2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili


Mahsulotni sotishdan tushumni shakllantirish omillari


Download 0.71 Mb.
bet9/19
Sana23.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1651523
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili

7. Mahsulotni sotishdan tushumni shakllantirish omillari
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushum tashkilotning ishlab chiqarish tsikli yakunlanganligi, ishlab chiqarishga bo’naklangan tashkilot mablag’larining pul shaklida qaytganligi va barcha mablag’larning yangi tsikli boshlanganligini tavsiflaydi. Mahsulot sotish hajmidagi o’zgarishlar tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Sotishdan tushumlar o’zgarishi shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillar sirasiga quyidagilar kiritiladi:
– sotish hajmi o’zgarishi;
– sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o’zgarishi;
- sotish tarkibi o’zgarishi.
Sotishdan tushumlarning umumiy o’zgarishi quyidagi tarzda omilli og’ishlar miqdori ko’rinishida tasvirlanishi mumkin:
,
Bu erda
hisobot yilidagi tushum;
bazis yildagi tushum;
– sotish hajmi o’zgarishi natijasida og’ish;
– sotish tarkibi o’zgarishi natijasida og’ish;
- sotilgan mahsulotning chiqarish narxi o’zgarishi natijasida og’ish.
Bunda tushumni (T) sotish narxining (r) sotish hajmiga (q) ko’paytmasi sifatida tasavvur qilamiz. Bunda bazis yildagi tushum quyidagiga teng bo’ladi:
,
Joriy yildagi tushum esa:
,
Bu erda , – bazis va joriy yildagi sotish narxi;
, – bazis va joriy yildagi sotish hajmi.
Bundan kelib chiqqan holda sotish hajmi o’zgarishining (o’zgarmas narxlar holatida) tushum o’zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagicha bajariladi:

Sotish narxi o’zgarishining (o’zgarmas hajmda) tushum o’zgarishiga ta’sirini hisoblash quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

Tahlil jarayonida sotish tarkibining o’zgarishi kabi omillar ta’siri ham aniqlanadi. Bunda alohida assortiment pozitsiyalarning bazis va tahlil davrida sotishning umumiy hajmidagi ulushi belgilanadi, keyin esa strukturaviy o’zgarishlarning umumiy sotish hajmiga ta’siri hisoblanadi. Sotilgan mahsulot assortimenti o’zgarishi natijasida olinmay qolgan tushum – salbiy, rejadan tashqari tushum ijobiy baholanadi. Yanada batafsil tahlilda strukturaviy o’zgarishlarning yanada aniqroq bahosi talab qilinadi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling