2. Iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar Xarrod-Domar modeli doc


O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va


Download 219.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi219.33 Kb.
#1569860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—19 в 15.28.52

4.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy o’sish va
davlat siyosati
Respublikamizda fan-texnika yutuqlaridan samarali
foydalanishni ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik 
ishlarini 
rivojlantirish 
va
natijalarni ishlab chiqarishga zudlik bilan qo’llash
maqsadida yirik-yirik loyihalar ishlab chiqilgan va
amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari respublika ta’lim tizimida keskin
yangiliklar qilinmoqda. Ya’ni, respublikada ko’p
bosqichli «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul
qilindi. Ushbu dasturga asosan yoshlarni xalqaro
talablarga javob beradigan darajada o’qitishni
ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham
sezilarli ta’sir qiladi. Soliqqa tortish stavkalarini
kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining
o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini
ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy o’sishni
rag’batlantiradi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar
kuchaygan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy
o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning
sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish
sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan
mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning
miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning
sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning asosiy
mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining
kambag’al qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi
muammolarini hal etishga yo’naltirilgan:
• 
iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning
barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat
jamg’arish me’yorlarini tanlash;
• 
aholi o’sishini tartibga solish;
• 
fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz
yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini
oshirish.
Iqtisodiy o’sishning ijtimoiy yo’naltirilganligi
kuchayib borishi bilan iqtisodiy nazariya va amaliyotda
xalq farovonligi tushunchasi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining eng muhim mezonlari sifatida yanada
aniqlashmokda va kengaytirilmoqda.
Agarda ilgarilari uni moddiy ta’minlanganlikning
miqdoriy ko’rsatkichlari aks ettirgan bo’lsa, hozirda
birinchi o’ringa o’rtacha umr ko’rish, o’lim darajasi,
shu jumladan, bolalar o’limi, ishsizlik darajasi,
daromadlar tengsizligi, ta’lim darajasi, atrof-muhitning
ifloslanishi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar
qo’yilmotsda. Ya’ni, iqtisodiy o’sish shaxsning
rivojlanib borishi uchun sharoit yaratib bsrishi lozim.
2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM)
ishlab chiqarish hajmi 8,0 foizga o’sdi.
Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarida tizimli va islohotlarning izchil
amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda. Xususan,
– 
tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni
chuqur tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash
jarayonlarining izchil amalga oshirilayotganligi;
– 
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo’l-
transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal
rivojlantirish 
hisobiga 
iqtisodiyotning
raqobatdoshligini oshirish;
– 
bozor 
islohotlarini 
chuqurlashtirish 
va
iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash, 
raqobatni 
kuchaytirish, 
hududlarni
ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hamda ish
o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini
ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o’z
vaqtida bajarilayotganligi;
– 
ichki 
talabni 
aholi 
bandligi 
va 
real
daromadlarining 
oshishini 
ta’minlash 
hisobiga
rag’batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har
tomonlama 
qo’llab-quvvatlash 
bo’yicha 
chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi;
– 
qishloq xo’jaligini isloh etish bo’yicha chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor
munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik
shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo’llab-
quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy
shart-sharoitlarning 
yaratib 
berilishi, 
qishloq
xo’jaligida ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalarini
joriy qilish ko’lamining kengaytirilishi;
– 
respublika 
moliya-bank 
tizimini 
yanada
rivojlantirish 
va 
moliyaviy 
barqarorligini
mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar
asosida takomillashtirish borasida keng ko’lamli chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi iqtisodiyotning yuqori
sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda.
2013 yilda mamlakat iqtisodiyotining barcha
tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar
ko’rsatish hajmlarining yuqori sur’atlarda o’sishi
kuzatildi.
Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 8,8 foizga oshdi.
Sanoatda 
yuqori 
o’sish 
sur’atlari 
yuqori
texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni
qayta ishlash (o’sish sur’ati 21 foiz), engil sanoat (13
foiz), qurilish materiallari (13,6 foiz) hamda oziq-ovqat
(9 foiz) sanoati tarmoqlarida kuzatildi.
2013 yilda qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab
chiqarish hajmi 2012 yilga nisbatan 6,8 foizga oshdi.
Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish
6,4 foizga, chorvachilik mahsulotlarini etishtirish esa
7,4 foizga oshdi.
2013 yilda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga
o’sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 53,0 foizni tashkil
etdi.
Jumladan, yuqori o’sish sur’atlari kompyuter
dasturlash (30,4 foiz), moliyaviy xizmatlar (29,3 foiz),
sog’liqni saqlash (27,2 foiz), qurilish (25,4 foiz),
maishiy 
xizmatlar 
(23,2 
foiz), 
aloqa 
va
axborotlashtirish (21,9 foiz), qishloq xo’jaligining
texnik vositalarini ta’mirlash (18,2 foiz) hamda savdo
va umumiy ovqatlanish (16,6 foiz) xizmatlarini
ko’rsatish sohalarida kuzatildi.
jadval

Download 219.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling