Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi


Download 112.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi112.03 Kb.
#1558139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Maruza-26

Inversiya lotincha so‗z bo‗lib, joyni almashtirish degan m a‘noni bildiradi. 
Inversiya - nutq bo‗laklarining grammatik normadan tashqari holatda qo‗llanishiga 
asoslangan stilistik usullardan biri hisoblanadi. O‗zbek tili stilistikasi qoidalariga 
binoan, ega sostavi jumlaning boshida, kesim sostavi esa, oxirida kelishi lozim. 
Ammo ba‘zi hollarda m uallif ma‘lum so‗zlarni ta‘kidlash va ularning ta 
‘sirchanligini oshirish niyatida nutqda so‗zlarning grammatik qoidaga muvofiq 
bo‗lgan o ‗rnini ataylab almashtirib qo‗llaydi. Shu m a‘noda, ta‘kidlanmoqchi 
bo‗lgan fikrga mantiqiy urg‗u berish, uni kuchaytirish va asar ta ‘sirchanligini 
oshirishda inversiyaning ahamiyati kattadir. Masalan:
Seni deb etaging tutdim men endi, 
Boshqaning bahridan o‗tdim men endi, 
Sen na yo‗lda bo‗lsang, ketdim men endi, 
Sening bilan vatan etdim men endi. 


(―Ravshan‖ dostonidan) 
Keltirilgan misralaming odatdagi tartibi quyidagicha bo‗lishi lozim edi: Men 
endi seni deb etaging(ni) tutdim. Men endi boshqaning bahridan o ‗tdim. Men endi 
sen na (qaysi) yo‗lda boMsang, (o‗sha yo‗ldan) ketdim. Men endi sen bilan bir 
vatan etdim. She‘riyatdagi bu usul tasodifiy bo‗lmasdan, balki shoiming asar 
g‗oyasini yorqin aks ettirish niyati bilan, shuningdek, qofiya, radif, turoq, vazn 
talabi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Takror san‘ati ham intonatsiyani yuzaga 
keltiruvchi badiiy vositalardan biridir. Badiiy asarda bir so‗z yoki bir necha so‗z, 
ba‘zan esa, butun bir satr takrorlanadi. Bu usul ma‘lum bir fikr va tuyg‗uni yorqin 
ifodalash bilan birga, ta‘simi kuchaytirish va intonatsiyani bo‗rttirib ko‗rsatishga 
xizmat qiladi. Masalan:
Senda, senda, sendadir yurak, 
Ammo dilni tark etmas havas. 
Botimi, ayt, qanaqa ko‗mak 
Yovlaringdan aylaydi xalos? 
(Usmon Azim) 
Suvsiz cho‗lda mard Hasan Yakka ketib boradi
Suvsiz cho‗lda mard Hasan 
Obro‗ ber deb keladi. 
(―Ravshan‖ dostonidan) 
Asablar, 
Asablar, 
Asablar... 
Sababsiz sochilgan g‗azablar. 
Gunohsiz chekilgan azoblar. 
Ko‗z yoshlar... 
Bariga sabablar 
Asablar, asablar, asablar. 
(Erkin Vohidov) 
Demak, ifodali о‗qish jarayonida asar tarkibidagi bunday mantiqiy urg‗u 
olgan takroriy so‗zlarga alohida e‘tibor va ulami o‗ziga xos intonatsiya bilan 
talaffuz qilish lozim bo‗ladi. Ritorik murojaat nido, xitob shaklidagi stilistik 
usullardan biri bo‗lib, shoiming poetik nutqda tantanavorlik, ko‗tarinkilik, 
g‗azabkorlik, kesatish ohanglarini ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimizning dalili 
sifatida Erkin Vohidovning ―Ruhlar isyoni‖ dostonidan bir parcha o‗qib ko‗raylik. 
Jangni qo‗ying, odamlar! 
Sizning asli yovingiz kim?! 


Bilib qo‗ying, odamlar! 
Ular uzoq yurtdan kelib
Yerga bukib shonimiz, 
Bizni bizga dushman qilib, 
So‗rmoqdadir qonimiz. 
Bosqinchining 
Qadimdanoq 
Falsafasi ayondir, 
El ichida bo‗Isa nifoq, 
Demak, zolim omondir. 
(Erkin Vohidov) 

Download 112.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling