2-joriy nazorat: Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati


Download 38.5 Kb.
Sana02.07.2020
Hajmi38.5 Kb.
#122665

2-joriy nazorat:

  1. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.

  2. Erkin savlovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari.

  3. Korrupsiya : uning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash usullari.

Javoblar:

1.Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16- moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar” deyilgan.

Qonun ustuvorligi tushunchasining mohiyati Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bir qator asarlarida chuqur tahlil qilingan.

Qonun ustuvorligi - huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”, - deb ta’riflaydi, - I.Karimov.

Qonun ustuvorligi - demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. SHu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. CHunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf-odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida barqarorlik ta’minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, zo‘ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‘nalishini tashkil qiladi.

Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og‘ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi. Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o‘zining ifodasini topadi. Qonunga itoatkorlik - bu yuksak madaniyatlilik, ma’naviyatlilik, ma’rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishi ma’nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma’nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.

Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati juda muhimdir. CHunki Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, «huquqiy davlatning quroli ham, ko‘zi ham, o‘zi ham, qalqoni ham - qonundir».

Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga xos bo‘lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta’minlaydi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, qonun belgilagan har bir narsa majburiy yoki ta’qiqlov xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat qiluvchi barcha shaxslarga taalluqlidir. YA’ni bu erdan shunday tushuncha vujudga keladi, barcha qonun oldida barobardir.

Qonun ustuvorligining ahamiyati haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, xalqning manfaatlari, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, davlat ishini tashkil etish va shunga o‘xshash boshqa masalalarda muhim ahamiyatga ega.

Qonun ustuvorligiga erishish uchun avvalambor ularni qabul qilish jarayonida puxta va mukammal qilib, jamiyatda kelajakda uzoq vaqt o‘z foydasini bera oladigan darajada ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari qonunlarni qabul qilish jarayonida shuni e’tiborga olish lozimki, ya’ni jamiyat, xalq ushbu qonunga ehtiyoj sezayaptimi yoki yo‘qmi. Aynan shu masala ham qabul qilinadigan qonunning hayotda qay darajada jamiyatga naf keltirishi keltirmasligini belgilab beradi.

2. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov - demokratiya degani. Demokratiya - bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan. Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlat qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.

Demokratiyaning ushbu eng muhim tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy asos yaratib berilishi lozim. O‘zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida saylovlarga doir umume’tirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan.

Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyat vakillik organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Demokratik davlatlarda saylovlar muhim ahamiyatga ega ekanligi shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat aholisining kayfiyati va kimni afzal bilishini namoyon etuvchi ko‘rsatkich sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o‘zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar.

Fuqarolik jamiyati bilan saylovlarning aloqadorligi asosan shu bilan belgilanadiki, fuqarolik jamiyati, fuqarolarning fikrlari va manfaatlarining xilma-xilligiga asoslangan holda, tashkil etiladi, davlat organlari fuqarolarning ishtiroki bilan adolatli saylovlar asosida tashkil etilmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda qonunga itoat etishini ta’minlashga, o‘tkir ijtimoiy qarama-qarshiliklardan qochib-qutilishga imkoniyat bo‘lmaydi, Demokratik saylovlar - hokimiyat masalasining kuch bilan hal etilishini tamoman inkor etadi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, “Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai- madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi” deb ta’kidlaydilar.

Saylovlar bevosita jamiyatning siyosiy tizimini aks ettiradi va o‘z tomonidan unga ta’sir ko‘rsatadi. Ularning tashkil etilishi va ovoz berishning yakunlarini aniqlash tartibiga tegishli barcha jarayonlar siyosiy partiyalar bilan yaqindan bog‘liqdir. Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek: “Aynan saylov paytida partiyalar o‘zining asosiy va ustuvor fikr-qarashlarini, hayotni qanday yaxshilash, islohotlarni qanday amalga oshirish, O‘zbekiston deb atalmish mustaqil davlatning ertangi hayotini qanday barpo etish borasidagi g‘oyalarini ilgari suradi”. Saylovlar fuqarolarga hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini haqiqiy mazmun-mohiyatini anglashga imkoniyat beradi. Faqatgina saylovlar orqali xalqning ko‘pchiligining irodasi aniqlanadi, uning asosida esa demokratik hokimiyat yaratiladi.

O‘zbekistonning hozirgi saylov qonunchiligida asosiy xalqaro saylov andozalarining barchasi implementatsiya qilingan. Avvalo, Konstitutsiyamizda va milliy saylov qonunchiligimizda, xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunda (yangi tahriri) saylov xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishining oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi ekani qayd etiladi.

Fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash (faol saylov huquqi) va saylanish (passiv saylov huquqi) huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uni amalga oshirish tartib- qoidalari saylov qonunchiligida aniq belgilab qo‘yilgan. Bunda saylash va saylanish huquqlari, saylovlar tartibi, shu bilan birga, saylov huquqlari va erkinliklarining cheklanishi bilan bog‘liq masalalarning qonunchilik asosida tartibga solinishi insonning umum e’tirof etilgan huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy kafolatlarini chegaralab qo‘ymaydi. SHuningdek, bu boradagi milliy qonunlarni amalga oshirishda hech qanday kamsitishlar ko‘zda tutilmasligi e’tiborga olingan.

3. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya - ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy- huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi.

"Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan, ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda", deb ta’kidlaydi yurtboshimiz "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida.

SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda YUrtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. SHu bois korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar ishtirokida muhokama etilgan. Unda korrupsiyaga qarshi xalqaro va milliy kurash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurash olib bormas ekanmiz, u tobora chuqur ildiz otib boraveradi. Birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi muammolar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish va cheklash mumkin, ikkinchidan esa, bu muammolarni echishga korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy kurash olib borish ko‘maklashadi.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling