2. Iqtisodiy resurslar: mazmuni, turlari va cheklanganligi


Download 463.46 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi463.46 Kb.
#1416521
1   2   3   4
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.

  • Tijorat kreditibu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.

  • Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.

  • Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.

  • Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

  • Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.

    Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.

    Lombard kreditining e'tiborli xususiy ati shundaki , garov shartnoma imzolangan kungi nominal qiymati bo'yicha emas , balki uning kurs o'zgarishi tavakkalchiligini hisobga olgan holda uning ma'lum qismigagina baholanadi . Qimmatli qog'ozlar garovi ostidagi lombard krediti alohida ssuda hisobvarag'idan tovar - moddiy qiymatlar va xizmatlari uchun hisob - kitob hujjatlarini to'lashga qimmatli qog'ozlar garovi ostida kredit beriladi . chiqarilgan qimmatli qog'ozlari garov sifatida Banklarning o'zi tomonidan qabul qilinishi mumkin emas . o'z tomonidan chiqarilgan qimi Shu bois qimmatli qog'ozlarni garovga olib lombard krediti be rish to'g'risida qaror qabul qilinayotganda bank qarz oluvchining moliyaviy ahvoli kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bir vaqtda kredit ta'minoti tarzida qabul qilinadigan qimmatli qog'ozlar sifati , ularning kurs riski darajasini baholashga alohida e'tibor beradi . Shu tariqa qimmatli qog'ozlar kotirovka qilinayotganda ularning kurs riskini belgilab beruvchi qimmatli qog'ozlar bozoridagi birja kursi o'zgarishlari munosabati bilan qimmatli qog'ozlarning garov qiymati birja qiymatining 80 foizidan , kotirovkalanmaydigan qimmatli qog'ozlar garov qiymati esa nomin al qiymatining 60 foizidan oshmasligi zarur . Qimmatli qog'ozlami garovga olib beriladigan kredit 12 oygacha muddatga yoki qimmatli qog'ozlar muomalada bo'lishi muddatiga berilishi lozim . malada bo Qimmatli qog'ozlar kotirovkasining birja kursi kredit shartnomasida qayd etilganda fond birjasidagi oxirgi savdoda chiqarilgan kotirovka maʼlumotlari hisobga olinadi . Davlat qimmatli qog'ozlari reyting sifati , ayniqsa , yuqori darajada bo'ladi . Shu bois ular garovga qabul qilinayotganda beriladigan kreditning maksimal summasi ular garov qiymatining 90 foizigacha yetishi mumkin . Qarz oluvchi sotib olgan boshqa qimmatli qog'ozlar garovga olinayotganda kreditning maksimal summasi garov qiymatining 80 foizidan yuqori bo'lmaydi . Lombard kreditini berish , qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar to'lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag'i bo'yicha kreditlash tartibiga o'xshashdir .



    Download 463.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling