2. Kichik biznesning bozor
Download 3.2 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.
- Qisqacha xulosalar
- Nazorat uchun savollar
Korxona missiyasi va maqsadi o’rtasidagi farqlar.
5.6-chizma. Ishlab chiqarish potensialini strategik rejalashtirish.Shunday qilib, uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi, kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim ijtimoiy iqtisodiy omillarning o’zaro ta’sir mexanizmini ifodalaydi. Ushbu barcha omillar o’zaro bog’langan bo’lib firmaning aniq reja-boshqaruv natijalariga kom’leks ta’sir ko’rsatadi. Keltirilgan model strategiya rejalashtirishni ko’rsatkichlarini yuzaki shakllantirish jarayoni sifatidagina emas, balki barcha toifadagi xodimlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlik va kelishuvchilik mexanizmi, ularning shaxsiy manfaatlarini korxona umumiy maqsadi bilan bog’lash asosi sifatida ham bog’lagan. Qisqacha xulosalarStrategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishini, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlamog‘i lozim. “O‘sish” – korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o‘zgarishi. Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda tutadi. Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi yoki ko‘zda tutadi. Korxona miqyosidagi strategik echimlarga korxona joylashadigan joyni tanlash, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash, ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirishni, innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish, korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi kiritish mumkin. Nazorat uchun savollar:Iqtisodiy o’sish va rivojlanishni ta’minlashda strategik rejalashtirishning axamiyatini yoritib bering? Iqtisodiy o’sishning qanday shakllari mavjud? Iqtisodiy rivojlanishning qanday turlari mavjud? Korxona miqyosida qanday strategik qarorlar belgilanadi? Strategiya turlari va ularning mohiyatini ochib bering? Strategik jarayon qaysi bosqichlardan iborat bo’ladi? Maqsad va missiya orasidagi farqlar qaysi mezonlar bilan ifodalanadi? KORXONANING BIZNES REJASIREJA: 1. Biznes rejaning mohiyati, maqsadi va vazifalariDownload 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling