2. Kichik biznes va tadbirkorlik va uning rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 49.16 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1626094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
TURKSHUNOSLIK FAKULTETI

O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida biznes va tadbirkorlik fanidan
Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish
bo’yicha jahon tajribasi”
mavzusida yozilgan

Kurs ishi

Bajardi:Ikromjonov Umidjon
Ilmiy rahbar:Rashidov Javohir

Toshkent-2023

Kichik biznes va tadbirkorlik va uning rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar

Respublika ijtimoiy iqtisodiy-rivojlanishi bozor munosobatlariga asoslangan bo‘lib mulkchilik munosobatlarida shakllanmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektorining ulushi ortib unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez sur’atlarda o‘sib borishi kuzatilmoqda. Respublika Prezidenti tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Tadbirkorlik - ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlaming yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik to‘g‘risida” gi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdi”. Tadbirkorlikning mohiyati shundan iboratki birinchidan, 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 0‘zbekiston Respublikasida “Tadbirkorlik to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan qonunga zid bo'lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.


Tadbirkorlik faoliyatining uch turi bo‘lib, unga mos ravishda tadbirkorlaming 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin: 1. Yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi. 2. Tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar. Tadbirkor tovami sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. 3. Maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turi bo‘lib: a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qiladi; b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sogiikni saqlash) erishishni maqsad qilib qo‘yadigan turlarini ko‘rsatish mumkin.
Tadbirkorlikning o ‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib ular quyidagi lardan iborat: shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilim saviyaga egaligi; tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati; iqtisodiy jarayonlami chuqur fikrlay olish; qonunlardan samarali foydalanish; innovatsiyalami amaliyotga qo‘shish; maqsad sari intilish; tashkilotchilik; tejamkorli bo‘lish, o‘z so‘zining ustidan chiqish; ruhiy pok va halol; jamoasi uchun fidoyi kurashuvchan bo‘lishi kerak. ' Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: Mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti sharoitida uch jihati bilan belgilanadi: egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la xo'jayinlik qilish, sotish, (ijaraga berish), hadya etish; Mulkdan foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida m a’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish; Tadbirkor o‘z qobiliyatini ko‘rsatish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklami; mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; hamkorliklami mustaqil tanlash; mablag1 lami qonunga zid bo‘lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligini beradi. Bozoming ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, m a’lumotlar, ish kuchi, xom-ashyolardan foydalanish uchun to‘siqlar yo‘qligi. Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunda tijorat banklari; tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari; tijorat tavakkalchiligi va mulk sug'urtasi; m aium ot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va h.k. Tadbirkorda huquqiy kafolatning mavjudligi: tadbirkorlikni huquqiy himoya qiluvchi davlat korxonalarinig mavjudligi. Yangi tadbirkorlik korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit berish, soliq to‘lash, tabiiy boyliklardan foydalanish uchun davlat tomonidan imtiyozlar berilishi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik biznes yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Biznes» so‘zi ingilizcha so‘z bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati yoki kishilaming foyda olishga qaratilgan faoliyatidir .
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etildi
Baho berishda korxonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi asosiy mezonlardan biri boʻlishi kerakligi belgilandi. Yaʼni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari rahbarlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilmoqda.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.
Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes subyektlari va yirik korxonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini keng yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmoqlari oʻrganilganda tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani maʼlum boʻlgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari oʻtkazish, mahsulot va xizmatlar oʻz egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portali"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda tadbirkorlik rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun yer ajratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, 3 ming 500 gektar maydon "Yer-elektron" axborot tizimiga taqdim etilgan boʻlsa-da, shundan 1 ming 300 gektari yoki 37 foizi savdoga qoʻyilgan, xolos.
Shu bois, mutasaddilarga yer ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarini tubdan soddalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Banklarning tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, yaʼni tuman-viloyat-respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, tadbirkor kredit ololmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti.
Shu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar boʻyicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini kuchaytirish muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda.
Hokimliklar buziladigan binolarning oʻrnida yangi korxonalarni qurish boʻyicha investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini taʼminlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.
– Barcha hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya toʻlash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda sud tizimining kichik biznes subyektlari murojaatlariga yondashuvi xususida ham soʻz bordi.
Maʼlumki, xorijiy tajribada 70 foiz nizolar sudgacha hal etiladi. Chunki ishlarni sudda koʻrib chiqish katta xarajat va koʻp vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Adliya vazirligi, Oliy sud va Savdo-sanoat palatasiga muqobil hakamlik sudlari faoliyatini va mediatsiya institutini kengaytirish masalalarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik koʻrsatilgan sohani yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblanadi
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.


Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish


Kichik biznesni moliyalashtirish dasturi doirasida bank sizning e’tiboringizga biznes uchun keng ko‘lamdagi kreditlarni taklif etadi. 
Kreditlarimizning turlari biznesni rivojlantirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan masalalarni hal qilishga imkon beradi. 
Kredit taqdim etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda Ipoteka-bank mijozning haqiqiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bunda e’tibor rasmiy ko‘rsatkichlarga emas, balki moliyalashtirish nazarda tutilgan biznesning rivojlanish istiqbollariga qaratiladi. 
Har bir shaxsga bo‘lgan alohida yondashuv Ipoteka-bankka kichik biznes sub’ektlari uchun eng qulay shartlarda kreditlarni taklif qilishga imkon beradi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi bozor kon’yunkturasi va qarzdorning moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Foizlar kredit qarzdorligining qolgan qismiga hisoblanadi, bu mijozlarga qo‘shimcha xarajatlar amalga oshirmaslikka imkon beradi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirib borishi jarayonidagi turli mulk va xo’jalik yuritish shakllarining keng taraqqiyoti ular moliyaviy faoliyatini ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish maqsadlarida takomillashtirishning muhim, dolzarb muammo ekanligini isbotlamoqda. Yurtimizning istiqboli bozor xizmat tarmoqlarini shakllantirish bilan, kelgusida mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish, yakkahokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish,
raqobat muhitini vujudga keltirish bilan uzviy bog’liqdirki, bozor munosabatlarini shakllantirish yuzasidan iqtisodiy islohotlar mazkur vazifalarining ijobiy hal etilishi korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil etishning bozor talablariga javob beruvchi holatidan ham kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kichik biznes va turli tadbirkorlik shakllarining taraqqiyotida ular moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari, tarkibi va rivojlanish asoslarini o’rganish muhimdir.
Kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim
etish mexanizmlarisezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik
subyektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona
deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan
emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.
Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida kichik korxonalar moliyaviy faoliyatining mazmunigina emas, balki ularning vazifalari ham tub o’zgarishlarga duch keldi. Shu munosabat bilan ishning mazkur qismida biz bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyatini tashkil
etishning asosiy vazifalarini kompleks holda ko’rib chiqishga harakat qildik.
Bizning fikrimizcha, “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati”
tushunchasini tor va keng ma’noda ifodalash mumkin. Tor ma’noda kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati alohida olingan kichik korxona, xususiy firma yoki tadbirkorlikning boshqa shakllari moliyaviy faoliyatidan iborat. Buma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi “kichik korxonalar moliyaviy faoliyati”, “xususiy firmalar moliyaviy faoliyati” va h.k. tushunchalar bilan bir xil mazmunni ifodalaydi.
Keng ma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan, bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyatini ifodalaydi. Mazkur tushunchaning keng ma’nosi uni tor ma’nodatushunishnito’latarzda o’z ichiga oladi.
Shu asosda kichik biznes korxonalari moliyasini korxonalar
va xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etishmumkin.
O’z mohiyatiga ko’ra ular davlat tomonidan tartibga solib turiladigan pul
munosabatlari bo’lib, mazkur munosabatlar kichik biznes korxonalarining hududiy va umumdavlat extiyojlari, fondlari va moliyaviy resurslarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladi.
Uncha ko'p bo'lmagan yangi ishbilarmonlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan
ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham, tashqi manbalarga
muhtoj bo'ladilar. Pul resurslarining 4 ta toifasi mavjud:
1.Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi
hisoblanmaydi, haqiqatan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning yetkazib
beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan
muddatlarda to'lash sharti bilan.
2.Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi
kreditlar maxsus maqsadlar - muddatli kreditlar ehtiyot sifatida kelgusi mavsumda
sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga yetmasdan uziladi.
3.Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani
kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.
4.Aksionerlik investorining qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz
vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib
aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz.
Pullarni qayerdan olish mumkin? Moliyaviy ta'minotning imkonli manbalari
quyidagilardir:
• tijorat banki;
• moliyaviy kompaniyalar;
• investitsion kompaniyalar;
• investitsion fondlar;
• kredit idoralari;
• xaridorlar;
• mahsulot beruvchilar;
• do'st va tanishuvlar;
• xayriya tashkilotlari;
• trans kompaniyalar va banklarning trast bo'linmalari;
• davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik bimesni qo'llabquvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar;
• ishlovchilar;
• dastgoh ishlab chiqaruvchilar;
• sug'urta kompaniyalari;
• nafaqa fondlar;
• xususiy investorlar;
• moliyaviy maslahatchilar.
Kimga va qayerga murojaat qilish kerak?
Keng tarqalgan moliyaviy manbalar:
Banklar-banklardan ssuda olish nihoyatda sodda. Sizga pul savdo operatsiyasi
o'tkazish uchun bemalol, ammo yangi korxona bunyod etish uchun bemalol emas.
Demak bankni ishontirish kerak. Bu ishda ishlab chiqarilgan biznes reja qo'l
keladi. Quyidagi masalalarga alohida diqqat-e 'tibor qilish kerak:
• Olingan vositalar qanday ishlatiladi?
• Qarz qanday qilib to'lab beriladi?
• Kredit olish uchun qanday ta'minot taklif etilishi kerak.
• Tanlangan faoliyat uchun zarur tajriba va tayyorgarlikka egalik.
• Boshqaruv xodimlarining va yetakchi mutaxassislar ishi qanday?
• Ushbu biznes sohasining uzoq muddatli kelajak taraqqiyoti qanday?
Investitsion fondlar hissadorlik yuqori o'sish potensialiga ega, kichik
korxonalar kapitaliga badallar to'lash mumkin. Ko'plari aniq tarmoq,
texnologiyalar bo'yicha yoki ma'lum hajm uchun investitsiya loyihasiga
ixtisoslashadilar. Ular bilan kelishuv paytida quyidagilarni esda tutish zarur:
investitsion fondni bir kunda ko'rib chiqish uchun 30 dan ortiq buyurtmani va biznes-rejani qabul qilish mumkin, ulardan 10 % gina o'qib chiqiladi. O'qib chiqilganlardan faqat bir nechasigina yana davom etib o'qish uchun jo'natiladi va juda ozlari moliya olishi mumkin.
Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning strategik yo'nalishlarining alohida
yo'nalishi bo'lib, resurslarni va imkoniyatlarni rivojlantirish uchun ichki firma
orientatsiyasi sifatida ko'riladi
Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning yo'nalishini va yangi imkoniyatlarni
o'rganishga intilishni anglatadi va shuning uchun firmaning innovatsionlik, xavfxatarni va proaktivlikni qabul qilish tamoyillari orqali o'zini namoyon qiladi.
Tadqiqot ishlariga katta e'tibor qaratib, tadbirkorlarga yo'naltirilgan jarayonlarning yuqori darajasiga ega bo'lgan firmalar yangi tashkiliy shakllar va atrof-muhit
konfiguratsiyalarini yaratishda tajribaga ega va bozor mexanizmlarini o'z
manfaatlariga moslashtira oladi. Tadbirkorlik yo'nalishini kapitalizatsiya qilish orqali firmalar biznes hamkorlari bilan loyihalarni amalga oshirishda yuqori tendentsiyani rivojlantiradi. Hamkorlik yo'li bilan olingan resurslar yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorning ta'sirchanligi kabi qobiliyatlarni yaratishi mumkin. Natijada, firmalar ichida ishlab chiqilgan qobiliyatlar raqobatbardosh ustunlikni va ish faoliyatini oshiradi.
Davlat va jamiyat tashkilotlari. Bugungi kunda kichik biznesni qo'llashni
o'zlarining asosiy vazifasi deb hisoblaydigan davlat vajamiyat tashkilotlarining soni ko'paymoqda. Ular faqat moliyaviyyordam qilmasdan, balki (qoida bo'yicha imtiyozli kredit shaklida), xodimlarni o'qitish va boshqa ishlarda yordam beradi.
Bu kabi tashkilotlarga qo'llash uchun murojaat qilishdan oldin ularni o'ziga
xos talablarini bilish kerak, ko'plari ular uchun kerakli sohalardagi kichik
korxonalarga yoki alohida ijtimoiy guruhlarga zaxiraga bo'shatilgan harbiylarga yordam ko'rsatadi.
Kapitalni jalb qilishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, ixtirochi
investorlar guruhidan moliya olish mumkin, buning uchun u agar ishi yurishmay, qolganda o'zining ishlab chiqqan texnologiyasiga egalik huquqini ularga topshirishi kerak. Xorijiy rnoliya manbalari mavjud. Masalan, xorijiy firmalar, ular
boshqa davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlarini faol o'rganmoqdalar.
Kichik biznesning ishbilarmonlik tarkiblarini kredit bilan ta'rninlash - bu
ularga rnoliyaviy pul yoki tovar shaklidagi vositalarnima'lum muddatga xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun berishdir.Kredit bilan ta'minlashni quyidagi turlari mavjud:
• Xo'jalik yurituvchi subyektlarga pul ssudalarini yoki tovarni kapital o'rnida
to'g'ridan-to'g'ri berish shakli.
• Hisob-kitob turlaridan biri sifatida kredit bilan ta'minlash, ya'ni to'lov
muhlati uzaytirilganligi hisobi bilan.
Bu yerda “Kredit” tushunchasi keng ma'noga ega. Birinchidan: Kredit to'lash va foiz to'lash sharti bilan ssuda ko'rinishida pul yokitovar shaklida bo'lishi mumkin. Yuridik yoki jismoniy shaxslar qarzgavosita beruvchilar - kreditorlar, oluvchilar - zayomchilar deb ataladi. Kreditning asosiy vazifasi pul vositalarini qaytarib berish sharti bilankorxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar orasida taqsimlash vavaqtincha bo'sh pul mablag'larini samarali ishlatishdan iboratdir.Kreditni boshqa vazifasi bu haqiqiy pullarni kredit pullariga (banknotlar) va kredit operatsiyalariga (naqd pulsiz hisob-kitobga) almashtirishdan iborat. Ikkinchidan:Kredit o'zini ssuda
kapitali harakati shaklida namoyon etadi. Pul yoki tovar shaklidagi ssuda
qaytarilishi va to'lovlisharti bilan kreditor va zayomchi orasidagi iqtisodiy
munosabatni aksettiradi. Kichik biznesda kredit bilan ta'minlash keng shakllarda tasavvur etiladi, bu yerda quyidagi kreditlar ishlatiladi: tijorat, bank,davlat, iste'molchi, xalqaro. Ularning hammasi kredit berilish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (bir yildan uchyilgacha) va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) bo'lishi mumkin. Tijorat krediti - tovar shaklida (beriluvchi) sotuvchilar tomonidan xaridorlarga beriluvchi kredit bo'lib sotilgan tovarni qiymatini orqaroq surishdan iboratdir. Natijada hisob-kitoblar veksel yoki ochiq hisob bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda xaridor tovar hujjatlariniolganidan so’ng o'tkazilish sotuvchi tomonidan qo'yilgan vekselni (trattani) talaffuz etadi yoki oddiy veksel rasmiylashtiradi. Ikkinchi holatda sotuvchi xaridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo'yicha hisob ochadi. Qarzni uzish davriy to'lovlar sifatida qisqa muddatlarda (1-2 oy) amalga oshiriladi. Tijorat kreditiga bo'lgan zarurat kapitalni ishlatish va muomala vaqtini bir-biriga to'g'ri kelmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu yerda tovarni kreditga sotish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga yordamlashadi, kapitalni aylanishini tezlashishini va foydani ko'payishini ta'minlaydi. Ushbu shakldagi kredit odatda qisqa muddatli bo'ladi.
Bank krediti-ishbilarmon va korxonalarga pul ssudasi ko'rinishida beriladi. Bank ssudasi- bu korxona, tashkilotlarning alohida fuqarolaning vaqtincha bo'sh vositalari bo'lib bank tomonidan shartnoma asosida, ularning roziligi bilan jalb qilinadi va ssuda fondi tashkil bo'ladi. Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o'z ichiga quyidagilarni oladi. Kredit turi, miqdori, uning berilish tartibi va muddati, kredit berish sharti, foiz to'lovining miqdori, bar ikkala tomon javobgarligi, kreditor va zayomchilarto'g'risidagi ma'lumotlar.
Kichik biznes taraqqiyoti uchun Davlat krediti davlat budjetidan eng muhimi
zamonaviy ishbilarmonlik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha tasdiqlangan
dasturlar asosida beriladi.
Iste'mol krediti- bu kredit shaklida qarz oluvchi sifatida yuridik shaxs, qarz
beruvchi sifatida kredit idorasi, korxona va tashkilot chiqishi mumkin. Bu kredit shakli xalqning iste'mol talabini qondirish vositasisifatida xizmat qiladi va pul yoki tovar shaklida bo'lishi mumkin.
Xalqaro kredit- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasi bo'lib, u turli
davlatlar kreditorlar va qarz oluvchilari orasida ssuda berish, ishlatish va uni uzish bo'yicha foiz to'lash bilan amalga oshiriladi. Bu turdagi kredit kichik biznesni taraqqiyot toptirish uchun davlatlararo banklar va frrmalar tomonidan xalqaro yordam shaklida beriladi. Xalqaro kredit o'lchami va uni berish sharti kredit beruvchi va oluvchilar o'rtasidagi kredit shartnomasida o'z aksini topadi. Firmaning nuqtayi nazarida berish va ta'minlashda quyidagi kreditlar bo'lishi mumkin: Tovar, valuta, ta'minlangan (tovar, tijorat hujjatlari bilan va boshqa qiymatlar bilan) va ta'min etilmagan (bank) kreditlar. Qarz oluvchilari bo'yicha kreditlar shaxsiy, davlat vamoliyaviybo'lishi mumkin. Kreditning asosiy shartli hisob-kitob turi bo'lib (to'lash muddati uzaytirilgan hisob) firma krediti, veksel (hisobli) va faktoring hisoblanadi. Firma kredit- bu kredit berish shaklida mol beruvchi va sotuvchi to'lash muddati uzaytirilgan kreditni xaridorga beradi. Bu kabi kredit shaklining birdan-bir misoli mahsulotni iste'molchiga avans berishdir, avans beruvchiga shartnomaga qo'l qo'yilgandan so’ng o'tkaziladi.
Veksel krediti - bu vekselni bank tomonidan sotib olish, (hisobli) veksel
egasidan to'lash muddati kelmasdan sotib olishdir, ya'ni veksel egasi bankdan muddatidan ilgari vekselda ko'rsatilgan pul miqdorini, tijorat to'lovlarini, hisob to'lovini va boshqa xarajatlarni ayirgandan keyingisini oladi. Faktoring- bu aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta'minlashda o'rtada
turuvchining faoliyati turidir. O'rtada turuvchi kompaniya (bank) ma'lum to'lov evaziga ishbilarmonlar tarkibidan xaridorlardan uning hisobiga olinadigan pul mablag'ini olish huquqiga ega bo'ladi (debitorlik qarzini inkassaga qo'shish huquqi). Shu bilan birga o'rtada turuvchi mijozning aylanuvchi vositasini kredit bilan ta'minlaydi va uning kredit va valuta tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi. O'rtada turuvchi tovar sotuvchining o'zaro munosabatlari faktoring bo'yicha shartnoma bilan tartibga solinadi.
Ochiq hisob bo'yicha kredit bilan ta'minlash- bu sotuvchini doimiy xaridoriga ta'min etmasdanva tez foiz to'lamasdan to'lov muddati uzaytirilgan shakldagi kreditidir.
Sotuvchi xaridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash
hujjatlari bilan qarz miqdorini xaridor nomiga ochilgan debet hisobiga o'tkazadi.

Xaridor shartnomada qurilgan muddatlarda o'z qarzini ochiq hisob bo'yicha uzib boradi.
Overdraft - qisqa rnuddatli kreditlash shakli bo'lib banklar amaliyotida
ishlatiladi. U Angliyada paydo bo'ladi. Overdraftning mazmuni shundan iboratki, odatda bankning ishonchli mijoziga ma'lum chegarada cheklar bilan qarz to'lash huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo'ladi, ya'ni debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o'zaro shartnoma tuzib unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan, kichik biznes korxonalari moliya munosabatlarining tarkibi ham yanada o’zgarib boradi. Shuning uchun kichik biznes taraqqiyoti jarayonida uning moliyaviy faoliyati tarkibiy qismidagi o’zgarishlarni tabiiy bir hol sifatida qarash lozim. Kichik biznes taraqqiyoti va moliya munosabatlarini takomillashtirish o’zaro bog’liq muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan keng foydalanishga o’tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning
taraqqiyoti bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim turtki oldi. 

Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalash bo’yicha jaxon tajribasi


Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari ajratmalardir Pul tadbirkorning g'oyasini kashf qilish. Kompaniyani rivojlantirish uchun moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish kerak bo'ladi, mablag'larni olish manbalarini tadbirkor moliyalashtirish usullariga e'tibor qaratgan holda tanlaydi. Biznesning rivojlanishi bilan investitsiyalarning yangi turlari paydo bo'ldi, ular toifalarga bo'lingan.
Tadbirkorlik faoliyatiga pul mablag'larini kiritish nafaqat shaxsiy mablag'lardan foydalanish, balki tashqaridan pul mablag'larini jalb qilishdir, bitim shartnoma bilan tasdiqlanadi va imzo bilan muhrlanadi, u yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatdir.
Pul korxona rivojlanishini ta'minlaydigan turli xil biznes operatsiyalariga investitsiya qilinadi.
Iqtisodiy amaliyot ikkita moliyalashtirish manbasini o'z ichiga oladi:

  1. Ichki manbalar hisobidan jalb qilingan mablag'lar - bu kompaniya foydasidan olinadigan mablag'lar tizimi. Biznes yuritishdan olingan daromadlar moliyalashtirilgan tizimga ega, uchun yanada rivojlantirish korxonalar maxsus vositalardan foydalanadilar. Bular daromad moddalari: qarzlar, zaxira fondlari, sotilgan ko'chmas mulk uchun summalar yoki biznes daromadlari.

  2. Biznesni moliyalashtirishning tashqi manbalari - bu tadbirkor tashqaridan jalb qiladigan moliya. Ushbu toifadagi investitsiyalar investorlar, moliya institutlari yoki qarzga olinishi mumkin. Tashqi moliyalashtirish sub'ekti banklar, davlat organlari, yuridik shaxslar, .

Mablag'larni jalb qilish manbai iqtisodiy kategoriyadir. Iqtisodiy beqarorlik tashqi moliyalashtirishni jalb qilish qobiliyatiga ta'sir qiladi, aksariyat xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ichki zaxiralardan foydalanadilar. Tashkilot federal qonunlarda nazarda tutilgan chegirmalarni amalga oshiradi, shuningdek, kompaniya hisob-kitoblarni, kompaniya xarajatlarini va amortizatsiyani to'lash uchun zarur bo'lgan mablag'larga ega.
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda muassisning mulki hisoblanadi. Daromad biznesni rivojlantirishga taqsimlanadi, bir qismi zaxira kapitali uchun ajratiladi. Amortizatsiya jamg'armalari - bu asosiy kapitaldan foydalanish jarayonida to'plangan pul mablag'lari. Amortizatsiya fondlarining miqdori korxonaning yo'nalishiga, uning ko'lamiga bog'liq.
Ushbu jamg'armalar mehnat jarayonining nomoddiy tarkibiy qismlarini sotib olish, almashtirish uchun ishlatiladi.
Ichki va tashqi manbalar har xil potentsialga ega, shuning uchun har bir kontseptsiyani aniqlagan holda korxonani rivojlantirish uchun moliyani jalb qilish kerak. Biznesni tashqi manbalardan moliyalashtirish - bu tashqaridan mablag' jalb qilish.

  1. Tovar ssudalari - tijorat kreditlash shakllari bo'lib, har ikki tomonning o'zaro kelishuvi bo'yicha qarz beruvchidan qarz oluvchiga tovar o'tkazishni nazarda tutadi. Pul krediti xorijiy valyutadagi kreditlarni o'z ichiga oladi, bank krediti qoidalarga qat'iy rioya qilishni talab qiladi. Moliyaviy muassasa ma'lum bir muddatga mablag' oladi, shu bilan birga kredit olish pullik xizmat, bankka qaytarish kafolati kerak, barcha narsalar shartnomada tasvirlangan.

  2. Ittifoqchi kompaniyalar. Agar kompaniya ittifoqchilar bilan bir xil muammolarga duch kelsa, unda ularning kuchlari birlashtiriladi, shuning uchun ular miqyosdan va umumiy iqtisoddan foyda oladi.

  3. Aktsiyadorlar aktsiyalarni sotadilar, aksariyat korxonalar o'nlab yoki yuzlab aktsiyadorlardan iborat.

  4. Davlat byudjetidan moliyalashtirish, tuzilmalardan mablag' oluvchi tashkilotlar davlat mulki bo'lib, tadbirkorning daromadi emas.

Kredit berish turi o'zaro kelishuv, shartnoma imzolashni nazarda tutadi, hujjat har bir tomonning huquq va majburiyatlarini tasdiqlaydi, ularning munosabatlarini tartibga soladi.
Kreditga bo'lgan ehtiyoj yirik va kichik korxonalarda paydo bo'ladi; davlat organlari tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy xavfsizligini ta'minlash uchun dasturlar taqdim etiladi.
Kreditning manbai fond bozori, xo’jalik yurituvchi subyekt, davlat, mulkdorlar, korxona xodimlari hisoblanadi. Loyihani moliyalashtirishning tashqi manbalari bo'lgan kreditlar keng tanlov va moslashuvchan dasturlarga ega.
Moliyaviy yordam olish - rivojlanish bosqichlarida korxonaga yordam. Egasi e'tiborni qaratib, biznesni moliyalashtirish turlarini mustaqil ravishda tanlaydi ishlab chiqarish jarayoni. Har bir tadbirkor pul olish huquqiga ega.
Federal qonunlar moliyalashtirish turlarini belgilaydi, ega qiyosiy tahlil, eng yaxshi variantni tanlang:

  • qarz berish;

  • lizingni moliyalashtirish;

  • savdo kreditlari;

  • davlat subsidiyasi.

Iqtisodiy faoliyat investitsiyalarni jalb qilishni o'z ichiga oladi. Korxonaga to'liq egalik qilish huquqini saqlab qolish uchun mulkdorlar davlat dasturlaridan mablag'larni jalb qiladilar.
Moliyaviy institutlar kredit operatsiyalarini taklif qiladilar, shartlar shartnomada nazarda tutilgan. Qisqa muddatli majburiyatlar kreditlari moliyalashtirish manbalari reytingida birinchi o'rinda turadi.
Bank kreditlari sanoat sektori, qishloq xo'jaligi xarajatlarini qoplash, ipoteka kreditlarini to'lash uchun ishlatiladi.
Bank orqali moliyalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari mavjud:

  1. Pul mablag'larini olish tezligi, ko'plab banklar bir necha soat yoki kun ichida xizmatlarni taqdim etadilar, kredit miqdoriga bog'liq. Tadbirkor pulni nazorat qiluvchi tomon, investorsiz mustaqil ravishda taqsimlaydi.

  2. Salbiy tomoni qisqa muddat 3 yilgacha qarzni to'lash. Kredit dasturiga ko'ra, bank olingan summaga foizlar qo'yadi, sug'urta mukofotlari amal qiladi. Kreditga qarab, bankdan da'volar qabul qilinadi.




Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling