2. Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi


Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar


Download 463.46 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi463.46 Kb.
#1416521
1   2   3   4
1. Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida istemolchilar xarid hajmida o’zgarish ro’y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi.
Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo’lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi. Ularning real qiymatini keskin kamayishi tovar harid qilish hajmining kamayishiga olib keladi. Iste’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va ma’naviy boyliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’mol sarflari o’sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, hatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda iste’ molchi farovonligining o’sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.
Iste’molchining kutishi. Iste’mol sarflari hajmidagi o’zgarish, iste’molchining narx va daromad darajasidagi kelajakdagi o’zgarishlarni oldindan bilishiga bog’liq. Masalan, agar istemolchi kelajakda o’zining real daromadi kopayadi, deb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda iste’mol sarflari ko’payadi, jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar iste’molchi kelajakda o’zining real daromadi kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’mol sarflari va yalpi talabi qisqaradi. Xuddishu tarzda inflyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste’molchilar narxlar oshgunga qadar tovarlarni xarid qilib olishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasyaishining kutilishi, bugungu iste`mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Iste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko’p bolganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, O’zining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste’molch qarzdor bolmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi.
Download 463.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling