Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi


Download 112.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi112.03 Kb.
#1558139
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza-26



Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi 
Tinglovchiga asarnning g‗oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi 
fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini etkazish ifodali o‗qish 
oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifadir. Shu maqsadda har bir talaba ifodali 
o‗qishning o‗ziga xos xususiyatlarini mukammal o‗rganishi kerak. Uni puxta 
o‗zlashtirgan kishining nutqi ravon, shirali bo‗lib, o‗z fikrini tinglovchilarga to‗g‗ri 
va izchil etkaza oladi. To‗g‗ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda 
o‗qilavermaydi. Har qanday asarni ifodali o‗qish uning janr xususiyatlari va 
kompozision tuzilishiga ko‗ra belgilanadi. O‗qituvchi asarni ifodali o‗qisha 
kirishishdan oldin uning g‗oyaviy mazmunini, obrazlar tizimini va badiiy 
xususiyatlarini chuqur o‗rganishi lozim. She‘riy asarlarni ifodali o‗qishning o‗ziga 
xos xususiyatlari o‗qiladigan asarning janri, ritmi, qofiyalanish tartibi va band 
qurilishiga bog‗liq. Ma‘lumki, nutq tafakkur mahsulidir. Kishi fikri yoki maqsadini 
ikkinchi bir kishiga so‗zlar vositasida etkazib, o‗zaro fikr almashadi,aloqada 
bo‗ladi va kayfiyatini ifoda etadi. fikr – tuyg‗ular, maqsad-intilishlar, his-
hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishi orqali ham etib boradi. Muayyan istak
niyat-intilish, haakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovlanishlariga 
intonatsiya deyiladi. 
Ifodali o‗qish jarayonida intonatsiyaning ahamiyati katta. Badiiy asarda 
intonasiya orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichik kechinmasi ifodalanadi. 
Ayniqsa, poetik asarlarning ritmik ohangdorligini tinglovchiga etkazishda 
intonasiya katta rol o‗ynaydi. Intonasiyaning muhim xususiyatlaridan biri 
shundaki, ta‘kidlanganidek u asar mazmuni, avtor maqsadi, fikr-tuyg‗usi hamda 
kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. 
Qadimgi dunyoning mashhur so‗z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq 
jarayonida ohang eng muhim va eng ta‘sirchan vosita ekanligini ta‘kidlab bunday 
deydi: Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchilaming e‘tiborlarini 
o‗ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki jonga tegmaydigan, ko‗ngil 
qolmaydigan huzurbaxsh bo‗lsin. Shu ma‘noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy 
vositasi bo‗lib, inson hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks 
ettirishga xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg‗ular, nozik 
kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin. Nutq jarayonidagi 
fikr-tuyg‗ular, maqsad va intilishlar, his-hayajonlar boshqalarga ovoz tovlanishlari 
orqali yetib boradi. Muayyan istak, niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga 
keluvchi ana shu ovoz tovlanishlari (ovoz o‗zgarishi) intonatsiya deyiladi. Badiiy 
asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she‘riy asarlarda misralaming 
joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar mazmuni, muallif maqsadi, 
fikr-tuyg‗usi va kayfiyatidan tabiiy ravishda kelib chiqadi. Asar g‗oyasini 
tushunishda intonatsiyaning o‗mi, ayniqsa, dramatik asarlarda o ‗ziga xoslik kasb 
etadi. Badiiy asarlarda intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‗azab, ta‘kid 
kabi turli his-tuyg‗ularni ifodalaydigan ko‗rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi va 
shoirlar ko‗pincha nutqning emotsional ta‘sirchanligini yanada oshirish uchun 
xitob, undov va so‗roq mazmunini ifodalaydigan intonatsion-sintaktik gap 
qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bunday nutq emotsional-ritorik 


intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli nutqda qo‗yilgan so‗roqlarga notiqning 
o‗zi javob bersa, badiiy nutqda emotsional-ritorik so‗roqlarga hech kim javob 
bermaydi. Shoir ritorik so‗roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish 
uchun foydalanadi. Bu turdagi asarlami ifodali o ‗qish ijrochidan puxta 
tayyorgarlik va aktyo‗rlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltirilgan 
doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin namunasidir:
Nazrul Johil olomonga Qaradiyu oh chekib, 
O‗zni otdi tik maydonga Yoqasini chok etib. 
Faryod qildi: ―Ne vahshat bu?! Bas, xaloyiq! 
Qotillikni to‗xtat, hindu, G ‗azotni qo‗y, musulmon! 
Hind, musulmon - Birodarmiz, Farzand Odam Atoga! 
Haq oldida barobarmiz, Ayting, Ne bor nizoga?! 
Xunrezlik qil demagan-ku, na Vedayu, na Qur‘on! 
Tig‗ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? 
(Erkin Vohidov. ―Ruhlar isyoni‖) 
Parchadagi Qotillikni to 'xtcit, hindu! Haq oldida barobarmiz, Ayting ne bor 
nizoga?! Tig‗ uradi nega hindu, Bosh kesadi musulmon? kabi undov va so‗roq 
gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham ushbu 
misralami ifodali o‗qiyotganda bo‗layotgan xunrezliklarga kuchli taassuf, afsus va 
nadomat ohanglari sezilib turishi lozim. Badiiy asarda syujet voqealari
personajlaming ruhiy holatlari o‗zgarib, goh osoyishta, goh jo ‗shqin bo‗lib turgani 
uchun, badiiy tilda bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo‗lgan mazmunga qarab 
turlanib turadi. Bayon ohangining o‗zgarib turishini ta‘kidlaydigan bunday 
vositalarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik xitob 
kabi stilistik usullar kiradi. Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri 
inversiyadir. 

Download 112.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling