2. izozarrachalar [3-47]
Download 29.29 Kb.
|
2) IZOZARRACHALAR
A) 0,3; 4,7 B) 2,2; 2,8 C) 1,4; 3,6 D) 1; 4
31. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning massalari 16, 17 va 18 bo’lgan izotoplari yordamida necha xil karbonat angidrid molekulasi hosil qilish mumkin ? A) 10 B) 11 C) 12 D) 13 32. Uch xil kislorod izotopi yordamida necha xil ozon molekulasi hosil qilish mumkin ? A) 16 B) 10 C) 18 D) 19 33. Ma’lumki, vodorod va kislorodning uchtadan izotoplari bor. Shu izotoplardan foydalangan holda necha xil vodorod peroksid molekulasini hosil qilish mumkinligini hisoblang. A) 24 B) 32 C) 36 D) 40 34. Azotning massasi 14 va 15 bo’lgan izotoplari hamda vodorodning 3 xil izotopi yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan ammiak molekulalarining nechtasining molyar massalari 19 va 21 bo’lishini toping. A) 3+3 B) 3+4 C) 2+3 D) 4+5 35. Vodorod va kislorodning uch xil izotoplari yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan suv molekulalaridan nechtasining massasi 19 va 20 bo’lishini toping. A) 2+4 B) 3+4 C) 3+3 D) 4+3 36. Uglerodning massasi 12 va 13 bo’lgan izotoplari hamda kislorodning uch xil izotopi vositasida hosil qilish mumkin bo’lgan CO2 molekulalarining nechtasining massasi 45 va 47 bo’lishi mumkinligini hisoblang. A) 2+2 B) 2+3 C) 3+3 D) 3+4 37. Vodorodning uchta izotopi hamda azotning ikkita (14; 15) izotoplaridan foydalangan holda hosil qilingan eng og’ir gidrazin molekulasidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 24 B) 27 C) 20 D) 26 38. Oltingugurtning uch xil (32; 33; 34) hamda vodorodning uch xil (H, D, T) izotoplaridan foydalanib necha xil Mr=36 bo’lgan vodorod sulfid molekulasini hosil qilish mumkin. A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 39. Tabiiy magniyning o’rtacha nisbiy atom massasi 24,327 bo’lib, u massasi 24, 25, 26 bo’lgan izotoplar aralashmasidan iboratdir. Bunda 24Mg 78,6% tarqalganligini bilgan holda qolgan izotoplar tarqalish foizini toping. A) 17,4; 4,0 B) 14,3; 7,1 C) 12,4; 9,0 D) 10,1; 11,3 40. Uglerodning massasi 12, 13 va 14 bo’lgan izotoplari hamda uchta vodorod izotoplari yordamida hosil qilingan metan molekulalari ichidan eng og’iridagi neytronlar sonini toping. A) 16 B) 8 C) 10 D) 18 41. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 35 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum elementning neytronlar soni qancha ? A) 28 B) 32 C) 30 D) 26 42. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 40 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi temirning massasi 56 bo’lgan izotopiga izobar bo’lsa, noma’lum elementning neytronlar soni qancha ? A) 28 B) 32 C) 24 D) 26 43. Musbat nuklonlar soni barcha zarrachalarning 31,25 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi xromning massasi 54 bo’lgan izotopiga izoton bo’lsa, noma’lum elementning massa nechaga teng ? A) 54 B) 52 C) 55 D) 56 44. Musbat nuklonlar soni barcha zarrachalarning 32,5 % ini tashkil etadigan noma’lum element izotopi kobaltning massasi 55 bo’lgan izotopiga izoton bo’lsa, noma’lum elementning massa nechaga teng ? A) 57 B) 54 C) 55 D) 56 45. Noma’lum elementning ikki izotopi bo’lib, ularning massasi bir-biridan 2 m.a.b ga farq qiladi. Ularning birinchisida 33,33 %, ikkinchisida esa 36,842% neytron bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) xrom B) oltingugurt C) magniy D) xlor 46. Noma’lum elementning ikki izotopi bo’lib, ularning massasi bir-biridan 2 m.a.b ga farq qiladi. Ularning birinchisida 34,615 %, ikkinchisida esa 37,037% neytron bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) xrom B) oltingugurt C) magniy D) xlor 47. Noma’lum elementning ikki izotopi bo’lib, ularning massasi bir-biridan 5 m.a.b ga farq qiladi. Ularning birinchisida 40 % neytron, ikkinchisida esa 32 % elektron bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) xrom B) marganes C) magniy D) temir Download 29.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling