2. Kichik biznes va tadbirkorlik va uning rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar


Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish


Download 49.16 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1626094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish
Bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Ya’ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.
“Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e’tiborini bir masalaga qaratmoqchiman — mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shunigdek, tergov jarayonida tadbirkorlarning mol-mulkini xatlab qo‘yish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Misol uchun, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trln so‘m).
“Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Bu borada jaxon tajribasi shuni ko’rsatadiki Latviyada Ko‘p sonli portlar, qulay temir yo‘l tizimi, yo‘l almashinuvi va rivojlangan havo qatnovi — bularning barchasi kichik Boltiqbo‘yi mamlakatiga G‘arbiy va Sharqiy mamlakatlar bilan aloqalarni saqlab turish imkonini beradi.


Mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgach, 2008−2009 yillardagi moliyaviy inqirozdan muvaffaqiyatli chiqib ketdi. Va o‘shandan beri tadbirkorlik muhiti tubdan o‘zgardi: bugungi kunda Latviya ochiq bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli tarzda rivojlantirmoqda, hayot sifatini oshirmoqda, yangi bozorlarga chiqmoqda.
2020-yilda Doing Business xalqaro reytingida Latviya biznes yuritish qulayligi bo‘yicha 190 mamlakat ichida 19-o‘rinni egallab, shu tariqa Fransiya va Shveytsariyani ham ortda qoldirdi.
Latviyada chet elliklar tomonidan biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishda hech qanday cheklovlar yo‘q — vakillik ochish yoki kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish oson va arzon.
2021-yil sentabr oyida Riga shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Uning ochilishi ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatish, mahsulotlarni tizimli eksport qilishni tashkil etish yo‘lida qadam tashlash imkonini berdi.
Bundan tashqari, mahalliy tovarlar endi nafaqat Latviya bozorida paydo bo‘lishi, balki undan ham ortiqroq — Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Skandinaviya, shuningdek, Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy Yevropaga ham yetib borishi mumkin.
Latviyadagi biznesning asosiy qismi yog‘ochni qayta ishlash sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida jamlangan. Mamlakatda turli xil mebellar tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p yog‘och resurslari mavjud.
Mamlakatda biznes yuritish uchun ko‘plab egallanmagan sohalar mavjud. Misol uchun, xuddi shu ko‘kat yoki tayyor shisha eksportini olaylik.
Birinchi holatda, ko‘katlar bu siz doimo javonlarda ko‘rishni istaydigan mahsulotdir. Ikkinchisida esa — Yevropadagi ko‘plab shisha zavodlari yopildi, mamlakatda shisha ishlab chiqarish juda ko‘p pul talab qiladi va shuning uchun tayyor mahsulotlarni sotib olish ancha oson.
Qolaversa, dori-darmon, xususan, turli materiallar — paxta, qo‘lqop, doka kabi mahsulotlarga ham talablar yetarli.

Davlat Latviyada biznes ochishga qaror qilgan barcha chet ellik ishbilarmonlarga samarali yordam beradi.


Vakillik ochish yoki kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish oson va arzon. Eng oson yo‘li — MChJ ochish. Buning uchun siz ta’sis nizomini va shartnomani tuzib chiqishingiz kerak.
Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun siz ustav kapitalini ko‘rsatishingiz kerak. Uning standart miqdori 2800 yevro bo‘lib, lekin ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda bir yevroni tashkil etishi ham mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun davlat boji 100 yevrogacha.
Biroq, vaziyatga qarab, ba’zi hujjatlar ba’zan notarius tomonidan imzolanishi kerak. Shunga ko‘ra, bu qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi: notarial xizmatlar, hujjatlarni tarjima qilish va qonuniylashtirish uchun.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling