2. Ishlab chiqariladigan mahsulot xossalari va mahsulot fazilati
E’tiborlisi, 2022-yilda 1,9 mln tonna sement import qilingan
Download 185.54 Kb.
|
47 20
E’tiborlisi, 2022-yilda 1,9 mln tonna sement import qilingan.
2022-yilning o‘tgan 10 oy davrida 9,5 mln dollarlik sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlandi. Ma’lumot o'rnida, 1-chorakda tabiiy gaz tanqisligi kuzatildi va ushbu davrda 1,8 mln tonna sement ishlab chiqarilmadi. 2022-yilda "Qizilqumsement" AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 ming tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, "Rash milk", "Namangansement" (II-bosqich), "Qarshi konch syement", “Farg'ona Yasin qurilish mollari” (2-bosqich), "Shaffof syement sanoati" va “Jaxon Yevro Servis" MCHJlari kabi syement ishlab chiqarish loyihalari o‘z faoliyatini boshladi. 2022-2023-yillarda syement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investision loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi syement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan. Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016-yil yakuni bilan Respublikamizda 8,6 mln tonna syement ishlab chiqarilgan. 2021-yilda 14,2 mln tonna, 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 15,2 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Shu jumladan mamlakatimizda yuqori markali syement ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda sanoat korxonalarida 5 mln tonnadan ortiq yuqori markali syement ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda sement importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygani haqida xabar bergan edik. Bugungi kunda yurtimizda deyarli barcha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilayotir. Energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish orqali import o‘rnini bosadigan va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar turini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sement sanoati ham izchil modernizatsiya qilinmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 14 sement zavodi faoliyat yuritmoqda. 2010-2016-yillarda ularda ishlab chiqarish hajmi 1,25 barobar oshib, yiliga 9 million tonnaga yetgan. Kelgusida 10 million tonna sement tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati yurtimizdagi yetakchi korxonalardan biri. Bu yerda yiliga qariyb 3,5 million tonna sement tayyorlanadi. Shuningdek, “Ohangaronsement”, “Quvasoysement” va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlarida 4 million tonnaga yaqin mahsulot ishlab chiqarilayotir. Har yili yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilmoqda. Joriy yilda Qoraqalpog‘istonda “Qoraqalpoqsement”, Farg‘onada “Yaypanshifer” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari foydalanishga topshirilgani fikrimiz dalilidir Biz O‘zbekiston bilan sement ishlab chiqarish sohasida uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelamiz, – deydi “DAL Teknik Makina” kompaniyasining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi o‘rinbosari Lina Dyurak (Turkiya). – Hamkorligimiz doirasida Jizzax sement zavodi qurib foydalanishga topshirilgan edi. Hozirgi kunda Surxondaryoda yillik quvvati 1,5 million tonna bo‘lgan yana bir sement zavodi qurilayotir. O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhitidan unumli foydalanib, Olmaliqda metall ishlab chiqarish zavodi qurilishiga sarmoya kiritganmiz.Konferensiyada O‘zbekiston sement sanoatining texnologik liniyalarini modernizatsiya qilish, yangi sement zavodlari qurishda energiya tejamkor uskunalardan foydalanish, sement tayyorlash jarayonida is gazi ajralib chiqishini kamaytirish mavzularida ma’ruzalar tinglandi. 2018 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan 4 ta sement zavodini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Sohaga ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 1-rasm Download 185.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling