2. Korxonaning qisqacha texnologik jarayoni tavsifi
Download 331.1 Kb.
|
Sher d ishi TAYYOR
Tabiiy resurslar.Resurs so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, o’zbek tilida «yashash uchun vosita» degan ma’noni anglatadi. Tabiiy resurslar jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqaruvchi vositalar orqali ta’sir qiladi. Demak inson tabiiy resurslarsiz ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshira olmaydi.
Tabiiy resurslarni sinflanishi, al’ternativ, milliy, xalqaro Suv va havo sifat jihatidan tugamaydigan resurs hisoblanadi. Lekin ichimlik suvi muammosi suvga tugaydigan resurs sifatida munosabatda bo’lishimizni taqozo etmoqda. CHunki mavjud chuchuk suvlarning katta qismi muzliklarda (1,73%) va yer osti suv zaxiralarida (1,7%) joylashgan. Foydalanish mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori umumiy suv hajmining 0,3 %nigina tashkil qiladi. O’simlik va hayvonlarni esa faqatgina ma’lum populyatsiyasi saqlanib qolingan holdagina qayta tiklash mumkin. yer osti qazilmalarini tiklanmasligini hisobga olib ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Resurslarni ma’lum bir darajada ishlab chiqarishda ishlatilayotgan real va ma’lum bir sabablarga yoki texnik jihoz yo’qligi tufayli ishlab chiqarishda bo’lmagan potensial resurslarga bo’lish mumkin. Ishlab chiqarishning tipik darajasi o’zgarishi bilan potensial resurslar ham real resurslarga aylanadi. Egalik xuquqi bo’yicha esa milliy va xalqaro ahamiyatga ega resurslarga bo’linadi. Davlatlar o’z xududidagi resurslarga egalik qiladi va ulardan turli shaklda foydalanadi, muhofaza qiladi, bu milliy resurs deyiladi. Dunyo okeani resurslari, atmosfera havosi, antarktik tabiiy resurslari, kosmik fazo, ko’chib yuruvchi hayvonlar umuman jahon resurslari hisoblanadi. Ulardan foydalanish va muhofaza qilish faqatgina xalqaro kelishuvlar yordamida, turli mamlakatlar ishtirokidagina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Tabiiy resurslar 2 katta turga bo’linadi. 1-Tugaydigan tabiiy resurslar. 2 – tugamaydigan tabiiy resurslar . tabiiy resurslarga barcha turdagi foydali qazilma konlari –neft, gaz, ko’mir, metall rudalari, o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari, chuchuk suv, tuproq va boshqalar kiradi, o’z navbatida tugaydigan tabiiy resurslar yana ikkiga bo’linadi. 1 – qayta tiklanadigan tabiiy resurslar, 2 –qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarga barcha turdagi foydali qazilma konlari, chuchuk suv kiradi, sababi ularning zaxiralari yer yuzida tugaydigan bo’lsa ularni hech qanday yo’l bilan tiklab bo’lmaydi. YOki nihoyatda katta vaqt talab qilinadi. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslarga esa - tuproq, xayvonot va o’simlik dunyosi vakillari kiradi. (Tuproq asosan tugamaydi, lekin u o’zining asosiy xususiyati unumdorligini yo’qotadi.) Tugamaydigan tabiiy resurslarga esa – atmosfera havosi, quyosh radiatsiyasi, dengiz va okean suvlari, shamol va koinot boyliklari kiradi. Al’ternativ energiya manbalariga asosan Quyosh, shamol, okean, geotermal ya’ni qaytadan tiklanadigan energiya resurslari kiradi. Quyosh energiyasi ekologik toza hisoblansada, geliotexnika sanoati chiqindilari ekologik havflidir. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng tabiiy boyliklardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo’lib, ularga amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Tabiatdan foydalanish mexanizmi iqtisodiy jihatdan quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi. A) Tabiiy resurslardan foydalanishning pulliligi. Masalan, 1982 yildan boshlab suvga to’lov to’lay boshlandi. 1997 yildan boshlab soliq solindi. 1992 yiladn boshlab chiqindi gazlarni havoga tashlaganligi uchun korxonalarga soliq solina boshlandi. yerga soliq solish 1994 yiladn boshlandi. yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun ham soliq solina boshlandi. B) Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini iqtisodiy rag’batlantirish tizimi. Korxona tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qo’shimcha chora- tadbtirlar ko’rsa 30% daromad solig’ilan ozod qilinadi. Masalan chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etilsa. Agar foydalanishga berilgan yer yomon bo’lsa, uni o’zlashtirilsa, qishloq ho’jaligi maqsadlari uchun yer solig’idan o’zlashtirish davrigacha ozod qilinadi. Soliqlarni Vazirlar maxkamasi korxonaning joylashgan o’rni, sifatiga qarab belgilab beradi. V) Atrof- muhitni ifloslantirganligi uchun jarima to’lovi. G) Tabiiy resurslardan foydalanish bozorini vujudga keltirish. Ma’lum bir tabiiy resursdan foydalanish bo’yicha, masalan kon uchastkasini qazish loyihasi bo’yicha konkurs e’lon qilinadi. SHunda kimning loyihasi ekologik toza kam chiqindili bo’lsa, shu kondan foydalanish xuquqi unga beriladi. Fermerlarga ham tanlov asosida yerdan foydalanish xuquqi beriladi. Tanlov shartlari kimning biznes rejasi to’liq tuzilgan, hosildorlik, yerni saqlash tuproq unumdorligini saqlash. D) Tabiatdan foydalanish bo’yicha narxlarni takomillashtirish. Har yili Vazirlar maxkamasi yer solig’i, yer osti boyliklari solig’i va boshqa to’lovlarni (ifloslantirganlik uchun) ko’rib chiqib qaytadan tasdiqlaydi. Tabiat resurslaridan foydalanishni pullik tizimiga o’tish bozor iqtisodiyoti uchun eng zaruriy tamoyil hisoblanadi. Boylik pul bilan baholanar ekan, undan foydalanish ham pulli bo’lishi lozim. Bunda boylikning sifati, qiymati, keltiradigan foydasi hamda boshqa iqtisodiy xususiyatlari e’tiborga olinmog’i darkor. Agregat holati bo’yicha barcha ifloslovchi moddalar 4 guruxga bo’linadi: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash. Bundan tashqari, atmosferaga chiqarib yuborilayotgan ishlab chiqarish chiqindilari quyidagicha turlanadi. 1.Nazorat va uzoqlashtirishni tashkil qilish bo’yicha (tashkillangan va tashkillanmagan) 2 (uzluksiz va uzlukli)tartibi bo’yicha 3.Temperaturasi (darajasi) bo’yicha (iliq yoki chang birikmalari temperaturasi havo temperaturasidan yuqori va sovuq). 4.Lokapizatsiyalash bo’yicha (asosan yordamchi ishlab chiqarish) 5.Tozalash belgilari bo’yicha. Tashkil qilingan ishlab chiqarish chiqindilarini tashlash - bu atmosferaga maxsus tashkil qilingan chang chiqindilarini, havo yo’laklari va truba qurilmalari orqali chiqayotgan chiqindilar, tashkil qilinmagani esa ishlab chiqarish korxonalaridagi chiqindilarni tozalash uskuna va qurilmalardan noto’g’ri foydalangan holda atmosferaga chiqindilardan to’g’ridan-to’g’ri tushishi. SHu bilan birga ushbu chiqindilarni noto’g’ri saqlash natijasida. Atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar birlamchi va ikkilamchiga ham bo’linadi. Birlamchi-atmosferaga bevosita ifloslanish manbalaridan kelayotgan chiqindilar, ikkilamchisi esa birlamchilarning mahsuloti bo’lib undanda zaharliroqdir. Atmosferaning ikkita eng asosiy manbai mavjud, bu tabiiy va sun’iydir (ya’ni antropogen). Koinot changlari atmosferaga kirib kelayotgan kun kuygan meteoritlardan tashkil topadi. Har yil yerga bunday changdan 2-5 mln.t. tushadi. Atmosferadagi kislorod fotosintez hisobiga to’planadi. to’planishiga ikkinchi manba molekulasidir. O’simliklar tomonidan ajratilgan O2 ning malekulalar soni SO2 malekulalar soniga proporsionaldir. O’simliklarning nafas olishida ajralgan O2 o’z navbatida uglerodning oksidlanishida foydalanadi va geterotrof organizmlarning nafas olishiga ishlatiladi ma’lum qismi atmosferada qoladi. yer qobig’i ustida inson, uning jamiyati, sotsial-iqtisodiy qonunlari harakat qiladi. Jamiyat kengayadi, insoniyat biosfera boyliklaridan foydalanish jarayonida unga cheksiz salbiy ta’sir qiladi. Insoniyat tabiiy qonunlarini buzadi, ularni inkor qiladi, o’rmonlar kesiladi, daryo va ko’llar quriydi, tuproq, havo, suv ifloslanadi, zaharlanadi, tirik moddalar genofondiga zarar yetkaziladi, insonning biosferada yashab qolishiga havf tug’iladi. Kelajakda bunday muammolarni inson o’z aql zakovati bilan hal qilishi kerak. Havoni changdan tozalaydigan uskunalarni chang tutgichlar va fil’trlar deb ataladi. Mashinasozlik, kimyo, energetika, to’qimachilik, paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarida turli xil changdan tozalagichlar: quruq usul, xo’l usul, moyli va elektr usullar qo’llaniladi. Havoni quruq usulda tozalashda: chang o’tiradigan kameralar, siklonlar, turli matoli va rulon fil’trlardan foydalaniladi. Download 331.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling