2. Kosmik apparatlarning orbitalari Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi Tayanch ibora va atamalar


Download 0.68 Mb.
bet1/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1026164
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
лек-5


14-MAVZU. AERO VA KOSMIK SURATLAR, GAT DASTURLARI VA ULARDAN KARTALAR TUZISHDA FOYDALANISH
Reja.
1. Aero va kosmosdan olingan suratlar, ularning xususiyatlari.
2. Kosmik apparatlarning orbitalari
3. Kosmik suratlarni deshifrovka qilish. Potomod dasturi


Tayanch ibora va atamalar: Aerosuratlar, kosmosuratlar, topografik kartalar, geologiya, infraqizil nurlar, elektromagnit nurlar, piksel, radiolakatsion s’yomka, gidrografiya, fotografik materiallar, deshirofka.

Joyning samaliyotdan turib olingan suratlari yordamida tuzilgan planni aerofotografik plan dejıladi. Topografik kartalarni tuzishda eng qulay va kam xarajat sarflanadigan usullardan biri aerofotosyomka hisoblanadi. Bu ishni amalga oshirish uchun samaliyotga o’rnatilgan maxsus fotoapparat yordamida yer yuzasini aerosyomka qilish natijasida topografik kartalar tuziladi.


Masalan, temir yo’l, gaz, neft quvurlari o’tadigan, shosse yo’llari o’rnini belgilashda, o’rmonlarni o’rganishda, qishloq xo’jaligi, geologiya, injinerlik ishlarini bajarishda va boshqa sohalarni o’rganishda muhim hisoblanadi.
Yer yuzasini kosmosdan turib o’rganishda kosmik suratlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Kosmosdan turib suratga olish elektromagnit to’lqinlarining spektriga bog’liq bo’ladi. Quyosh nuri bilan isitiladigan obektlarning harorati sutka davomida o’zgarib turadi. Infraqizil nur yordamida obektlarni suratga olganda shu xususiyatlarni etiborga olish zarur. Undan tashqari infraqizil nurlar bilan suratga olishda relefning, daraxt va o’simliklarning tuzilishi, ochiq suv havzalarining suv harorati ham inobatga olinadi. Osmon bulut yoki tun bo’lsa sun’iy nurlanishdan foydalaniladi. Nurlanishga atmosferadagi turli xil zarrachalar katta ta’sir ko’rsatadi. Atmosferada elektromagnit nurlar umuman yutilmaydigan uchastkalar bo’lib, ularni “Tiniqlik darchalari” deb yuritiladi.
Kosmosdan turib yer yuzasini suratga olishda fotografik, televizion va fototelevizion usullardan foydalaniladi. Bunda har bir usulning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu usullarning ichida eng ko’p qo’llaniladigani oddiy fotografik usul bo’lib, kosmik kemalarga yoki suniy yo’ldoshlarga o’rnatilgan fotografik apparatlar yordamida olinadi. Olingan suratlar Yerga kosmik apparatlar yordamida qaytib tushadi yoki konteynerlar orqali yerga yuboriladi.
Kosmosdan turib suratga olishda har xil fotoapparatlardan foydalaniladi. Bunda dastlab formati 60x60, 70x70 mm li “Xosselblad”, “Pentakon”, “Salyut” tipidagi, keyinroq formati 130x180, 300x300 mm li fotoapparatlardan foydalanilgan. Hozirgi vaqtda MKF-6M kosmik apparatidan foydalanilmoqda.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling