2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli doc


Download 219.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi219.33 Kb.
#1569860
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—19 в 15.28.52



O'SISHNING OPTIMAL VARIANTINI
TANLASH

Reja:
1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi
2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar
3.Xarrod-Domar modeli
4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish
va davlat siyosati
​1. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi
Iqtisodiy o’sish — bu, ob’ektiv qonuniyat bo’lib,
aholining o’sishi, FTT, ishlab chiqarish hajmining
ma’lum bir vaqt davomida o’sishi kabi jarayonlar bilan
bog’langan. Iqtisodiy o’sish jami taklifning o’sishini
yoki boshqacha aytganimizda, potentsial YaMM
hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy
o’sish nafaqat ishlab chiqarishning o’sishini, balki
iqtisodiyot potentsialining o’sishini ham bildiradi.
chizma. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy
belgilari
Iqtisodiy 
o’sishda 
nafaqat 
mamlakat 
real
daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga
to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishi ham
tushuniladi.
Iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan aniqlanadi va
o’lchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni o’tgan davrga nisbatan
o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning
umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun
ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning o’tgan davrga
nisbatan aholi jon boshiga o’zgarishi sifatida
aniqlanadi.
Iqtisodiy o’sishni aniqlash va asoslab berish
jarayonlarida quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1) 
Iqtisodiy o’sishni o’lchash;
2) 
O’sish omillari;
3) 
Iqtisodiy o’sish modellari.
Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami
daromadlarning 
(mahsulotlarning) 
har 
xil
indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish
darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi.
Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan
vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham
yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi
olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning
uchun ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda
foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va
modellarida 
umumiy 
makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega
emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi
va omillari o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi
jarayon hisoblanmaydi.
Iqtisodiy o’sish nazariyasida daromadlar iste’mol va
investitsiyalarga bo’linadi.
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham
iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi ko’rsatkichlar dinamikasi Y ( t -
vaqt indeksi) va jon boshiga to’g’ri keladigan
ko’rsatkichlar birgalikda o’sish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini
va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar
esa resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o’rtasida etarlicha
muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining
oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini
pasaytirish iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
O’sishning barcha imkoniyatlariga real miqdorlarga
tayanilib, ya’ni, doimiy narxlarda qaraladi. Aksincha,
nominal ko’rsatkichda ularning dinamikasi nafaqat real
o’sish darajasini, balki inflyatsiyani ham o’z ichiga
olgan bo’lar edi.
Har bir ko’rsatkich bo’yicha uch xil miqdordagi
dinamikani tahlil qilish mumkin:
1. 
Absolyut ko’rsatkich: masalan, real ishlab chiqarish
Yt;
2. 
Absolyut qo’shimcha o’sish: masalan, ishlab
chiqarishning oshishi.
ΔY = Yt-Yt-1
3. 
Qo’shimcha o’sish sur’ati =Yt-Yt-1/ Yt-1
Iqtisodiy o’sish sur’atlari quyidagi formulalar
yordamida aniqlanadi:
a) 
bazis o’sish sur’ati =(Yt-Y0/ Y0) x 100
b) 
zanjirli o’sish sur’ati = (Yt-Yt-1/ Yt-1) x 100
Qo’shimcha o’sish sur’atlari esa:
a) 
bazisli qo’shimcha o’sish sur’ati==(Yt-Y0/ Y0) x 100-
100
b) 
zanjirli qo’shimcha o’sish sur’ati=(Yt-Yt-1/ Yt-1) x
100- 100
Har bir mamlakat iqtisodiy o’sishga intiladi, chunki
iqtisodiy o’sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va
daromadning ko’payishiga, ikkinchidan, rssurslardan
samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi
ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo’lishiga,
to’rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro’sining
oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o’sish usullaridan to’g’ri va o’z o’rnida
foydalanish katta ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat
harbiy 
salohiyatini 
aniqlash 
va 
rivojlantirish
muammosi qaralayotganda YaIM hajmining o’sishi,
mamlakat 
aholisining 
turmush 
faoliyati
taqqoslanayotganda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Amaliyotda iqtisodiy o’sishning ikki xil ko’rinishi
farqlanadi: haqiqiy va potentsial.
Haqiqiy iqtisodiy o’sish - bu statistika organlari
tomonidan muntazam nashr etiladigan YaIM yoki
boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning haqiqiy
yillik ko’payishidir.
Potentsial iqtisodiy o’sish – bu iqtisodiyot o’sishi
mumkin bo’lgan tezlikdir.Potentsial iqtisodiy o’sishni
ta’minlovchi omillarbo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- resurslarning ko’payishi; - samaradorlikni oshishi.

Download 219.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling