2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli doc


Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar


Download 219.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi219.33 Kb.
#1569860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—19 в 15.28.52

2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiy 
o’sish, 
avvalo, 
foydalanilayotgan
resurslarning 
soni 
va 
sifatiga, 
shuningdek,
foydalanilayotgan texnologiyalarga bog’liq. Agarda,
qaralayotgan omillar va iqtisodiy o’sish tarkibiy
qismlari yaxlitlashtirilgan bo’lsa, iqtisodiy o’sishni
ekstensiv va intensiv o’sishga bo’lish mumkin. Ya’ni,
foydalanayotgan resurslar miqdori o’zgarmay qolgan
holda ishlab chiqarish o’ssa, to’liq intensiv omillar
hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Umuman olganimizda iqtisodiy o’sish bir nechta
omillarga bog’liq. Bular:
• 
tabiiy resurslar soni va sifati;
• 
mehnat resurslari soni va sifati;
• 
asosiy kapital hajmi;
• 
texnologiyalar.
Ushbu omillarning barchasi ishlab chiqarishga
bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu esa iqtisodiy o’sish
istiqbollarini 
belgilashda 
ishlab 
chiqarish
funktsiyalaridan keng foydalanish imkonini beradi.
Ya’ni, iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish omillari
miqdorining qo’shimcha o’sish sur’atlari (ΔK/K va
ΔL/L) va texnika taraqqiyoti natijasida ularning
umumiy unumdorligini qo’shimcha o’sish sur’atlariga
(ΔA/A) bog’liq holda mahsulot ishlab chiqarishning
qo’shimcha o’sish sur’atini (ΔY/ Y) hisoblash imkonini
beradi:
ΔY/Y= ΔA/A+ α x ΔK/K+ (1- α) x ΔL/L
Bunda α koeffitsienti ishlab chiqarilgan mahsulotda
kapital hissasini, (1- α) - mehnat hissasini ko’rsatadi.
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3
ni, mehnat hissasi esa 10,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda
kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga
qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10
% ga qo’shimcha o’sishiga olib keladi. (0 ,3 x 10 % +
0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish
ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo,
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi intensiv omillar hamma
vaqt ham qadrlangan va iloji boricha ulardan
foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham
davlat iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash maqsadida,
fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash,
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq
mexanizmi va tizimini iloji boricha ixchamlashtirish
kabi ishlarni olib boradi.

Download 219.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling