2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 33.45 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2023
Hajmi33.45 Kb.
#1084787
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot mustaqil

3. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi.
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining 
sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi. 
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi hodisa va 
jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish 
hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat 
ham tanlamadi. 
Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini 
ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqelik muhim o’rin 
tutadi. 
Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni 
insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon», 
yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompьyuterlar va shu 
kabilarning paydo bo’lishi (yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro 
yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi. 
Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali 
bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir. SHu sababli ham 
mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni 
hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga 
joylashtirishdan iboratdir. 
Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va 
texnologiya tadrijiy (evalyutsion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi. 
Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta SHarq 
mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Ishoq va boshqalar o’z asarlaridagi 
qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar. 
Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga 
e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin 
shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), 
Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), 
Ptolemey (Al-Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al-
Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn SHokir, Sag’oniy, 
Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, 
Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo 
Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnits, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, 
Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Kelьdesh, 
M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, M. O’razboev, H. A. Abdullaev, 
V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi 
fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz.
Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da 
yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni 
kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik 
kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar. 
O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va 
natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni 
(I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, 
K.Bents), algoritmni (Al-Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) 
kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda 
foydalanmoqdalar. 
Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu 
yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod 
qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa 
bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan 
qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar. 



Download 33.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling