin ishqilib», — derdi u.

1967 - yilda «adabiy zilzila»ga sabab bo'lgan mazkur asar Gabriel Garsia Markesni tirik afsonaga aylantirdi. U barchasi uchun xotinining oldida qarzdor ekanligini anglar edi. «Vabo davridagi muhabbat» romanini Mersedesga bag'ishladi.

1982 - yilda yozuvchi Nobeli mukofoti bilan taqdirlandi. Bu butun Lotin Amerikasi uchun muhim voqea edi. Jurnalistlar uyni o'rab olishdi. Er-xotin yashirincha qochib chiqib, «Chapulitepek-Prezident» mehmonxonasidan qo'nim topdilar. Ko'p o'tmay, bu erda do'stlar yig'ilishdi. Barcha-barcha Markesga maqtovlar yog'dirardi.

Mersedes uning ijod qilishi uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilardi: sifatli qog'oz, egulik va qahvaning o'z vaqtida berilishi, stol ustida sigaretaning turishi hamisha nazoratda edi. U eri haqidagi maqolalar bilan tanishar, ularni saralab chiqardi. Ba'zida esa o'g'illarini mehmon sifatida qabul qilar, ularning otasi bilan bahslashuvi va hazillashishlarini jimgina kuzatib o'tirardi.

1999 - yilda Markesga «limfatik tizim saratoni» tashxisi qo'yildi. Bungacha, 1989 - yilda unda yengil saraton kechgan va kasallik bartaraf etilgandi. Sog'ayganidan so'ng birinchi matbuot anjumanida Gabriel Garsia Markes boshqa yozmasligini ma'lum qildi: «Endi men faqat Mersedesning eriman, to'lasincha unga tegishliman».

Yozuvchi yoshi ulg'aygan sari sevgi haqida, bu tuyg'uning hayotdagi ulkan ahamiyati xususida dadil va ochiq e'tirof eta boshladi: «Men uchun shubhasiz: hayotning mazmuni, bu — muhabbatdir. Yozganda faqat muhabbat mavzu bo'lmog'i kerak. Qolgan hammasi aldamchi! Mening keyingi romanim ishq haqida, erkak va ayolning hissiyotli, telbavor, umidsiz, abadiy sevgisi haqida bo'ladi…»

«XXI asrda meni to'xtovsiz dafn eta boshlashdi, — deya zorlanib kulgandi Markes. — Televizor yoki radioni qo'yib, o'zimning ta'ziyamga guvoh bo'lardim. Gazetalarda o'qirdim: «Bugun surunkali og'ir kasallikdan so'ng yozuvchi… sovrindori…» Men nihoyatda g'azablanardim. Bora-bora oyda ikki marta bo'ladigan o'zimning o'limimga ko'nikdim. Nimayam qila olardim!»

Gabriel Garsia Markes keyingi yillarda Alisgeymer xastaligi bilan og'rigandi. Uning ukasi Xaim jurnalistlarga Gabrielning o'g'illari va ukasini tanimagan kunlari bo'lganini qayg'u ila aytib berdi. Markes faqat rafiqasini tanir edi. Ba'zi-ba'zida Mersedes u qachondir, albatta, uylanadigan qizga o'xshab ketardi…

NASR (arab.- ko'mak, zafar), proza - adabiy tur; vazn va qofiya singari she'riyatga xos unsurlarga ega bo'lmagan yozma nutq mahsuli. Evropa xalqlari adabiyotida bo'lganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham nasr yozma nutq shakli sifatida she'riyatga nisbatan kechroq paydo bo'lgan. 5-8-asrlarga oid Urxun-Enisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi nasrning eng qadimiy namunalari, deb hisoblash mumkin. She'riyatning rivojlanishi «Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) va «Hibat ul-haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10-12-asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning «Shohnoma», Abdulmuayyad Balxiyning «Gershaspnoma», Homididdin Balxiyning «Makrmati Homidiy», Saidaddin Muhammad Avfiy Buxoriyning «Javome ul-hikoyot va lavome' ur-rivoyot» («Hikoyalar to'plami va rivoyatlar yolqini») singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14 asr boshlarida Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy», Navoiyning «Mahbub-ul qulub» singari nasriy asarlari, ayniqsa, «Boburnoma»ning yaratilishi bilan o'zbek adabiyotida milliy nasrning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hozirgi tushunchadagi nasrning taraqqiyoti bevosita 20-asrlar bilan-zamonaviy adabiyotning shakllanish va rivojlanish davri bilan bog'liq. Xuddi shu davrda tom ma'nodagi o'zbek badiiy nasri yaratildi va u adabiy tur sifatida o'z shoxobchalariga ega bo'ldi. 20-asrlar boshlarida vaqtli matbuotning paydo bo'lishi, gazeta va jurnal sahifalarida Cho'lponning «Qurboni jaholat», «Do'xtir Muhammadiyor», Qodiriyning «Juvonboz», «Uloqda» singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning «Yangi saodat», S. Ayniyning «Buxoro jallodlari», «Odina» qissalari, Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanining e'lon qilinishi bilan zamonaviy realistik o'zbek nasri uzil-kesil shakllandi. Bu nasr mumtoz o'zbek adabiyotidagi nasrdan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompozisiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik voqealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga to'la rioya etib yozilganligi bilan farqlanadi.

Agar nasriy nutq yangi paydo bo'lganida, she'riy nutq singari, jimjimador va balandparvoz bo'lgan bo'lsa, 20-asrning 1-choragiga kelib, ortiqcha hashamlardan xoli bo'la boshladi, realistik tasvirning qonun-qoidalariga tobora bo'ysunib bordi. Nasrga jonli til xususiyatlari, prozaizm (maishiy turmush belgilari), dialektizm (shevachilik) unsurlari kirib keldi. Badiiy soddalik, tabiiylik, real hayotga yaqinlashish mayli nasrning asosiy mezonlariga aylandi. Shu bilan birga yozuvchilar nasrning badiiy nutq ko'rinishi ekanligini ham unutmadilar.

12. “Uliss” 1914-1921 yillarda yozilgan boʻlib, romandan parchalar 1918-1920 yillarda AQSHda “Litl rivyu” jurnalida chop etildi. Asar 700 sahifani, 260 ming soʻzni, lugʻat boyligi yaqin 30 ming soʻzdan iborat. “Uliss” zamonaviy “Odissey” sifatida oʻylangan boʻlib, uning bosh mavzusini jahongashtalik, darbadarlik tashkil etadi. Joys qahramonning harakatlarini emas, “tafakkur oqimi”ni qogʻozga tushiradi. “Uliss”da, umuman, Joys nasrida anʼanaviy syujet, kompozitsiya qurilishlari, xronologik mutanosiblik asosida hikoya qilinuvchi voqea-hodisalar silsilasi, anʼanaviy taʼsir usullarini uchratmaymiz. Aksincha, uning nasri oʻta murakkab boʻlib, bu yuksak iqtidor sohibining fikrlash tarzi, tafakkuri mevasidir.

“Uliss”dagi voqealar aniq kunda -1904 yilning 16 iyun payshanba kuni roʻy beradi.Bu kun “Ivning telegraf” gazetasi reklama boʻlimi xodimi Leopold Blumning bir kuni tarzida qayta jonlantiriladi. Roman markazida uch asosiy qahramonning –Leopold Blum, uning xotini qovoqxona qoʻshiqchisi Merion, anʼanaviy tarix muallimi Stiven Dedalusning bir kunlik hayoti, xususan, ertalab soat 8 dan tungi 3 gacha kechgan tashqi va ichki hayoti tasvirlanadi. Ularning maʼlum paytdagi holati, mashgʻuloti, uchrashuvlari tafsilotlari katta ahamiyat kasb etmaydi, yozuvchi diqqat markazida har birining ong oqimi, ichki monolog va dialoglari kiradi.

Joys “Uliss”da umuman inson hayotini aks ettirishni maqsad qilib olgan.Shuning uchun asar qahramonlari aniq shaxslar boʻlsa-da, muallif ularga universallik, umumiylik baxsh etadi.Lekin nima uchun Joys aynan 1904 yilning 16 iyunini asarga asos qilib oldi, degan savol tugʻiladi. Tadqiqotchi Richard Keynning taʼkidlashicha, shu kuni Joys boʻlajak qalligʻi Nora Barnaklga koʻngil qoʻygan edi. Onasining oʻlimi bilan bogʻliq xotiralar va qaygʻu iztiroblarga maʼlum maʼnoda shu muhabbat malham boʻlgan.

“Uliss” 18 epizoddan tashkil topgan. Mazkur epizodlar romanda uch qismga boʻlingan boʻlib, dastlabki 1-3 epizodlarni Joys “ Telemaxnoma” , 4-5 epizodlarni “Odissey” va 16-18 epizodlarni “NOSTOS” deb atagan.

Joys oʻz asarini Homerning “Odessey” asari asosiga qurgan boʻlsa-da, ushbu ikki asar orasida faqat ramziy oʻxshashlikkina mavjud. Joys kitobxon koʻz oʻngida olam va inson haqida oʻz tasavvurlari modelini yaratgan ijodkor sifatida gavdalanadi. Yozuvchi inson tabiatiga xos azaliylikni ochmoqchi boʻladi. Inson tabiatining oʻzgarmasligi Joysga Blum, Dedalus, Merionni qadimgi Rim afsonalari hamda Homer dostoni bilan taqqoslash imkonini beradi.

“Uliss”ning qurilishi mozaikani eslatadi. Joys gʻoyat sinchkovlik bilan fakt toʻplab, tabiiy aniqlik bilan yon daftarini toʻldirib borgan edi.Romanning har bir epizodi koʻplab fragmentlar yigʻindisidir.Yozuvchi kino sanʼatiga xos montaj vositasidan unumli foydalangan. Irland yozuvchisi qahramonlarning ichki monologlarini aniqlik bilan ifodalay oladi. Bunda u fikrning uzilishi va birvarakayiga turli fikrlar oqimi rivojlanishi usullaridan samarali foydalandi. Masalan, Blum magazin vitrinasi oldidan oʻtayotib ipakdan toʻqilgan mato-poplin Angliyaga gugenotlar tomonidan olib kelinganini eslaydi. Shu bilan birga uning ichki monologida parallel ravishda mavzu-Mayerberning “Gugenotlar” operasidagi xor va poplin haqidagi oʻylar: “Tarara. Ajoyib xor.Tara. Yomgʻir suvida yuvish. Meyerber.Tara bom. Bom bom”.



Umuman, Joys butun hayotini “Uliss”ni oʻqishga, oʻrganishga, anglashga sarf etadigan fidoiy oʻquvchini orzu qiladi. Chunki Joys asari murakkab , mavhum va shu bilan birga jozibador hamda sirli.Uning ijodi jahon adabiyotida abadiy hodisa sifatida tan olindi. Akademik D.S.Lixachev iborasi bilan aytganda, “Joysning maktabi boʻlmasligi mumkin, biroq uning butun dunyo madaniyati va adabiyotida tutgan maqei beqiyos”.

Toʻxtamurod Rustamning “Kapalaklar uyini” yangi tamoyildagi asar sifatida tilga tushdi. U hakida turli fikrlar bildirildi. Hatto absurd adabiyotining yaxshi namunasi deb talqin qilishdi. Roman poetikasidan ilmiy ish yozgan 3. Pardayeva: “T. Rustamning “Kapalaklar oʻyini” romanini tahlil qilar ekanmiz, absurd romanining talqin manbai absurd hayot ekanini anglaymiz. Hayot haqidagi falsafiy mushohadalarni koʻp ovozlilik, psixologik tahlil meʼyoriga yetkazdi. Romanning gʻoyaviy, badiiy mazmuni qahramon mansub absurd hayot inʼikosi sifatida namoyon boʻlganini, badal armon esa absurd qahramon sifatida shakllanganini, absurd har qanday davrda, har qanday holatda maʼnisizlik ekanini ochib berishga xizmat qiladi” .Lekin romanni oʻqigan odam hech ham bunday emasligini anglaydi. Birinchidan, absurdlik asar voqeiligida emas, yozuvchining konsepsiyasida koʻrinadi. Chunki yozuvchi hayotdagi, insonlar tabiatidagi illatlar, ulardagi nomukammallikni Nasim, Ibod, Shoshiy, Tosh ogʻa, Eshim ish, Toyib, Gulnoz, Hulkar obrazlarida aks ettirishga intilgan. Biroq ularning xatti-harakati, faoliyati tasvirda emas, shunchaki,sistemaga solinmagan bayonda berilgan. Shundan birorta obraz kishi yodida qolmaydi. Asarning annotatsiyasida: “Teran ruhiy tahlil, yuksak majoziylikka asoslangan asar”, deyiladi. Biroq amalda bu narsa koʻrinmaydi. Yuqorida sanab oʻtilgan qahramonlarning boshidan oʻtgani, ularning tabiati qaytariqlar bilan hikoya qilinadi. Toʻgʻri bular misolida ham kishilarning ongiga, ruhiga taʼsir qilsa boʻladi. Buning uchun qahramonlarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan voqeylik zamirida katta falsafiy haqiqatni, ijtimoiy muammoni singdirsa, shuningdek, qahramonlari hayotda kechayotgan nohaqliklarni, adolatsizliklarni anglab iztirobga tushsa, hayotda insonlarning insoncha yashamasligi, bunga jamiyatda imkoniyat yoʻqligining sirini anglashga intilsa, bu boradagi fikrlarni bayon qilsa, asarlar voqealari mana shunday masalaga yoʻnaltirsa yangi tamoyildagi roman sifatida oʻzini oqlardi. Soʻzsiz, yozuvchi oʻz oldiga shunday maqsadni qoʻygan. Afsuski, unga erisha olmagan. Modern yoʻnalishidagi asar abstrakt rasmlariga oʻxshab, qanday tushunsang-shunday angla deb, duch kelgan voqeani boshi-keti yoʻq tarzida hikoya qilish emas, balki ular maʼlum bir konsepsiyaga ega boʻlib, maʼlum maqsad sari yoʻnaltiradi. Bu qahramon orqali amalga oshiriladi. Modern yoʻnalishdagi asar qahramonlari esa, oʻz oʻy-xayollari, ong oqimi misol miyada yoʻnalgan fikrlarida oʻzi yashayotgan hayotni teran badiiy talqin va tahlil qilib, olam muammosini anglashimizga yordam beradi. Shuningdek, oʻzi yashayotgan jamiyat illatlarini goʻyo mikroskopda koʻrganday koʻra oladi hamda uni shafqatsiz fosh qiladi, uning ildizlarini topishga intiladi yoki bu tuzumda, bu jamiyatda oʻz maqsad va niyatlarini amalga oshirishning iloji yoʻqligini anglagach, tushkunlik kayfiyatiga tushadi, ertangi kunga ishonchsizlik oqibatida qahramon yolgʻizlanib qoladi, u goʻyo oʻz qobigʻiga oʻralib oladi, muammoning yechimini topa olmagan, ilojsiz qolgan shaxs qalbida ijtimoiy tengsizlik hukm surgan va inson insoncha yashash imkoniyatiga ega boʻlmagan jamiyatdan begonalashish tuygʻusi yuzaga keladi. Bularning barchasi teran ruhiy tahlilda, iztirob va fojiylikning asosli inkishofida ochib berilmogʻi darkor. Bizga modern yoʻnalishdagi asar deb taqdim qilinayotgan roman qahramonlarining birortasi na fikrlaydi, na atrofdagi yuz berayotgan voqealarga munosabat bildiradi, mulohaza yuritadi, na ruhiy iztirobni boshdan kechiradi. Uning barcha doʻstlar orasida kechadigan, ular oʻrtasida boʻladigan voqealar hikoya qilinadi. Hatgo yigitlar oʻzaro sir tutadigan (Eshim ishning ogʻili bilan bogʻliq voqealar) ishlar haqida ham tortinmaydi. Toʻgʻri bu voqealar ichida jamiyat va insoniy illatlar fosh qilingan holatlar ham uchraydi. Lekin esda qolarli aniq holatda, tasvirda emas, tumtaraqay bayonda berilgani uchun kamdan-kam kishi uni anglab oladi. Annotatsiyada aytilgan maʼjoziylik ikki oʻrinda koʻrinadi. Bu - roman voqealari kechgan Baqahovuz makonida va asar nomi, yaʼni “Kapalaklar uyinida”. Baqahovuz ramzida tashqi katta dunyodan ajratilgan, faqat muhit emas, fikrlash tarzi ham cheklangan kechagi totalitar tuzumni anglash mumkin. Maʼlumki, mazkur tuzum 70 yildan ortiq davrda bitta gʻoyani, yaʼni sotsializm gʻoyasini, uning butun dunyoda afzal tuzum ekanligi targʻib qilindi, butun maʼnaviy olam — matbuot, sanʼat, teatr, adabiyot unga xizmat qildi. Aytilgan fikrlar yaxshi edi, lekin amalda esa uning aksi edi. Kishilar aytilgan fikrlarga monand harakat qilsa, taʼqib qilinardi. Dunyoda eng adolatli, barcha baxtli yashaydi degan tuzumda esa inson insonlarcha hayot kechirishmasdi. Bu borada rus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevna shunday deydi: “Inson noinsoniy sharoitda uch kunda hayvonga aylanadi” Aytilganga, matbuot orqali yozilganga, eʼlon qilinganga amal qilmaslik gʻirt bemaʼnilik - absurddir. Yozuvchi asarida shularni aks ettirmoqchi boʻlgani aniq. Lekin koʻrib oʻtganimizdek, bunga erisha olmagan. Romanning atalishi asar qahramonlari xatti-harakatiga mos tushadi. Maʼlumki, kapalaklar juda qisqa umr koʻradi. Shundan, bizningcha, hayotini oʻyin- kulgida, gul va chamanzorlar qoʻynida oʻtkazadi, goʻyo hayot jannatday. Roman qahramonlari ham fikrlamaydi, mulohaza yuritmaydi, faqat harakat qilishadi, joʻn yashaydi, umuman, hayotga nisbatan loqayd. Balki yozuvchi totalitar tuzumda jamiyatga nisbatan fikr bildirganlar taʼqib qilingani uchun odamlar fikrlashdan qoʻrqishadi, shundan ular loqayd demoqchidir. Bu toʻgʻri va ijtimoiy xarakterga egadir. Afsuski, bu toʻgʻrida fikr romanda yorqin ifodalanmagan. Zoʻrlik asosida qurilgan har qanday jamiyatning umri qisqadir. Uning umrini qoʻrquv va aldovlar asosida muttasil choʻzib boʻlmaydi. Romanga shu gʻoya singdirilganda, u kapalaksimon harakatda boʻlgan qahramonlarining xatti- harakati, tutgan ishining badiiy tahlilida ochib berilganda, asar oʻqishli va taʼsirli boʻlardi. Salmoqli fikr, mantiq kuchiga ega roman qahramonlari faoliyatga ega emasliklari yozuvchining modern yoʻnalishdagi asar mohiyatini toʻla oʻzlashtirmaganidandir. Romanni hozirgi holida modern yoʻnalishdagi muvaffaqiyatsiz bir urinish deb baholamoq kerak.

13. Andalusiya madaniyati Sharqu Gʻarbning eng goʻzal fazilatlarini emib ulgʻaygan, Ispaniyaning jahonga mashhur siymolarini emizib ulgʻaytirgan bir madaniyatdir. Andalusiyaning mana shunday yorugʻ yuzli siymolaridan, hayot va mamot oraligʻida yarador qushday potirlagan ruh suvratlaridan iborat asarlarini badiiy ijod sahnasiga bir dasta gulday otgan Federiko Garsia Lorkadir. Shavkat RAHMON. “Bilasizmi, Xurshid, nima uchun men Lorkani sevaman, - degan edi Shavkat Rahmon Sulaymon togʻining tepasida, oqshom qoʻyniga choʻkayotgan Oʻshni tomosha qilib, suhbatlashib oʻtirganimizda, - Uning sheʼriyati meni vatan va millatni sevishga oʻrgatdi. - Nima oldin vatanni sevmaganmisiz? – soʻradim men. Shavkat jilmaydi. Tugay deb qolgan sigaretasi tutunini ichiga chuqur tortdi-da, davom etdi - Lorkaga oʻxshab, ozodlik uchun oʻlish qoʻlimizdan keladimi? Uning ilk sheʼrlaridayoq Vatan ozodligi uchun oʻlmoqni taqdir deb bilgan insonni koʻraman. Lorka 20 yoshida vatanini kezib ulgurgan edi. Uning 20 yoshida Kastiliya boʻylab qilgan safari haqida nashr etilgan birinchi kitobi Ispaniyaga boʻlgan buyuk muhabbatining timsoli. Bu safarda u qanaqadir umumiy bir millat emas, oʻzi koʻrgan,suhbatlashgan odamlari haqida yozishni angladi, bu odamlarning har birini chin yurakdan sevishini tushundi. Tushundi –yu, sheʼri oʻzgardi. Mana shu aniq bilgan, tanigan oddiy odamlarga boʻlgan muhabbati Vatanga boʻlgan ulkan muhabbatga aylandi...”.



Shavkat Rahmon oʻz xotiralarida yozishicha, Lorka ijodiga mahliyolik uning Moskvada oʻqib yurgan kezlarida diqqatini tortgan. 1979 yilda rus tili orqali Lorkaning “Saylanma”sini tarjima qilib, kitob shaklida chop qildiradi. U birinchilardan boʻlib, Lorka ijodini oʻzbek oʻquvchilariga tanishtirishga muvaffaq boʻladi. Oradan oʻn yilcha vaqt oʻtib, rus tilidagi tarjimadan koʻngli toʻlmaydi. 1986 yili bir guruh oʻzbek shoir va adiblari Ispaniyaga xalqaro anjumanga borib, oʻz maʼruzalari bilan qatnashishadi. Shavkat Rahmon koʻnglidagi oliy orzularidan biri Lorkaning vatanini koʻrish, uning asarlarini qachonlardir asliyatdan oʻzbek tiliga tarjima qilish istagi roʻyobga chiqa boshlaydi. Bu haqda shoir shunday yozadi: “Bundan oʻn yil avval dastlabki tarjimalarim “Saylanma” nomi bilan nashr etilgan men uchun nechogʻli quvonchli boʻlganini aytmay qoʻya qolay. Ammo bu quvonchning umri qisqa ekan. Tez orada, oʻylab qarasam, Lorkanimas, Lorkaning tarjimonlarini tarjima qilganim ayonlashdi. Rus mutarjimlari, shubhasiz, eng soʻnggi imkoniyatlarini ishlatib mehnat qilgan boʻlsalaram, Lorka sheʼrlarining asl qiyofasini koʻtarish ishtiyoqida yonaverdim. Keyinchalik yetti-sakkiz oy ispan tilidan dars oldim, ancha payt mustaqil shugʻullandim, ispan tilining tabiatiga bir oz koʻnikkanimdan keyingina lugʻat yordamida tarjima qila boshladim. Bir necha yilga choʻzilgan bu ish davomida Lorkaning moskvalik tarjimonlaridan Anatoliy Geleskul, Pavel Grushko, Natalya Malinovsaya, ispanshunoslardan Lyudmila Sinyanskaya, Yuriy Greydinglar bilan doʻstlashdimki, bu xayrixoh kishilarning koʻmaklari bir umr yodimda”. Darhaqiqat, Sh.Rahmonning asliyatdan qilgan tarjimasi bilan rus tilidan oʻgirgan variantida anchayin jiddiy tafovut bor. Negaki, sheʼrning ruhiyatini, shoir kayfiyatini asliyat darajasida berish bu hazilakam gap emas, albatta! Mahliyolik va hamisha nimagadir ehtiyoj shoir qalbini bir umr tark etmaganligi chin. U Lorkaning ulkan va bedor qalbiga – ijodiga yaqinlasharkan, Lorkani oʻzbek kitobxoniga oʻziga xos tarzda tanishtiradi. Shoirning iztiroblari, ozodlik va erk xususidagi tizginsiz mushohadalari doimo unga olam zavq va shijoat berib turgani bor gap. Chunki Lorkadek ulkan daryoqalb shoir – Shavkat Rahmondek betakror tuygʻular egasini mahliyo qilishda ham qandaydir sir, yashirin bir haqiqat borga oʻxshaydi.
Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling