2-joriy nazorat savollari


Download 28.01 Kb.
bet3/3
Sana07.01.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1082718
1   2   3
Bog'liq
Yoqubjonov Sardorbek falsafa2

Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. Global muammolar avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda global muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muammolari deb ataladi hamda ularning yechimini topish yo‘lida barcha davlatlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga muvofiq.

Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tufayli yagona global tizim sifatida shakllanishi, fan-texnika inqilobi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat.


Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; ekologik muammo; rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; demografik muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mamlakatlardagi demografik inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika 
muammosi, xomashyo resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi; millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga kiritiladi, masalan, favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi.

5.Mantiq ilmining qonunlari



Mantiqiy qonunlar - insonning tafakkuriga, fikr yuritish jarayoniga xos boʻlgan qonunlar. Mantiyey qonun tushunchasi fikrlar orasidagi zaruriy bogʻlanishni anglatadi. Mantiqiy qonunlar faqat tafakkurda amal qiladi va fikrning toʻgʻri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz asoslangan boʻlishini taʼminlaydi. Tafakkur qonunlari obʼyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan, ularda insonning ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatining koʻp asrlik tajribasi qayd etilgan. Mantiqiy qonunlar mantiq ilmida oʻrganiladi. Mantiqiy qonunlar, asosan, toʻrtta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni (baʼzi adabiyotlarda ziddiyatsizlik qonuni deb ataladi), uchinchisi istisno qonuni, yetarli asos qonuni. Ulardan dastlabki uchtasini Aristotel birinchi boʻlib taʼriflab bergan. Turtinchisini V. Leybnits kashf etgan. Mantiqiy qonunlarga amal qilish voqelikni bilishning muhim shartlaridan biri boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam beradi.
Mantiq dalil keltirish va xulosa chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy tadqiqotdir. Formal fan sifatida mantiq abstrakt unsurli tizimlarni tadqiq etadi, bu unsurlar taʼkid yoki argumentlar boʻlishi mumkin. Mantiq muammolari oʻzi ichiga paradokslar, xatolar, sabab va oqibatlar orasidagi bogʻlarga oid savollarni oladi. Mantiq — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. Mantiq oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda mantiq falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida mantiq masalalari dastlab Parmenidning „Tabiat toʻgʻrisida“ asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib mantiq oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning „Kategoriyalar“, „Talqin haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Sofistik raddiyalar haqida“, „Topika“ nomli asarlari mantiq masalalariga bagʻishlangan. Aristotel mantiqni „maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi“, „chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi“ fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng mantiq, asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham mantiq ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va mantiq mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Farobiy oʻzining „Mantiqqa kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi“ asarlarida mantiq masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, mantiq insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning „Kitob ashshifo“, „Kitob annajot“, „Donishnoma“ asarlarida mantiqga doir fikrlari bayon etilgan. „mantiq bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir“, degan edi Ibn Sino. U mantiq ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning mantiqga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiq ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida mantiq masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati doirasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa mantiq ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa mantiq shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. Mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.
Mantiq tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonun qoidalar yigʻindisini oʻrganadi. Mantiqning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. Mantiq ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkurdir Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (qarang Isbot). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Yetarli asos qonuni, Uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang Induksiya, Deduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.
Hozirgi paytda mantiqning formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq kabi yoʻnalishlari bor. Formal mantiq tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik mantiq tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy mantiqning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Y. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv mantiq lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal mantiq kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
Oʻzbekistonda mantiq masalalari bilan dastlab mantiq Mantiq Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, mantiq Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa mantiqga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.
Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling