2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar


Download 0.68 Mb.
bet2/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1026164
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
лек-5

Skanerli s’yomka.Yer sayyorasining suniy yo’ldoshlarida skaner s’yomka turlaridan foydalanish, Yer yuzasining uzluksiz tasvirini olish va u tasvirni tezkorlik bilan Yerdagi ma’lumotlarni qabul qilish shahobchasiga yuborish imkoniyatini beradi. Skanerlash uskunasi — bu tebranib turadigan ko’zgu yoki prizma bo’lib, u uchuvchi kosmik yoki boshqa apparatga o’rnatiladi va apparatning uchish yo’nalishida joylashgan hududni ko’ndalang chiziq bo’ylab yo’l-yo’l qilib «ko’zdan kechirib» boradi. Yer yuzidan nurlar ob’ektivlar orqali nuqtali fotopriyomnikga yo’naltiriladi, u yerga qaytgan nurlar elektrik signallarga aylantirilib Yerga uzatiladi. Yerdagi qabul qilish stansiyalarida qayd qilingan elektrik signallar tasvirlariga aylantirilib magnit tasmalarga yoki fototasmalarga yoziladi. Hosil bo’lgan yo’l-yo’l chiziqlar (polosalar) bir-birlariga bo’ylamasiga ketma-ket ulanib va jipslashib joy tasvirini (suratini) hosil qiladi. Nuqtali fotopriyomnikka tushgan nurlar yo’l-yo’l strukturali tasvirlarga aylanadi. Har bir yo’l kichik piksel elementlaridan tashkil topgan bo’ladi. Har bir piksel ma’lum joyning kichik bir bo’lagini o’rtacha yorug’lik ravshanligida qaytaradi. Piksel - bu skaner tasvirining elementar bo’lagi hisoblanib, uning ichidagi qismlar bir-biridan farqlanmaydi. Uchish davrida o’rganilayotgan joyning s’yomkasi doimiy ravishda olib boriladi. Shuning uchun skanerlash natijasida ma’lum geografik hududning juda keng, uzluksiz tasmasimon yo’l tasviri (surati) hosil bo’ladi. Skanerli tasvir, fotografik tasvirlarga qaraganda sifat jihatidan ancha past turadi. Ularda doimo skanerlash yo’li (polosasi) bilinib turadi,lekin tasvirning tezkor (operativ) va raqamli shaklda olinishi boshqa turdagi syomkalarga nisbatan ustunligini bildiradi. Hozirgi kunda skanerli syomka, kosmik syomkaning asosiy turlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Skanerli kosmik suratlar iqlimshunoslik, gidrogeologiya, tuproqshunoslik, geobotanika, landshaftshunoslik va qishloq xo’jalik kartografiyasida keng foydalanilmoqda.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling