2. Korxonaning qisqacha texnologik jarayoni tavsifi
XULOSA Men bu bajargan bitiruv malakaviy ishida men Ibodullayev Sherzod Akram o’g’li Chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonasini
Download 331.1 Kb.
|
Sher d ishi TAYYOR
XULOSA
Men bu bajargan bitiruv malakaviy ishida men Ibodullayev Sherzod Akram o’g’li Chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonasini elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayonida xisobiy yuklamani xisoblashni, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishni, zavodni yuklamasini sexlar kesimi bo’yicha kartogramma orqali qanday taqsimlanganligini, Bosh pasaytiruvchi podstansiyani qayerda joylashishi kerakligini, transformatorlar, liniyalarni tanlashni va qanday kommutatsion apparatlardan foydalanishni ko’rib chiqdim. BPP ni joylashtirishda avval hisob kitob, so’ngra nazariy tekshirishlar orqali uni korxonaning chekka qismiga joylashtirdim. Kondensator batareyalari orqali reaktiv quvvatni kompetsatsiya qilib, loyihani optimallashtirishga erishdim. Bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida men iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’mnillash bo’yicha o’rganlarimni mustahkamladim va bilmagan narsalarimni o’rganib oldim. Ushbu bitiruv malakaviy ishda 2 ta chizmadan foydalandim ular quyidagilar: 1. Zavodning bosh plani. 2. Prinspial chizmasi bilan yuqorida bajargan ishlarni yoritib berdim. 3. Korxonaning elektr ta’minoti va tizimda reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalalari Bu bitiruv malakaviy ishida xar bitta sex uchun aktiv, reaktiv va to’la quvvatlarni xisoblab chiqdim, ularning yoritish quvvatlarini va tg qiymatlarini xam ko’rib chiqdim. Keyingi bosqichda kompensatsiya jarayonida sexlarda kompensatsiya qilinadigan reaktiv quvvat miqdorini aniqladim. Bu jarayonda asosan sexning kompensatsiyaga qadar bo’lgan reaktiv quvvati 50 kVA dan kattalari uchun xisobladim. Elektr yuklamalar kartogrammasida esa kartogramma doira radiusini qiymatini xisoblashda eng katta quvvat va eng kichik quvvatli sexlar uchun m-bitta o’zgarmas masshtab tanlab radiusni xisobladim. BPP ni quvvatini tanlashda barcha sexlarni quvvatlarini yig’indisi xisoblab shunga mos TP tanladim va normal va avariya rejimiga tekshirdim. Kabel liniyasini tanlashda esa Tokni iqtisodiy zichligi bo’yicha va qizish sharti bo’yicha tekshirdim. TP ni tanlashda xam sexni kategoriyasiga qarab bitta yoki ikkita TP tanladim, uni ham normal va avariya rejimlariga tekshirdim. Tashqi elektr tarmog’i kuchlanishini tanlashda iste’molchilarni quvvatiga bog’liq ravishda berilgan shartlar bo’yicha tanladim. Men bitiruv malakaviy ishining asosiy qismida Korxonaning elektr ta’minoti va tizimda reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalalarini ko’rib chiqdim. Korxonaning elektr ta’minoti va tizimda reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni asosan kondensator batareyalari va sinxron kompensatorlar hamda boshqaruv-himoya apparatlari orqali tashkil qildim. Download 331.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling