2. Korxonaning qisqacha texnologik jarayoni tavsifi
Download 331.1 Kb.
|
Sher d ishi TAYYOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotsenozlar va ekotizimlar.
Biosfera va koinot. yerning tirik qobig’i biosfera osmon, ya’ni kosmosdan kelayotgan cheksiz nurlanishlarni qabul qiladi. Bu nurlarning ichidabizga ko’rinadiganlari ya’ni yorug’ nurlar juda kam miqdorni tashkil etadi. Quyoshdan tarqaladigan ul’trabinafsha, ya’ni qisqa to’lqinli nurlarning asosiy qismi strastosfera qatlamida ushlanib qoladi. Bu nurlar yoki nurlanishlar natijasida magnit maydonlar o’zgaradi, molekulalar hosil bo’lishi, ionlanish jarayonlari yuz beradi, gazlarning yangilanishi sodir bo’ladi, yangi kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi, shimol yog’dusi va turli xil tabiiy o’zgarishlar vujudga keladi.
Infraqizil- uzun to’lqinli issiqlik nurlanishlar yerda hayot bo’lishini ta’minlab, ular mexanik, kimyoviy, elektr va boshqa tur energiyalarga aylanadi. Bo’lar asosan fotosintez jarayonida organizmlarning hayoti, shamolning harakatida, dengiz oqimini vujudga kelishida, daryolarni oqishida, qoyalarni buzilishida, yomg’irlarni yog’ishida namoyon bo’ladi. Biotsenozlar va ekotizimlar. Sayyoradagi barcha o’simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa fitotsenoz deyiladi, xuddi shunday hayvonlar jamoasi zootsenoz deyiladi. Biotsenoz (lotincha «bios»- hayot, «tsenoz»-umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Masalan: o’rmon, dasht, cho’l, chumolilar uyasi va boshqalar biotsenozga misol bo’la oladi. Biotsenoz biogeotsenozning tarkibiy qismidir. yer sharida turlicha yashash sharoitlari mavjud bo’lib, ular ma’lum darajada ajratib olingan holda, turlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda qo’l keladi. Ana shunday yashash sharoitlari biotop deb ataladi. YAshash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har-xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim (ekotizim) deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi. Download 331.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling