2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 33.45 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1084787
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot mustaqil

2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida
«Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati».
«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik 
yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot».
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni 
tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, 
tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, 
tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi.
Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, 
takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar 
boshlanadi.
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, 
buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, modelь va h.k.) 
tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab 
ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi 
ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo 
maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. 
Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. 
Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, 
avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya), 
ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, 
mezon va h.k.
Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, 
ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. 
«Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati 
ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki 
ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari 
aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos 
qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» .
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni 
yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) 
muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, 
ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. 
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: 
aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, 
idrok, iste’dod va h.k.
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. 
AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan 
munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va 
unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. 
Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi.
FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli. 
ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida 
shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan 
fazilatlardan biri hisoblanadi. CHunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi.
BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui.
XOTIRA – atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, 
passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va 
mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan 
iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni 
ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim mezonga muvofiq 
ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin: 
Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi: a)harakat va motor 
harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi. 
Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik. 
Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq muddatli; v) operativ. 
Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish. 
Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy .
TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo 
bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi. 
DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. SHaxs 
faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak 

talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, 


hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat 
qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - harakatlari ham 
uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga faol 
qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3].
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish 
qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol 
topishidagi darajasi.
TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda 
– o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik 
usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim 
tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. SHarq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni 
tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy 
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan 
munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot 
berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl 
ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5].
EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli 
vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini 
o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy 

usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini 


A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning 
o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga 
muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi 
doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning sifatlari, 
sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari 
psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, 
operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, 
shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment aniqlovchi, tarkib toptiruvchi 
(tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3].
DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini 
tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi 
insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi 
savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos 
keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega 
bo’lishi lozim .
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida 
qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: 
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;
- kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi;
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim 
faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;
- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;
-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar 
yaratadi va h.k.
Demak, ilmiy ijodiyotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va 
insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy 
ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish 
kerak.
1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda 
foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish. 
2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini 
kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga 
erishish.
3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib 
«XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday 
zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish. 
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy 
ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish.
5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor 
berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 
6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli 
texnologiyalarini yaratish.
7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot 
texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.
8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli 
savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda 
muntazam foydalanishga erishish.


Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling