2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli doc


Download 219.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi219.33 Kb.
#1569860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—19 в 15.28.52

chizma. Lorents egri chizig’i
Grafikning gorizontal o’qida aholi hissasi (foizi ),
vertikal o’qida daromad hissasi (foizi) ko’rsatilgan.
Agar jamiyatda daromad mutlaq baravar taqsimlangan
deb faraz qilsak, ya’ni 20 foiz aholi jami daromadning
20 foiziga, 40 foiz aholi 40 foiziga ega bo’lsa, unda
mutlaq tsnglikning bu vaziyatini ifodalovchi chiziq
bissektrisa ko’rinishiga ega bo’lar edi. Ammo, hayotda
aholi o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi bir xil
emas. Masalan, agar aholining 20 foizi A nuqta bilan
belgilangan daromadlarning ozgina qismini olsa,
aholining 40 foizi B nuqta bilan belgilangan qismini
oladi va hokazo. Bunday holatda daromadning
haqiqatda taqsimlanishini bildiruvchi chiziq Lorents
egri chizig’i deb ataladi. Bissektrisa va Lorents egri
chizig’i o’rtasidagi uzilish yoki maydon qancha katta
bo’lsa, daromad taksimlanishining tengsizlik darajasi
shuncha yuqori bo’ladi. Bu uzilish kattaligi tengsizlik
darajasini ifodalaydi. O’zbekistonda eng past va eng
yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o’rtasidagi
tafovut darajasi so’nggi yillarda 8 barobarga to’g’ri
kelmoqda. Ko’pgina, shu jumladan, qo’shni davlatlarda
bu raqam mamlakatimizdagi ko’rsatkichdan bir necha
barobar yuqori ekani, ya’ni o’ta kambag’al va nochor
aholi guruhlari va o’ta boylar guruhi orasidagi tafovut
oshib borayotganini ta’kidlash lozim.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga
oshirayotgan ijtimoiy siyosatimizning aholimizning
hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va
natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2013-
yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi,
o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va
stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda
O’zbekistonda 
pensiyalarning 
o’rtacha 
miqdori
o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil
etmoqda. Bu ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan,
Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan
iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu
ko’rsatkichni 41 foizga etkazish ko’zda tutilmoqda.
Oilalar 
daromadlari 
tarkibi 
o’zgarmoqda 

tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi
daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda.
Holbuki, 
Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo’stligi
mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan
oshmaydi.

Download 219.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling