2. Korxonaning qisqacha texnologik jarayoni tavsifi


CHang o’tiradigan kameralar


Download 331.1 Kb.
bet20/22
Sana19.06.2023
Hajmi331.1 Kb.
#1607141
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Sher d ishi TAYYOR

CHang o’tiradigan kameralar. Bo’lar eng sodda tuzilishdagi chang o’tirgichlardir. Ularning ishlashi chang zarrachalarining o’z og’irligi ta’sirida o’tirishga moslangan.
Inersion chang ushlagichlar ham, markazdan qochma kuchlar ta’sirida chang ajratgichlar turkumiga kiradi. Havo harakati bilan bir vaqtda 5 mkm dan katta bo’lgan chang zarrachalaridan changli havo tozalanadi. Elektr fil’trlar kimyo, metallurgiya korxonalarida qo’llanilmoqda. Ularning changli havoni tozalash samaradorligi yuqoriligi – 90 foiz bo’lganligi uchun to’qimachilik va yengil sanoatda qo’llasa ham bo’ladi.
Elektr fil’trlarning ishlash prinsipi quyidagicha: agar ikkita birinchi uchi o’tkir yoki igna ko’rinishida bo’lsa, elektrodlar orasida elektr maydoni hosil bo’ladi, chunki hamma vaqt havoda ionlar va yerkin elektronlar mavjud. Elektronlar elektr maydon ta’sirida uning kuch chiziqlari bo’ylab harakatga keladi va elektronlar orasida elektr toki oqa boshlaydi.
Oqova suvlar - bu kundalik hayotda va ishlab chiqarish korxonalarida foydalanish oqibatida ifloslangan suvlardir.

  1. Oqova suvlarni qayta ishlash (tozalash)ning asosiy usullari. YOpiq suv aylanma tizimlarni yaratishda, oqova suvni tozalash muhim hisoblanadi, ammo asosiy hal etadigan faktor emas. Asosiysi - turli texnologik operatsiyalar uchun suvning sifatiga bo’lgan talabga qarab suvni tozalamasdan yoki qisman tozalabbir necha marta ishlatishdir. Lokal tozalashda doimo oqova suvni ifloslaydigan foydali mahsulotlarni ajratish va qayta ishlashga e’tibor beriladi

Usullarning sinflanishi. Sanoat va qishloq xo’jalik oqova suvlarini qayta ishlash (tozalash, regeneratsiyalash)ning mavjud barcha usullarini uchta katta guruxga bo’lish mumkin:
1) fizik yoki mexanik usullar, masalan, cho’ktirish yoki fil’trlash, ya’ni aralashmalarni xususiyatini o’zgartirmasdan tozalashga asoslangan usullar;
2).aralashmalarni boshqa ko’rinishga yoki holatga aylantirishga asoslangan usullar. Ushbu katta guruxga quyidagi usullar, ya’ni koagulyatsiya, flotatsiya, kristalizatsiya, oksidlanish yoki qaytarish, hamda membrana jarayonlari, ion almashish, ekstraksiya va boshqalar.
3). biokimyoviy usullar (ayerob va anayerob usullari).
Respublikada ko’rilayotgan choralarga qaramay, yerlarning buzulishi jarayoni kuchayib bormoqda va qishloq xo’jaligida foydalanish uchun yaroqli yer resurslari kamayib ketmoqda.
Erlarning buzilishining (degradatsiya) asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
 kerakli meliorativ tayyorgardliksiz yangi yerlarni o’zlashtirish va foydalanish;
 almashlab ekishni yetarlicha qo’llamaslik;
 sug’orish suvlaridan samarasiz foydalanish;
 yer yuzi suv oqimlariga tozalanmagan kollektor –drenaj va oqova suvlarini chiqarish;
 sug’oriladigan va yaylov yerlarini suv bosishi;
 kollektor – drenaj tarmog’ining yetarlicha rivojlanmaganligi;
 zaharli ximikatlar va mineral o’g’itlardan samarali foydalanmaslik;
 rekul’tivatsiyalash bo’yicha o’tkaziladigan chora tadbirlarning yetarli emasligi;
 yuqori minerallashgan suvlardan sug’orish uchun foydalanish;
 yer va suvdan foydalanishda iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmlarining takomillashmaganligi.
Barqaror rivojlanish, xalqaro tashkilotlar, beqarorlik, YUNEP, YUNESKO, YUNISEF .
Tabiatni muxofaza qilishning asosiy ekologik qonunlari quyidagilardan iboratdir:
1. Insonning ekologik xuquqi eng muhim va ustundir.
2. Davlatlar o’zining maydonidagi tabiiy resurslarga o’zi xo’jayin.
3. Bir davlat o’zining ekologik manfaatini ko’zlab, boshqa davlatlarga ekologik zarar yetkazish man etiladi.
4. Hamma sohalarda ekologik nazorat qilish xuquqi to’g’risida
5. Ekologik ma’lumotlar bo’yicha xalqaro yerkin fikr almashinish bo’yicha.
6. Favqulodda hodisada davlatlararo o’zaro yordam ko’rsatish haqida.
7. Ekologik xuquqiy tortishuvlarni tinch yo’l bilan xal etish to’g’risida.
Biosferada doimiy ravishda tabiiy va antropogan jarayonlar ta’sirida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tabiiy ajarayonlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlar asta-sekin boradi va bu o’zgarishlarga million yillar kerak bo’ladi. Antropogen jarayonlar ta’sirida boradigan o’zgarishlar juda tez bo’lib, bunga bir necha 10 yillar yetarli bo’ladi. Tabiiy jarayonlar ta’sirida bo’ladigan o’zgarishlarni kuzatuvchi va unga baho beruvchi tashkilotlar mavjud bo’lib, ularni geofizik xizmat tashkilotlari deyiladi. Bunday tashkilotlarga-gidrometeorologiya, seysmik, gravitometrik, magnitometrik va boshqa tashkilotlar kiradi. Antropogen jarayonlar ta’sirida ekosistemadagi o’zgarishlarni kuzatuvchi, unga baho beruvchi va salbiy ta’sirlarning oldini olish uchun tadbir choralar ko’ruvchi maxsus xizmat qiluvchi tashkilotlar uyushmasini monitoring deb ataladi (inglizcha so’z monitoring-kuzatuvchi).
Monitoring uyushmasi o’zining kuzatuv ob’yektlariga qarab uch guruxga bo’linadi:
1. Sanitar gigiyenik monitoringi.
2. Ekologik monitoringi.
3. Klimatik monitoringi.
Sanitar gigiyenik monitoring kuzatuv ob’yektiga asosan aholi yashaydigan punktlar kirib, uning vazifasiga shu punktlardagi atrof-muhitni ifloslovchi manbaalarni aniqlash, ifloslanish darajasini belgilash va salbiy oqibatlarga qarshi tadbir-choralar ko’rishdan iborat.
Ekologik monitoring kuzatuv ob’yektiga ma’lum keng maydonni egallagan ekosistemalar kirib, unig vazifasiga shu ekosistemadagi antropogen o’zgarishlarni aniqlash unga baho berish va salbiy oqibatlarga qarshi tadbir-choralar ko’rishdan iborat.
Klimatik monitoring kuzatuvi ob’yektiga butun bir biosfera kirib, uning vazifasiga planetamizdagi ob-havoning o’zgarishini kuzatish, unga baho berish va salbiy oqibatlarga qarshi tadbir-choralar ko’rishdan iborat. Klimatik monitoringda asosan gidrometereologiya kuzatuv markazlari 4 ta blokdan tashkil topgan:
1) Kuzatuv bloki;
2) Ekosistemaning xaqiqiy holatiga baho berish bloki;
3) Holatni taxlil qilish bloki;
4) holatning taxliliga qarab, tadbir-choralar ko’rish bloki.


Download 331.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling