2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli doc


Download 219.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi219.33 Kb.
#1569860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—19 в 15.28.52

3.Xarrod-Domar modeli
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni asoslash uchun
Keynsning 
asosiy 
makroiqtisodiy 
modelini
rivojlantirishga birinchi urinish Roy Xarrod va Evsey
Domarlar tomonidan amalga oshirilgan. Bu modellar
o’rtasida unchalik katta farq bo’lmaganligi sababli ham
Xarrod-Domar modeli deb yuritiladi.
Modelda ko’zda tutilgan asosiy faraz milliy
daromadni 
kapital 
miqdoriga 
proportsionalligi
hisoblanadi:
Y= ϭK
Bu erda, Y-milliy daromad, K- milliy daromadni
yaratish uchun foydalanilgan kapital miqdori, ϭ-kapital
qaytimi koeffitsienti.
Ushbu formuladan foydalanib ϭ-kapital qaytimi
koeffitsientini aniqlashimiz mumkin:
ϭ= Y / K
Kapital qaytimi koeffitsienti yoki kapitalning
o’rtacha 
unumdorligi 
birlik 
kapital 
hisobiga
yaratiladigan daromad miqdorini ko’rsatadi.
Δ Y = ϭ x ΔK
Daromadning qo’shimcha o’sishi kapital qo’shimcha
o’sishiga teng.
Agar kapital qo’shimcha o’sishini investitsiyalar
sifatida qarasak, ya’ni ΔK=I, unda ifoda quyidagi
ko’rinishga ega bo’ladi:
ΔY= ϭ x I
Endi iqtisodiyotda jamg’arish me’yori (Sy) doimiy
miqdor hisoblanadi, jamg’armalar esa investitsiyalarga
teng deb faraz qilsak, unda
S= I= Sy xY
I= ΔY/ ϭ bo’lgani uchun ΔY/ ϭ= Sy xY bo’ladi.
Endi so’nggi tenglamada ϭ ni o’ng tomonga o’tkazib,
ikkala tomonni Y ga bo’lish orqali Xarrod-Domar
modelining yakuniy formulsini olamiz.
ΔY/Y= ϭ x Sy
ΔY/Y nisbat kapitalning to’liq bandligidagi
daromad qo’shimcha o’sishini o’zida aks ettiradi.
Ushbu formulaga muvofiq aniqlanadigan o’sish
sur’atini Xarrod “kafolatlangan” deb atadi, chunki u
mavjud quvvatlarning, mazkur holda kapitalning to’liq
ishlatilishini kafolatlaydi.
O’sish sur’atining “kafolatlangan” tushunchasi
bilan bir qatorda Xarrod “tabiiy” o’sish sur’ati
tushunchasini kiritdi. “Tabiiy” o’sish sur’ati deganda
Xarrod faol aholining o’sishi va texnika taraqqiyoti
imkon beradigan maksimal o’sishi kapital va milliy
daromadning shunday o’sish sur’atini ta’minlaydiki,
unda kapitpl va mehnatning to’la bandligiga erishiladi.
Biroq, ushbu modelda texnika taraqqiyoti quyidagi
nisbatlarni, ya’ni K/Y va ΔK/ ΔY o’zgartirmaydi:

Download 219.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling