2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromad­lari tarkibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari


Download 50.72 Kb.
bet4/10
Sana11.11.2023
Hajmi50.72 Kb.
#1766772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromad lari tarkibi. Jismo

Jami daromad miqdori

Soliq summasi

eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda

daromad summasining 0 foizi



eng kam ish haqining bir baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdorda

eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi

eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha

eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravardan oshadigan summaning 16,5 foizi

eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori summadan

eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravardan oshadigan summaning 22,5 foizi

Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to‘lash manbaida chegirmalarsiz, quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:



  • dividend va foizlar - 10 foiz;

  • xatarni sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalashga to‘langan sug‘urta mukofotlari - 10 foiz;

  • O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida harakat qatnovida xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan daromadlar) - 6 foiz;

  • royalti, ijaradan kelgan daromadlar, xizmatlar ko‘rsatishdan kelgan daromadlar, shu jumladan boshqaruv bo‘yicha xizmatlar, maslahatlarga oid va boshqa daromadlar - 20 foiz;

To‘lov manbaida soliq solish, to‘lov O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki undan tashqarida amalga oshirilganidan qat‘i nazar, qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga 10 foizlik stavka bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.
Bunda soliq solish maqsadida dividendlarga aktsiyalar bo‘yicha hamda qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar kiradi. Foizlarga qarz majburiyatlari va xo‘jalik yurituvchi sub‘ektning ustav sarmoyasida ulushbay ishtirokidan keladigan daromadlar va boshqalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro‘yxatlariga kiritilgan o‘ta zararli, o‘ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan xodimlarning daromadlariga belgilangan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi. Bunda yuqorida aytib o‘tilgan fuqarolar toifalaridan daromad solig‘i olish darajasi 20 foizdan oshmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatib o‘tilgan qarori bilan tasdiqlangan 1-son ro‘yxatning 3-qismi hamda 2-son ro‘yxatning 1-qismida qayd etilgan ishlarda band bo‘lgan ayollarning daromadidan soliq olish darajasi ham 20 foizdan oshmasligi lozim.
O‘ta zararli, o‘ta og‘ir, zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan xodimlarning daromadlariga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlarga (ish stajiga ustamalar, baland tog‘lik, dasht va suvsiz tumanlardagi ishlar uchun belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha to‘lovlarga) eng kam stavka bo‘yicha soliq solinadi. Bundan tashqari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni bajarishdan olingan daromadlariga ham eng kam stavka miqdorida soliq solinadi.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda dividendlar va foizlar bo‘yicha daromadlar, qo‘shimcha to‘lovlar jami daromad tarkibidan hisobdan chiqariladi.


  1. Download 50.72 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling